Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha
Download 1.27 Mb.
|
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet resurslari
- Ill BOB OZBEKISTON RESPUBLIKASINING DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARI 3.1. Demograflk jarayonlami rivojlanish xususiyatlari
Adabiyotlar ro‘yxati
1.УзбекистанРеспублнкаснКонсгнтуциясп. -Т.: «Узбекнетон», 2003. 2. КаримовИ.Л. Узбекнсгон XXI асрбусакасида: хавфсизлпккатахдид, баркарорликшартларпватараццнётка(|юлатларн — Т.; «Узбекистон», 19!)7. 3.КаримовИ.Д. Озодваободватан, :>ркпнвафаровонхаёт — нировардмацсадпмнз. — Т.: «Узбекистон», 2000. 4.Абдурахманов К.Х., Шарифулина Т.А. «Экономика и социология труда» М.: Российская Экономическая Академия. 2002. Абдурахмопов Ц.Х. «Мохнат нцтнсодиётн: назарня ва амалнст» -Т.; «Мехпат», 2004. Абдурахмопов Ц.Х., Холмуминов III.P., XaiiiiTOB А.Б., Акбаров А.М. «Персоналии бошцарнш» -Т.: 2004. 7.«Буюк истеьдод сохнблари» -Т.; «Адолат», 2002. 8.Кирсанов К.А., Буянов В.П., Михайлов Л.М. «Теория труда» - М.: «Экзамен», 2003. 9.Комиссарова Т.А. «Управление человеческими ресурсами» М.: «Дело», 2003. Нарзнцулов 11.1*., Муха медова О.Х., Бакиева И.А.«Инсои рссуроларн ицтнсодиёти» Т.: ТДИУ, 2004. Кэмпбелл Р. Макконнелл.; Стенли JI. Брю. Экономика (принципы, проблемы и политика) Учебник. М.: «Инфра-М» 2002. Экономика труда (социально-трудовые отношения) Под обшей редакцией Н.А.Волгина; Ю.Г.Одегова; Абдурахманов К.Х. - М.: «Экзамен», 2002. Ипсоп тараккнотн тукриеидапг маъруза «Узбекистон», 2005. Internet resurslari www.cer. uz. - Iqtisodiy tatqiqotlar markazi www.bearingpoint.uz,www.cerengo.uz - 0 ‘zbekicton iqtisodiyoti jurnali www.stat.uz. - O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi 4. www.chelt.ru. - «Человек и труд» jurnali. 31 Ill BOB O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARI3.1. Demograflk jarayonlami rivojlanish xususiyatlari Inson resurslarining zahirasi eng awalo aholining mehnatga layoqatli yoshga yetib kelgan qatlami yoki migratsiya natijasida ko'payib boradi. Aholidagi yosh avlod (0-16 yoshgacha) inson resurslari miqdorini o'sishini ta«minlaydi. Aholi esa tabiiy o'sish hisobiga oshib boradi. Aholishunoslik to'g’risidagi fan bu - «demografiya» deb ataladi. Demografiya eng awalo tug’ilish, vafot etish, o'rtacha umr kechirish, migratsion kabi jarayonlarni tatbiq etadi. 0 ‘zbekistonda o'tgan asrning 60-90 yillarida tug’ilishning 30-40 promilleni tashkil etgan yuqori suratlari jiddiy ijtimoiy muammo bo'lib, u butun ijtimoiy infratuzilmani yaratish va ta’minlashga katta mablag’ sarflashni talab qilar, munosib ishchi o‘rinlari yaratish bilan qo'llab-quwatlanmas va aholi jon boshiga yuqori o'sish sur’atlariga yetish imkonini bermas edi10. Demograflk omilning o'zgarib borishi global muammo bo'lib, u ko'p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Mehnat iqtisodiyoti mehnat munosabatlarining qatnashchisi bo'lgan aholi qismiga alohida e’tibor beradi. Dunyo aholisi yiliga 80 milliondan ziyod kishiga ko'payishi davom etmoqda. Insoniyat soni 1804 yilda bir milliard kishiga yetgan boisa, atigi 123 yildan so'ng yana bir milliard kishiga ko'paydi, uchinchi milliard 33 yilda, to'rtinchisi 14 yilda, beshinchisi 13 yilda qo'shildi. Aholining rekord darajada — o'rta hisobda 87 million kishi miqdorida yillik ko'payishi 1980 yilda kuzatildi. Dunyo aholisi soni 1950—2000 yillarda oshishining deyarli uchdan ikki qismini Osiyo qit’asi ta’minladi: uning ulushi oshib, 56 %dan 61 %ga yetdi. Aholi ko'payishining hajmi jihatidan Afrika ikkinchi bo'lib qoldi, uning ulushi oshib, 9 %dan 13 %ga yetdi. 2000 yilda sayyoramiz aholisining soni 6 milliard kishidan oshdi va ko'payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga qaramay, uning o'sish jarayoni davom etmoqda va 2050 yilga borib, chamasi 10,2 milliard kishiga yetishi mo'ljallanmoqda. BMTning tug’ilish va o‘lim, aholining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chishi to‘g’risidagi ma’lumotlari kelajak voqealarini hozirdayoq ayon qilib qo‘ymoqda: tug’ilish koeffitsienti yuqori bo'lgan mamlakatlar aholining «xatarli ko'payish» muammosini vujudga keltiradi. Ayni chog’da tug’ilish past, o'rtacha umr kechirish yuqori darajada bo'lgan mamlakatlar demograflk muvozanatini faqat emmigrantiar oqimi hisobiga saqlashlari mumkin boiadi. Hozir sanoati rivojlangan mamlakatlarda (emmigratsiyani hisobga olmaganda) aholining ko‘payishi yo nolga, yoki manfiy qiymatga teng bo'lmoqda. Bu hodisani 10 I>MT liltin' тарацкиётдагтури. Нисонта|)аннист11туррисНдамаъруза. «Узбекистон», 2005. demografik o‘sish nazariyasi izohlaydi, unga ko‘ra daromadiar oshishi va ayollar emansipatsiyasidan tortib, bolatug’ilishigamunosabat o'zgarishigacha— qator ijtimoiy omiilar tufayli muayyan davrda Yer kurrasi aholisining soni ko‘payishi to‘xtaydi. Insoniyat yuqori darajalardagi tug’ilish va o'limdan past darajalardagi tug’ilish va umr uzunligiga o'tadi. Hozirgi vaqtga kelib, bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda tugallandi va endilikda rivojlanayotgan mamlakatlarda kechmoqda. Olimlaming hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug’ilish va o‘lim ko'rsatkichlari barcha mamlakatlarda umuman tenglashadi. Demografik o‘sish nazariyasi go‘yo insoniyatga resurslar yetmay qolishi mumkinligi to‘g’risidagi vahimali bashoratlami rad etadi. Oziq- ovqat bo'yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, mavjud resurslar bilib ishlatilsa, 20—25 milliard odamni boqishga bemalol yetadi. Ya’ni, olimlaming hisoblariga ko'ra, ular sayyoramizda yashaydigan odamlarning eng ko‘p miqdoridan ham ko‘proq miqdordagi odamlami boqishga yetarlidir.(21) Yer kurrasi aholisi hozirgi kunda juda yosh, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda va bunday yosh tarkibi mehnatga layoqatli boimagan aholini boqish sezilarli darajada iqtisodiy harajatlami talab qiladi. Masalan, 15 yoshgacha boigan bolalar rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy aholining tahminan 40%, rivojlangan davlatlarda esa 21% ini tashkil qiladi. Shuning uchun rivojlanayotgan d avlatlardagi ishlayotgan lar rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ikki barobar ko‘proq bolani ta’minlashlari kerak. Hozirgi kunda Shvetsiya va Buyuk Britaniya aholisining tahminan 65 % ini mehnatga layoqatlilarni tashkil qiladi: ishlayotganlar Shvetsiyada 18% va Buyuk Britaniyada 19% aholini mehnatga layoqatli boimagan yoshlami qoMlab-quvvatlashi kerak. Bu mamlakatlarda asosiy muammolar tabiiy o‘sish darajasining pastligi va 65 yoshdan yuqori boigan qariyalar bilan bog’liq boiib, ular aholining 16-18% ini tashkil qiladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling