Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha
Download 1.27 Mb.
|
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Korxonalaming ilmiy-texnikaviy rivojlanishida malakali kadrlaming o‘rni
81ushbu tarmoq uchun tegishli xususiyatli yoki ikki yoqlama kasb va mutaxassisliklarning rolini kuzatish mumkin. Biroq, ishchi kuchi kasb-malaka bo'yicha taqsimlanishiga uning sifati asos bo‘ladi. Ijtimoiy unumdorlik barcha ishchi kuchlari mehnatining kompleks natijasidir. Barcha unumdorlik omillari ishlab chiqarish va mehnat madaniyatini kasb etadigan texnologik, ta’lim-malakaviy, tashkiliy-boshqaruv kabi turlarda bo‘lsa ham, ularning umumiy belgilari sifat jihatidan o'zgarishlaridadir. Faoliyati yuqorida keltirilgan unumdorlik omillarining konkret tarzda mavjudligini tashkil qiladigan takror ishlab chiqarish ishchi kuchi guruhlarining chegaralarini ko'rib chiqamiz. Birinchi guruhga fan-texnika rivojlanishi bilan bog’liq vazifalami bajaruvchi guruhlar kiradi. Ikkinchi guruhni ishlab chiqarishni tashkiliy - iqtisodiy ta’minlovchi guruhlar tashkil qiladi. Uchinchi gumhga ishchi kuchi va jami aholini rivojlantirish bilan band boigan ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi xodimlari kiradi. Inson sog’lig’ini va hayotini saqlash, atrof-muhit muhofazasi tashkilotlari kadrlari to'rtinchi gumhga kiradi. Beshinchi guruhga mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi ishchilar kiritilgan. Bu guruhdagilar faoliyati natijalari «o‘lchamlar va ishlab chiqarish vositalari samaradorligi» omili bilan bog’liq. Ishlab chiqarish kadrlarining son jihatidan salmoqqa ega bo‘lishi hali ko‘p yillar saqlanib tursa kerak, lekin bandlikning o'sishi hozirgi kunda noishlab chiqarish sohalari hisobiga to‘g’ri kelmoqda. Takror ishlab chiqaruvchi faoliyat turlari bir-biri bilan ishlab chiqarishning oxirgi natijalariga ta’sir qilish ko‘lamining miqyosi, chuqurligi, vaqti va xarakteriga qarab, mehnatning ichki funksional taqsimoti, xarakteri va h.k. lar bilan farq qiladi (70). 7.2. Korxonalaming ilmiy-texnikaviy rivojlanishida malakali kadrlaming o‘rni Ilmiy-texnik rivojlanish mutaxassislarining asosiy vazifasi fan-texnika taraqqiyotini har tomonlama ta’minlashdir. Bu gumhga xodimlarning turli kategoriyalari kiritiladi, lekin amalda fan-texnika kadrlari haqida gapirilganda oliy malakali mutaxassislar, ilmiy xodimlar va muhandislar ko‘zda tutiladi. Ular orasida, ayniqsa, muhim guruh ishlab chiqarishdagi ilmiy tatqiqotlarda band boigan mutaxassislar tashkil qiladi. 1960-1990 yillar orasida rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik kadrlaming ishchi kuchidagi ulushi o‘rtacha 2-2,5 barobar o‘sdi. 0 ‘tgan asming 50-60-yillarida ilm-fanda band boigan kadrlarga qiziqish ortdi. Ulaming sonini oshirish vabu o‘sishni asoslashga intilish kuchaydi. Bunday tadbirlar, o ‘z navbatida, ilmiy kadrlarni hisobga olish usullarini takomillashtirishni talab qilardi. Natijada «umumiy bandlik ekvivalenti» deb nom Olgan ko'rsatkich kelib chiqdi. Bu ko‘rsatkich mutaxassislarning bevosita ilm-fan bilan bog’liq boimagan faoliyati, o'qitish va ma’muriy vazifalami 82bajarish vaqtini hisobga olmaslikka asoslangan. Masalan, agar universitet professori o‘z ish vaqtining yarmini o'qitishga, 1/4 qismini maslahatlarga, qolgan vaqtini ilmiy ishga sarflasa, bu holda u 1/4 qismga ilmiy xodim (1-1/2- 1/4) sifatida hisobga olinadi. 0 ‘tgan asming 70-yillarida ilmiy kadrlardan intensiv foydalanish masalalari birinchi o‘ringa chiqdi. «Endi ilmiy kadrlar o'z sonlari o'sishiga mos ravishda mehnat natijalarini o‘stira olishadimi?» degan savol paydo boidi. 1990yillardagi kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, ilm-fanga jalb qilinganlar soni o‘sishi bilan ularning unumdorligi pasayib borar ekan. Masalan, AQSH universitetlarida talabalar soni o‘sishi o'rtacha akademik natijalar pasayishiga olib keldi. Demak, ilmiy kadrlar sonining o'sishi obyektiv ravishda mos keluvchi insonlarning yo'qligi bilan cheldanar ekan. Rivojlangan davlatlar fan-texnika inqilobining ikki muhim bosqichini tugalladilar. Birinchi bosqichda (o'tgan asrning 40-50yillari) ilm-fan asosan qurollanish tizimini yaratishga, harbiy-texnik ustunlikka erishishga yo'naltirilgan edi. Ikkinchi bosqichda (60-80 - yillar) iqtisodiy o'sishning maqbul sur’atlarini ta’minlash, asosiy tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish kabi sifat jihatdan yangi maqsadlarga erishildi. Fan-texnika omili iqtisodiyotda yetakchi bo'lib qoldi. Fan-texnika inqilobining uchinchi bosqichida rivojlangan davlatlar axborot xizmatlari, tibbiyot, ekologiya kabi hayot sifatini oshiruvchi va iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta’minlovchi sohalarni rivojlantirishga e’tibor bermoqdalar. Hozirgi kunda ko'pgina yirik korporatsiyalar ilmiy-texnik rivojlanishga muhim urg’u bermoqdalar. Ular ilmiy-texnik rivojlanishga ko'plab investitsiyalar sarflamoqdalar. Masalan, Rossiya fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy-tadqiqot institutlari 2003yilda hususiy komaniyalar tomonidan berilgan buyurtmalarni bajarish evaziga 500 mln. rub. daromad ko'rganlar. «Русскийалюминий» metallurgik kompaniyasi esa byudjetida Rossiya FA ga 2.5 mln. dollar miqdoridagi buyurtmani rejalashtirgan (25). Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling