Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
1-§. Madaniyat falsafasi
Yangi davrning uch ming yilligiga qadam qo‘ygan hozirgi zamon madaniyatning mohiyati va tushunchasi haqida bosh qotirishda davom etmoqda. Madaniyat atamasi ko‘p ma'nolarga ega – ekin ekish, qayta ishlov berish, asrash, avaylash, ma'lumot, ta'lim-tarbiya, taraqqiyot. Har qanday holatda ham, bu yerdagi bosh masala shundaki, madaniyat o‘ta darajada ijtimoiy ko‘rinishga ega bo‘lib, insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib turadi. Madaniyat tarixi davomida uning barcha hodisalari va jarayonlari ijtimoiy fanlarning barcha majmuasi – falsafa, tarix, qadimshunoslik, jamiyatshunoslik, ruhshunoslik va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Oxir oqibatda, bu shunga olib keldiki, madaniyatshunoslik deb atalgan mustaqil integral ilmiy fan shakllandi. Hozirgi zamon fanida madaniyatning 600 dan ko‘proq ta'rifi mavjud bo‘lib uni quyidagi guruhlarga tasnif qilish mumkin: - madaniyatni inson faoliyati natijasining majmuasi sifatida o‘rganuvchi bayoniy ta'rif; - madaniyatni an'analar va ijtimoiy meros orqali ifodalovchi tarixiy ta'rif; - madaniyatni uning me'yorlar tizimi va qoidalaridagi urnini ta'kidlovchi me'yoriy ta'rif; - madaniyatni muayyan qabul qilingan qadriyatlarni amalga oshirish natijasi deb biluvchi qadriyat ta'rifi; - insonni tabiat va ijtimoiy muhitga o‘rganishiga asoslangan psixologik ta'rifi; - madaniyat-g‘oyalar oqimidan o‘zga narsa emas, deb biluvchi mafkuraviy ta'rif; - madaniyatni oldindan belgilab qo‘yilgan qonunlar majmuasi sifatida qarab chiquvchi semiotik ta'rif387. Bulardan tashqari, madaniyat mohiyatini tushunishga olib keluvchi texnik, tuzilish-vazifaviy, tizimli, tajribaviy, faol va boshqa yo‘nalishlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng umumiy ko‘rinishda madaniyat tushunchasi deganda odamlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari va turlarida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan jamiyat va inson taraqqiyotining muayyan tarixiy saviyasi tushuniladi388. Madaniyat – murakkab va ko‘p vazifalarga ega tizimdir. Uning bosh vazifalari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling