Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi referat


Download 272.43 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi272.43 Kb.
#1574202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AYIQTOVONDOSHLAR

Ilonpechak - Clematis turkumining vakillari buta, ilashuvchi (chirmashuvchi) lianalardir. Barglari patsimon qirqilgan, qarama-qarshi o’rnashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, kosachasimon, 4-8 bargchali, toji yo’q. Mevasi tukchali uchma, yong’oqcha. Turkumning 250 turi bor. Shundan O’zbekistonda 5 turi uchraydi. Ulardan 3 turi yovvoyi, 2 turi madaniy, manzarali o’simliklar.
Yovvoyi turlaridan sharq iloncho’pi (C. orientalis) chirmashuvchi buta, barglaripatsimon qirqilgan, qarama-qarshi joylashgan, gullari sarg’ish-yashil, daryo, kanal, zovurlar bo’ylari, to’qayzorlarda daraxt va butalarga chirmashib o’sadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida keng tarqalgan. Jung’oriya ilonpechagi (C. songarica) sharq ilonpechagiga nisbatan kamroq tarqalgan va faqat tog’ o’rta qismining toshli yonbag’irlarida o’sadi. Madaniy turlaridan tokbarg iloncho’p (C. vitalba) hamda kuydiruvchi iloncho’p (C. flammula) qishloq va shaharlarda manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculoideae) kichik oilasi turkum va turlari soniga ko’ra eng yirik va markaziy oilacha bo’lib, 21 turkumni o’z ichiga oladi. O’zbekistonda sug’uro’t, adonis (Adonis), ayiqtovon (Ranunculus), uchma (Ceratocephalus) kabi turkumlari ko’proq tarqalgan (27-rasm).
Sug’uro’t - Adonis turkumi afsonaviy yunon yigiti Adonis nomi bilan atalgan, bir yoki ko’p yillik o’tlardan iborat. Barglari oddiy, ensiz patsimon bo’lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari aktinomorf, bittadan o’rnashgan, kosachabarglari 5 tadan, gultojibarglari 5 ta, ko’pincha sariq, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi ko’p, yong’oqchali to’pmcva. Turkumning umuman 20, O’zbekistonda 4 turi tarqalgan. Tillarang sug’uro’t, sug’uro’t (A. chrysocyanthus). Bo’yi 1530 sm ildizpoyali o’t, poyasi tik, pastki barglari uzun bandli, ustkilari bandsiz, uch karra patsimon kesilgan. Gullari tillarang sariq. Farg’ona viloyatida tarqalgan, dorivor o’simlik. Maydabargli sug’uro’t (A. parviflora), bo’yi 5-60 sm keladigan bir yillik o’t, bargi 2-3 karra patsimon qirqilgan. Gullari qizil.
Respublikaning barcha viloyatlaridagi adirlarda o’sadi. Tarkibida adonin glyukozidi bor, dorivor o’simlik.

Download 272.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling