2-§. Falsafiy dinshunoslik
Dinshunoslik ko‘ptarmoqli tadqiqot majmui, din tarixi, fenomenologiyasi, dinning turli ko‘rinishlarini tadqiq etuvchi, sintezga asoslangan fandir. Dinni turli aniq fanlar tadqiq etadi.U, shuningdek dinning o‘zining, ya'ni Xudoning haqiqatini ochish asosida dinni asoslashni maqsad qilib olgan konfessiyaviy dinshunoslikning tadqiqot ob'ektidir.
Din bilan fan nuqtai nazaridan shug‘ullanuvchi tarix, sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot va boshqa shu kabi aniq fanlardan farqli ravishda falsafiy dinshunoslik dinni bir butun holda, mohiyat jihatidan, Inson – Olam munosabatlari, cheklilik va cheksizlik aloqasi rakursida ko‘rib chiqadi. Falsafiy dinshunoslik dinni inson hayotiy faoliyatining fenomeni, madaniyat fenomeni sifatida tadqiq etadi. Dinni o‘rganuvchi aniq fanlarga nisbatan falsafiy dinshunoslik metanazariya va metodologiya sifatida maydonga chiqadi.
Falsafiy dinshunoslik diniy (konfessiyaviy) dinshunoslikdan farqli o‘laroq, dinni falsafiy bilishning tabiati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. U ilohiy voqyelikning o‘zi bilan emas, balki diniy munosabatlar bilan, ya'ni insonning ilohiy voqyelik sifatida idrok etiladigan voqyelikka bo‘lgan munosabati bilan shug‘ullanadi. Aynan shu yo‘sinda tushuniladigan diniy munosabatlar, eng avvalo ularning ma'rifiy, kognitiv vazifalari falsafiy dinshunoslikning predmeti hisoblanadi.
Diniy falsafa dinga tatbiqan falsafa kategoriyalari va uslublaridan foydalangan holda, ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy falsafa g‘oyalarini aniqlashtiradi. Falsafiy dinshunoslikning vazifasi dinning mohiyati, tabiati, qimmati va vazifalasi bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etishdan iboratdir.
Cherkov dinshunosligidan farqli ravishda, falsafiy dinshunoslik dinga nafaqat ijobiy nuqtai nazardan, balki tanqidiy, hatto nigilistik nuqtai nazardan ham yondashishi mumkin. Din falsafasi vujudga kelganidan buyon deyarli hamma vaqt dinni tanqid ostiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |