Aybsizlik prezumpiyasi


AQSHda Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili


Download 24.23 Kb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi24.23 Kb.
#1307412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aybsizlik prezumpiyasi

AQSHda Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili[tahrir]
Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili Amerika Qoʻshma Shtatlari qonunchiligiga 1894-yili AQSH Oliy sudi tomonidan koʻrilgan The US vs. Coffins ishi orqali kirib keldi. Oʻshanda quyi instansiya sudining prisyajniylar hay’atiga ayb isbotlanmaguncha ayblanuvchilar begunoh boʻlishi kerakligi haqidagi koʻrsatmani bermagani aniqlangan edi. Mazkur ish yuzasidan chiqarilganAQSH Oliy sudi qarorida aybsizlik prezumpsiyasi oʻz ifodasini topadi: „Qonun jinoyat qilganlikda ayblangan shaxslarni ularning aybi aniq faktlar bilan isbotlanmagunga qadar aybsiz deb hisoblaydi“. AQSH Konstitutsiyasida aybsizlik prezumpsiyasi maxsus moddalar bilan e’tirof topmagan boʻlsa-da, lekin 5, 6 hamda 14 -qoʻshimchalarda bu prinsipning amal qilishi belgilab qoʻyilgan. Buyuk Britaniyada aybsizlik prezumpsiyasi Angliya fuqarolar urushidan soʻng qaror topdi. Bu davrda qamoqdagi asirlar uchun maxsus himoya vositalarini ishlab chiqish taqozosi aybsizlik prezumpsiyasining shakllanishiga turtki boʻldi. Lekin amalda bu muhofaza choralaridan, asosan, puldor qatlam foydalana olgan, xolos. XVIII-XIX-asrlarda Angliyada oddiy fermerlar, ishchilar hamda kambagʻallardan iborat mahbuslar uchun aybsizlik prezumpsiyasining amal qilishi afsonaday gap edi. Mahalliy sudlarda jinoyatlar, asosan, majburlov yoʻli bilan ayblanuvchilar boʻyniga qoʻyilar, yarim soatga ham choʻzilmaydigan sud ishlarida mahbuslarni osongina darralash, surgun qilish va hatto, osishga ham hukm qilib yuborilaverar edi. XIX-asr mobaynida ishchilar sinfining siyosiy qarshiliklariga javoban Britaniya hukumati kuchli politsiya rejimini hamda qamoq tizimini joriy etadi. Lekin, harqalay, jiddiy tekshirish, guvohlarni chaqirtirish, politsiya tekshirishlarini shubha bilan oʻrganish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi rasmiy sudlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ammo XIX-asr oxirigacha va hatto XX-asrda ham sud ishlarida dalillarni soxtalashtirish, guvohlarni qoʻrqitish va ayblanuvchilar boʻyniga jinoyatlarni majburlab qoʻyish kabi holatlar kamaymagan. Bularning barchasi, albatta, aybsizlik prezumpsiyasi talablariga tamomila zid edi.

Download 24.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling