Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi


Siydikni kechasi ushlanmasligi


Download 114.38 Kb.
bet10/10
Sana08.09.2023
Hajmi114.38 Kb.
#1674027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-maruza

Siydikni kechasi ushlanmasligi. Siydikni chiqarilishi –reflektor jarayondir. Siydik pufagiga tushayotgan siydik undagi bosimni oshiradi, bu esa pufak devorlaridagi retseptorlarni qo’zg’atadi.
Qo’zg’alish yuzaga kelib u orqa miyaning pastki qismida joylashgan siydik ajratish markazini qo’zg’atadi.
Bu yerdan impulslar pufak muskullariga kelib uni qisqarishga majbur qiladi, bu paytda sfinkter bo’shashadi va siydik, siydik pufagidan siydik chiqarish yo’liga tushadi. Bu o’z-o’zidan siydikni chiqarilishidir, bunday holatlar emadigan bolalarda kuzatiladi.
Katta bolalar voyaga yetgan odamlar singari o’z hohishlariga ko’ra siydik ajralishini to’xtatishi va ajratishi mumkin. Odatda ikki yoshli bolalarda faqatgina kunduz kuni emas, balki kechasi ham siydikni ushlab turish uchun shartli reflekslar hosil qilish mumkin.
Odatda 5-10 % bolalarda 13-14 yoshgacha bo’lgan davrda kechasi siydikni o’z-o’zidan ajralishi eneruz kuzatiladi. Bu bolalarga xos bo’lgan kasallik, bu paytda bolani uyaltirmaslik, qo’rqitmaslik kerak, ammo davolash zarur.
Kechqurun siyib qo’yishga uyqudan oldin katta miqdorda suyuqlik iste’mol qilish ham (choy, kofe, sut) sabab bo’lishi mumkin.
Eneruz bilan kasallangan bolalarga kechqurun suyuq ovqat bermaslik kerak, ratsiondan achchiq taomlarni chiqarib tashlash kerak. Ayrim holatlarda eneruz, teri kasalliklari tufayli gijjalar bo’lganida ham rivojlanishi mumkin. Bolalarni tashqi siydik-tanosil organlarini toza holda saqlashni, uni issiq suv bilan yuvish, sovun bilan ertalab –kechqurun yuvinishga o’rgatish kerak
Kiyim va poyafzalga bo’lgan gigiyena talablari. Odamning kiyimi va poyabzali yil fasllariga mos bo’lib, havoni yaxshi o’tkazish xossasiga ega bo’lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo o’tkazmaydi. Shuning uchun, ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug’lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq ho’l bo’lib, bola shamollab qolishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra, ayniqsa O’zbekistonning issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashg’ulot vaqtida kiyish mumkin.
Issiq sharoitda yoz oylarida ip gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida yesa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo’ladi. Poshnasiz poyafzal (kalish, shippak, slans, keda, krassovka kabilar)ni butun kun davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi, chunki yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ularni qisqa vaqt kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyafzal kiyishi natijasida ularning umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklari egrilanib qolishi va yassioyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Qizlar poyafzalining poshnasi enliroq, balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor poyafzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun, odam tez charchaydi, qish vaqtida bunday poyafzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo’ladi
Download 114.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling