Ayn ul-hayot


Download 202.37 Kb.
bet12/20
Sana18.06.2023
Hajmi202.37 Kb.
#1560297
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH

II bob yuzasidan xulosa
Alisher Navoiyning na’t yo‘nalishidagi, jumladan " Ayn ul-hayot" qasidasini ilohiy-islomiy va adabiy manbalar bilan qiyosan o‘rganish, vahdat ul-vujud ta’limotining asosiy masalasi Zot-sifat, Alloh-olam, Alloh - inson munosabatlari aks etgan talqinlarni keng g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish, teran ilmiy yoritish, nashrlaridagi matniy tafovutlarni qiyosiy o‘rganib, tarjimalari, asliyat va badiiyati bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritish tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida tanlandi.
Kuzatishlarimiz ko‘rsatdiki, Alisher Navoiy merosida alohida ahamiyatga molik ilohiy payg’ambar tasviriga bag‘ishlangan " Ayn ul-hayot " qasidasi xususida adabiyotshunoslikda bildirilgan fikrlar ushbu asarning nashrlari, tarjimalari, asliyat va uning badiiyati bilan bog‘liq mazmun-mohiyatini etarli yoritmaydi, uning ilmiy qimmatini to‘la ochib berolmaydi. Navoiyshunosligimizdagi ana shu bo‘shliqni to‘ldirish yo‘lidagi izlanishlarimiz natijasida quyidagilar ishimizning ilmiy jihatdan yangiligini belgilaydi
- " Ayn ul-hayot " qasidasi mag‘ziga singdirilgan Ollohning tengsiz, beqiyos kuch-qudrat egasi va payg’ambarni komil inson sifatida tasvirlanishining hamda yuksak insonparvarlik g‘oyalarining Qur’oni karim oyatlari bilan uyg‘unligini muqoyasaviy tahlillar jarayonida asoslashga harakat qilinadi;
- «Ayn ul-hayot»ning janr xususiyati Sharq xalqlari adabiyotidagi qasidachilik an’anasiga tayanilgan holda tahlilga tortiladi. Asarning o‘ziga xos qirralarini ochishga urg‘u beriladi;
- Na’t g‘azallar va " Ayn ul-hayot "da Ruhi Mutlaq eng ko‘p aks etgan Komil inson timsolining badiiy-ma’rifiy talqinini ilmiy asoslashga e’tibor qaratiladi;
Gul timsollari, yil fasllari - manzara, badiiy tasvir vositasi, majoz sifatida tahlil etiladi; ra’no gulining hidi dimog’ga keladi deyilgan o’rnida Paayg’ambarning me’tojga ko’tarilganida va yerda qolgan ummatning sevimli payg’ambarini kutishi va ra’no guli hidi kelishi bilan uning qaytishini sezishlari jarayoni g;zal ifodalarda berilganini ko’rish mumkin
- qasida nashrlari matnidagi tafovutlar o‘rganilib, ularning ma’no va badiiyatga ta’siri tahlillar asosida dalillanadi;
- asar tarjimalari, asliyat va badiiyati bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritib, ilmiy tadqiq etildi va tarjimalardagi farqlar kuzatildi Sayfiddin Rafiddinovning nasriy tarjimasida 106 bayt ,Jamol Kamol sheriy tarjimasida 105 bayt bo’lib kelgan .Tarjimada 1 baytning tushirib qolinish holati kuzatildi.
- Yer, Osmon, o‘n ikki burj, to‘qqiz falak, Arsh, Kursi va inson aloqadorligi, bog‘liqligi mutlaq Vujudning behisob suratlari, mavjlari sifatidagi talqinlarni ilmiy dalillashga urg‘u beriladi. Shu tarzda Alisher Navoiyning " Ayn ul-hayot " qasidasi va uning nashrlari, ulardagi matniy tafovutlar, asarning tarjimalari, asliyat va uning badiiyati masalasi keng, badiiyat tamoyillari asosida ilk marta yaxlit o‘rganilishga harakat qilindi

Download 202.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling