Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi referat


Download 272.43 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi272.43 Kb.
#1574202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AYIQTOVONDOSHLAR

Ayiqtovon - Ranunculus turkumiga bir yillik, ko’p yillik, qirqilgan oddiy bargli o’simliklar kiradi. Gullari ikki, ba’zan bir jinsli, aktinomorf, gulqo’rg’on bargchalari 5 tadan, changchi va urug’chisi ko’p, spiral bo’lib joylashgan, tugunchasi ustki. Mevasi bir urug’li, to’p yong’oqcha. Yer yuzida 600 dan ko’proq turlari bor. O’zbekistonda 32 turi tarqalgan, ko’pchiligining tarkibida ancmonal moddasi bor, zaharli, quriganda zaharliligi keskin kamayadi (27-rasm).
Ayiqtovonlarning suzuvchi ayiqtovon, sudraluvchi ayiqtovon, Vvedenskiy ayiqtovoni, soyachil ayiqtovon, yassi mevali ayiqtovon kabi bir necha turlari bor. Bochansev ayiqtovoni (R. botschantzevii) esa, O’zbekistonda tarqalgan endem o’simlikdir. Umuman, ayiqtovonlar respublikamiz o’simliklar qoplamida ancha keng tarqalgan

27-rasm. Ayiqtovondoshlar oilasi gul tiplari: A. – Adonis, Б. – Aconitum, В. – Ranunculus, Г. – Thalictrum. 1-gul, 2-gul formulasi, 3-Vasilistnik o’simligining top’guli
o’simliklardan hisoblanadi. Zaharli ayiqtovon (R. scleratus), bo’yi 20-45 sm, poyasi tuksiz, ba’zan zich tukli, ko’p yillik o’t. Pastki barglari ancha etli, yaprog’i buyraksimon, asosi o’yiq, uch bo’lakli; ustkilari esa uch tishli yoki uch bo’lakli, bo’laklari chiziqsimon yoki nashtarsimoncho’ziq. Kosachabarglari pastga qayrilgan, gultojibarglari 5-8 ta. Daryo, buloq bo’ylaridagi botqoqli, sernam joylarda o’sadi. Eng zaharli ayiqtovonlardan hisoblanadi.
Uchmao’t - Ceratocephalus turkumiga sertuk bir yillik efemer o’simliklar kiradi. Poyasi bargsiz, yopirma barglari, ensiz uch tilimli. Gullari sariq, kosacha va gultojibarglari 5 tadan, boshchasimon to’pgulida o’rnashgan. Ruderal, zaharli begona o’t. Turkumning 2 turi bor. To’g’ri mevali uchmao’t (C. orthoceras), poyasi 1-7 sm, mevalari 2-4 mm, uch qirrali va uchi to’g’ri. O’roqsimon uchmao’t (C. falcatus), poyasi 3-10 sm, mevasining uchi yassi, o’tkir, egilgan. Ikkala tur ham cho’l, adirlarda soz tuproqli, qumli, shag’al toshli yonbag’irlarda keng tarqalgan. Qo’y va echkilar uchun zaharli.
Ayiqtovondoshlar oilasining quyidagi turlari Knorring isfaragi (Delphinium knorringianum), Zarafshon parpisi (Aconium seravschanicum), oq parpi (Aconium talassicum), Boysun pufanagi (Anemone baissunensis), Buxoro pufanagi (Anemone bucharica), cho’ziq pufanak (Anemone protracta), tillarang sug’uro’t (Adonis chrysocyathus), tuksiz sug’uro’t (Adonis leiosepala), oltoy trolliusi (Trollius altaicus) O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.


Download 272.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling