Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.17 Mb.
bet28/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev A., Madaniyatshunoslik asoslari. - Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y.
2.Abdurahmonov M., Raxmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent. 2011.
3.Alimasov V. Madaniyatshunoslik. T., Yangi asr avlodi. 2001.
4.Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura. Tashkent.: “Akademiya” xudojestv Uzbekistana. -2001 g.
5.Boboev X. va boshqalar. Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent.: 2001 y.
6.Drach, G.V. Kulturologiya. Uchebnoe posobie. - SPb.: Piter, 2013.
7.Karmin A.S. Osnovы kulturologi. Morfologiya kulturы. Sankt-Peterburg. 1997.
8.Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati.T., G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2010.
9. Nikitich, L.A. Kulturologiya. Teoriya, filosofiya, istoriya kulturы:
uchebnik dlya studentov vuzov.M.: Yuniti-Dana, 2005
10.Ochildiev A. Madaniyat falsafasi. -Toshkent.: Muharrir, 2010 y.
11.Usmonov M. Madaniyat va axloq. T. Fan. 1986.
12.Ensiklopedik lug‘at. 1-2-kitob. T.,1988.


Takrorlash uchun savollar.
1.Milliy madaniyat nimayu, madaniyatda milliylik nima, farqli
jihatlari bormi?
2.Milliy madaniyatning milliy taraqqiyotdagi ahamiyati nimadan
iborat?
3.Nima uchun milliy madaniyat madaniy o‘zak orqali namoyon bo‘ladi?
4.Nima uchun xalq madaniyatning ijodkori hisoblanadi?
5.Davlatning milliy madaniyatdagi o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
6.Oila milliy madaniy taraqqiyotda rol o‘ynaydi?
7.Umuminsoniy madaniyat qay shaklda vujudga keladi?
8.Umuminsoniy madaniyatning tarkibi asosan moddiy madaniy
boyliklar tashkil etadimi, yoki ma’naviy madaniyatlar?
9.Milliy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zaro dialektik bog‘liqligi
deganda nimalarni tasavvur qilasiz?
10. Nima uchun madaniyat umuminsoniy xarakterga ega?


11-mavzu.Madaniyat va din.
Reja:
1.Madaniyat va dinning umumiy tarixiy ildizlari.
2.Dastlabki diniy tasavvurlarning inson madaniy
takomilidagi o‘rni.
3.Dinning badiiy madaniyatdagi o‘rni.
1.Madaniyat va dinning umumiy tarixiy ildizlari. Din madaniyatning tarkibiy qismlaridan biridir. Din madaniyatning boshqa tarkibiy qismlari – siyosatga, iqtisodiy taraqqiyotga ham, huquqiy va axloqiy qe’yorlargaham, badiiy tafakkur taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelgan, hamon ta’sir ko‘rsatmoqda.
Din – ma’nviy hodisa, demak ma’naviy madaniyatning siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik va falsafiy qarashlar singari uning tarikbiy tuzilishining bir qismidir.iga
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar hayotiy majburiyat asosida ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Natijada ularning tabiat va ijtimoiy muhit bilan zaruriy, ongli va ongsiz harakatlari hamda munosabatlari vujudga kelgan. Bu esa kishilar tafakkurida ma’lum tushuncha, va tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to‘la shakllangan diniy sistemaga ega bo‘lmagan. Ularda boshlang‘ich diniy tasavvurlargina bo‘lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug‘chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo‘lgan.
Mehnatning tarixiy taqsimotining o‘zgara borishi esa dehqonchilik va chorvachilik madaniyatining takomillasha borishi jarayonida jismoniy va aqliy mehnat turlari vujudga kela boshladi. Bu jarayon uzuluksiz bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, odamzodning hayvoniy qiyofasining o‘zgarishi va insoniy shakl-shamoyiliga ega bo‘lguniga qadar ko‘p yillar va davrlarni bosib o‘tdi.
Ibtidoiy davrda vujudga kelgan ma’naviy madaniyat tizimlari sinkretizm ko‘rinishida bo‘lganligi bilan farq qiladi. Ibtidoiy davrda ijtimoiy ongning sinkretizm holati asta-sekin parchalanib o‘zining dastlabki shakllarini diniy va dunyoviy qarashlarida axloqiy, estetik, badiiy ko‘rinishlarda namoyon qila boshladi.
Mifologik dunyoqarash-ibtidoiy sinkretizmning yorqin namunasi edi. Mifologiya (yunoncha-mifos-naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash-ijtimoiy taraqqiyotining eng boshlang‘ich davriga xos bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdapantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Ma’naviy madaniyat tizimlarining shakllanishi mifologik asoslarida afsoniy ko‘rinishida bo‘lsada, uning mazmunida tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, insonning ichki dunyosining manzarasi o‘z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda mifologik dunyoqarashda badiiy dunyoqarashning kurtaklarini ko‘rishimie mumkin. Chunki unda voqealar badiiy obrazlar yordamida tasivrlanadi.Ana shu obraz ularda xalqlarning dastlabki dunyoqarashlari, ma’naviy dunyosi o‘z aksini topgan bo‘ladi. Bunga yunon afsonalaridan ,,Iliada”, „Odessiya” hindlarning ,,Mahobxorat”va „Ramyana”, karelo-finlarning „Kamvale”, Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining ,,Avesto”sini misol tariqasida keltirish mumkin.
Sinkretizm-ijgimoiy ongning bo‘linmaganligi, yaxlit holatda ekanligi tushunchasini bildiradi. O‘z davrining ma’naviy madaniyatiga xos bu asarlarda u yoki bu xalqlar madaniyatida diniy e’tiqodlar yetakchilik qilganligini ko‘rish mumkin. Bunday diniy e’tiqodning ma’naviy ko‘rinishi, bu dinga ishonuvchi kishilar ongida mavjud bo‘lgan diniy tasavvurlar, obrazlardan tashkil topadi va ular dinga ishonuvchi kishilar tomonidan hayotiy zarurat sifatida qabul qilinadi.
Diniy madaniyatda hissiyot, qo‘rqish, muhabbat, zavqlanish, ehtirom, quvonch, umid va boshqalar diniy tasavvurlar bilan qo‘shilib ketib, tegishli yo‘nalishga ega bo‘lgan ma’no va mazmun kasb etishi mumkin. Ana shunday hollarda ular ,,Xudoga muhabbat", „Gunohkorlik", „Igoatkorlik”, „Bandalik tuygusi", „Xudo bilan muloqotda bo‘lish quvonchi", „Narigi dunyoga umid" va hokoza kechinmalarga aylanadi. Shuning uchun ham hissiyot tushunchasini ilohiyotchilar inson ongining oliy darajadagi ko‘rinishi, bilishning ishonchli shakli deb uqtiradi.
Diniy madaniyatning umumiy belgisi mavjud bo‘lib, u diniy g‘oyalar, tasavvurlar, tushunchalar, afsonalarni haqiqat sifatida qabul qilish hamda ilohiy kuchning mavjudligiga ishonishni o‘z ichiga oladi.
Diniy madaniyatning shakllanishi va rivojlanishida diniy dasturlarning ishlab chiqilishi shuningdek, turli diniy bayramlar, marosimlarning, o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Din o‘zining tantanali bayramlari, har turli marosimlar bilan kishilar ko‘nglida ko‘tarinki kayfiyat, xursandchilik, hamkorlik, vijdon, burch, poklik, odamiylik va shu kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Diniy madaniyatning xalq ongiga singib, uning qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi ham ularning oddiy kishilar ruhiyatiga moslashib, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta’sir etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obrazlar, afsonalar, rivoyatlar, shaklida izhor qilinishidir.
Diniy madaniyat diniy arboblar tomonidan tinchlikni saqlash, urishning oldini olish, insoniyat, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, insoniyat tarixi va madaniyatini, madaniy merosi va ijobiy urf-odatlari va a’nalarini avaylab-asrashga, mehnatni sevish, qadrlashga, ekologik va demografik muammolari ijobiy hal etishga da’vat etib kelmoqda.
2.Dastlabki diniy tasavvurlarning inson madaniy takomilidagi o‘rni.
Din ma’naviy madaniyat tizimlaridan biri hisoblanib jtimoiy taraqqiyotda muhim o‘rin tutib kelgan.
Biz bu mavzuda ko‘proq ma’naviy madaniyat tizimlaridan hisoblangan diniy madaniyat, uning antik davr, o‘rta asrlar va hozirgi sharoitda ma’naviy madaniyatga ko‘rsatadigan ta’siri xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Diniy dunyoqarash mifologiya(afsona) negizida shakllangan va rivojlangan bo‘lib, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi istiqbolni hayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir.
Diniy madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas, balki tashqi dunyodan, ya’ni insn ko‘ziga ko‘rinmaydigan dunyodan izlashga, barcha narsalar, jarayonlar xudoning qudrati bilan vujudga kelganligini tushuntiradi. Diniy madaniyatda barcha narsa va hodisalarda ilohiy kuchlarning mo‘jizaviy kuchi bor degan g‘oya tashkil qiladi.
Diniy mafkuraning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayoni urug‘ qabilachilik davridagi qabilaviy din shakllari fetishizm, sehrgarlik, totemizm, animizm ko‘rinishlarida mavjud bo‘lgan.
Mehnatning tarixiy taqsimoti natijasida diniy qarashlarda o‘zgacha yondoshuv, ya’ni xudo barcha narsalarni, jumladan yaratiladigan madaniy boyliklarni ham sinfiy xarakter nuqtai nazaridan talqin qilina boshlandi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarga egalikning tabaqaviy yondoshuvi antik davrda vjudga kelgan qadimgi Sharq mamlakatlari (Misr, Bolil, Eron, Hindiston, Xitoy) va boshqa mamlakatlar, qadimgi Yunon va Rim davlatlari madaniy hayoti va dunyoqarashida o‘z aksini topgan.
Diniy mafkuraning Markaziy, Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirida ham aynan ana shunday yondoshuv ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu mintaqa xalqlari hayotida zoroastrizi (otashparastlik), Iudaizm, moniylik, Buddaviylik, Xristianlik va Islom dinlari xalqlarning qorishib ketgan diniy ma’naviyatida o‘z aksini topa borgan
Diniy madaniyat o‘z ta’sirini antik davrda, ya’ni sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi jarayonida ko‘rsatganligini yuqorida ta’kidlab o‘tdik.
Diniy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa shakllari -siyosiy, huquqiy axloqiy, badiiy (estetik) va falsafiy, madadaniyatlardan ham ko‘ra birinchi bo‘lib o‘z ta’sirini ko‘rsatgan madaniyat hisoblanadi. Chunki boshqa madaniyatlar rivojlangunga qadar din o‘z taraqqiyotida boshqa madaniyatlarga nisbatan o‘z hukumronligini saqlab turgan, ustunlikka ega bo‘lgan. Masalan, antik davr madaniy taraqqiyoti kuzatilganda Qadimgi Sharq mamlakatlari hisoblangan Hindiston, Xitoy xalqlari turmushida diniy madaniyat dastlabki politeizm-ko‘p xudolik, keyinchalik monoteizm ko‘rinishlarida jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligini, ya’ni ijtimoiy taraqqiyotda goh ijobiy, goh salbiy rol o‘ynaganligini ko‘rish mumkin.
Antik davrda Qadimgi Yunon-Rim madaniyatida quldorlik ya’ni sinfiy jamiyat hukum surgan tarixiy jarayonda, Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlarida Xristianlik diniy ta’limoti eramizning birinchi asr o‘rtasida vujudga kelib, ularning diniy e’tiqodi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va dastlab o‘z mohiyati jihatidan xalq ommasi manfaatiga mos kelgan bo‘lsa-da, ijtimoiy mohiyat nuqtai nazaridan davlat, hukmron sinflar manfaatini aks ettirib, ularga xizmat qilgan.
Shu boisdan ham imperator Konstantin 313 yili xristianlarni taqib qilishni bekor qilib, 324 yili xristianlikni Rim imperasining davlat dini deb a’lon qildi.
Natijada xristian dini ekspluatator sinflarning mehnatkash ommani moddiy hamda ma’naviy asoratga solish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Bu jarayon dunyoning barcha madanii o‘choqlarida xuddi shu shaklda, yuqori tabaqa manfaatlarini himoya qilish xarakteriga ega bo‘lgan.
Diniy mafkura asosan sinfiy jamiyatlarda ishlab chiqarish munosabatlari ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatib,madaniy taraqqiyot-ning boshqa bosqichlariga nisbatan ko‘proq o‘z mavqeini saqlab turgan, jamiyatdagi hukmron mafkura darajasiga ko‘tarildi.
Islom dini VI-VII asrlarda Saudiya Arabistonida vujudga kelgan bo‘lsa-da, VIII asr boshlariga kelib Markaziy Osiyoda keng tarqaldi va o‘zidan oldingi din- zardushtiylik dinini siqib chiqardi va yerli xalqning turmushida salbiy hukumron mafkuraga aylandi.
Islom madaniyati Markazii Osiyo xalqlarini diniy e’tiqodi, kundalik turmushi, siyosiy-ma’naviy hayoti mazmuniga aylangan. Islom madaniyati siyosiylashib Movaraunnahr hududlaridagi mamlakatlar hayotida davlatni boshqaruvchi mafkura darajasiga ko‘tarilgan. Bu o‘lkada islom diniga qadar mavjud bo‘lgan badiiy ijodning asosii turlari: tasviriy san’at, haykaltaroshlikning rivojlanishi butunlai to‘xtatib qo‘ygan va umumiy madaniy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi
Islom dini hukmron mafkura sifatida Markazii Osiyo
xalqlarining XVI-XIX asrlar madaniy taraqqiyotini butunlai o‘z ta’sir doirasiga olib, umumbashariy taraqqietdan ancha orqada qolishga sabab bo‘lgan.
Demak, diniy mafkura asosan antik davr va o‘rta asrlar davrida butun dunyo madaniy taraqqiyotida, davlat boshqaruvida, kishilar turmushida, ijtimoiy munosabatlarda muhim rol o‘ynab ko‘proq sinfiy xususiyatga, hukumron sinflar mafkurasi sifatida jamiyat ma’naviy-madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan,
Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi, feodal ishlab chiqarish munosabatlarining jamiyat hayotida barham topa borishi ma’naviy madaniyatga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmagan. Kapitalizm davriga kelib, ilm-fan, madaniyatning turli sohalari - badiiy adabiyot, san’at, arxitektura, haykaltaroshlik, teatr, kugubxonapar, san’at saroylari, barlar keng rivojlanib, kishilarning siyosiy saviyasi va ma’naviyatining rivojlanishiga olib keldi. Ilmiy izlanishlar, samarasi natijasida sirli hisoblangan hodisalarning asl mohiyati aniqlana boshlangach, dinii madaniyat o‘zining hukmronlik mavqeini yo‘kota boshladi. Natijada kupgina iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda davlat cherkovdan, cherkov esa ta’lim tizimidan ajratildi. Din jamiyatdagi ma’naviy madaniyatning boshqa ko‘rinishlari darajasiga tushib qoldi va kishilarning dinii e’tiqodiga aylandi xolos.
2.Dastlabki diniy tasavvurlarning inson madaniy takomilidagi o‘rni. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to‘la shakllangan diniy tizimga ega bo‘lmaganlar. Ularda boshlang‘ich diniy tasavvurlargana bo‘lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug‘chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo‘lgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) kabi ko‘rinishlarda keng tarqalgan. Agar hozirgi zamon dinlariga churroq nazar tashlansa, ularning tarkibida ibtidoiy diniy tasavvurlar erementlari hanuzgacha saqlanib qolinganligiga guvoh bo‘lamiz.
Ibtidoiy kishilarning ilk diniy qarashlaridan biri – totemistik qarashlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurlar, rasm-rusum elementlari, ayrim jonivorlarni muqaddas deb, ularni e’zozlash to‘g‘risidagi tasavvurlar, rivoyatlar, irmi-sirimlar va boshqalarning mavjudligida ko‘rishimiz mumkin.
Madaniyatning ibtidoiy diniy tasavvurlar bilan o‘zaro qorishig‘ini bugungi kunimizgacha kishilar ong tafakkurida saqlanib kelinayotgan ibtidoiy diniy qarashlar, masalan, ayrim hayvonlar va boshqa jonivorlar bilan qon-qarindoshlik belgilarining borligiga, ularni muqaddaslashtirishga bo‘lgan harakatlar, ya’ni totemistik qarashlarning, o‘tgan ajdodlar ruhini muqaddaslashtirish, ular oldidagi qarzdorlik, ularning ruhini shod qilishga qaratilgan hatti-harakatlar – animistik tasavvurlarning, ayrim narsalar, ko‘zmunchoq, ko‘z tikanak, otning taqasi, isiriq va shunga o‘xshash ayrim predmetlar hamda o‘simliklarning sehr kuchiga ega ekanligiga ishonish – fetishizmning, sehr-joduning mavjudligi to‘g‘risidagi tasavvurninn paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liqbo‘lgan ayrim marosimiy harakatlarning vujudga kelishi va ularni o‘tkazish orqali kasalliklardan forig‘ bo‘lish, boshqa kishiga foyda yoki zarar keltirish mumkinligiga ishonish magiyaning; ayrim kishilarning turli irim-sirimlarni, marosimiy harakatlarni o‘tkazish orqali (kuchiga ega ekanliklariga, ularning) ko‘zga ko‘rinmas noma’lum hodisalar, jarayonlarni to‘xtata olish, harakatga keltirish, ins-jinslarni haydash, yovuz kuchlarga qarshi tura olishi hamda himoya qilishlariga ishonish shomonizm elementlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan va mazkur ishonch bugungi kunimizgacha saqlanib qolinmoqda.
1. Totemizm. totemizm so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan ojibve qabilasi, algonkin guruhiga mansub tildagi “ot-otem” so‘zidan olingan bo‘lib, «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi. Mazkur atamaning mazmunida «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», ma’nosi yotadi. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb hisoblaganlar.
Urug‘dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemistik qarashlar muhim rol o‘ynagan, va. «o‘zimizniki», ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo‘lgan. Totemizmga oid tasavvurlar, urf-odat va rasm-rusumlar asrlar davomida “ular” va “begonalar”ni bir-biridan jaratishga yordam bergan. Bu totemga aloqasi yo‘q begonalar mazkur jamoaning urf-odati va ichki me’yorlaridan chetda bo‘lgan. Totemizmning asosiy elementlaridan biri muayyan totemga mansub kishilarning qarindoshligi to‘g‘risidagi qarashlarning mavjudligidir. Natijada bir totemga e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘zaro oilaviy munosabatlari, ya’ni odam vafot etgach uning o‘z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlarning mustahkamlanishiga olib kelgan. Bunday e’tiqodiy tasavvurlar bir tomondan, o‘tgan ota-bobolar ruhlarini e’zozlash va esdan chiqarmaslikning kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchning oshib borishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan totemga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarishiga, ya’ni totemni sifatida qabul qilingan hayvonni ozuqa sifatida iste’mol qilishning taqiqlanishiga olib keldi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyishga ruxsat berilgan. Shunday qilib, totemizm urug‘chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling