Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Milliylik va umuminsoniylikning dialektik bog‘liqligi


Download 1.76 Mb.
bet25/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

3.Milliylik va umuminsoniylikning dialektik bog‘liqligi. Mazkur bog‘liqlikni davlat, xalqlar va turli etnoslar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning mavjudligi, mustahkamlanishi va yanada kengayib borayotganligida ko‘rishimiz. Chunki bugungi kunda yer yuzida istiqomat qiluvchi katta-yu kichik millatlarning umuminsoniy madaniyatni qay tarzda rivojlantirishi ham mustahkamlanishiga har tomonlama bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Zero, ularning buguni kun, shuningdek, kelajak taqdiri ko‘zga ko‘rinmas iplar bilan bir-birlariga bog‘lab tashlangan.
Milliy madaniyatning ulug‘vorligi nafaqat o‘zida millatning milliy qiyofasini saqlab qolishida, balki, umuminsoniyat tomonidan qadrlanib kelinayotgan, uning kejalagiga, farovon turmush kechirishi, inson va tirik tabiatni asrab avaylashga xizmat qiladigan qadriyatlar(madaniy boyliklar)ni asrab-avaylashi hamda boyitishga qo‘shadigan hissasi bilan ham ko‘zga tashlanadi.
Albatta, umuminsoniy madaniyat osonlik bilan vujudga kelmagan. Uning vujudga kelishi, asta-sekin mukammallik darajasiga erishi, turli xil etnoslar tomonidan qabul qilinishi odamzot avlodining asrlar davomida yer kurrasining turli hududlariga borib joylashuvi, tabiiy shart-sharoitlar, mavjud vaziyatlarga moslashish hamda o‘zlarining hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan madaniy boyliklarni yuzaga keltirish, ularni qo‘shni etnik birliklar bilan baham ko‘rish, ya’ni madaniy aloqalarga kirishilari natijasidir.
Aynan ana shu jarayonlar, sa’y-harakatlar va boshqa xalqlar tomonidan ma’qul topib qabul qilingan madaniy boyliklar umuminsoniy xarakter kasb eta borgan. Umuminsoniy madaniyatning dastlabki ko‘rinishlari oddiy, maishiy hayot, o‘zaro muloqotga kirishish, tinchlik va xotirjam yashashni ta’minlovchi, kishilarning insoniylik qiyofasining mukammallashuviga yordam beradigan elementlardan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda umuminsoniy madaniyat mukammallik kasb etmoqda. Ayniqsa, XX asrga kelib demokratiya va hurfikrlilik shunday bir umuminsoniy qadriyatlarga aylandiki, yer kurrasidagi barcha xalqlar va elatlar ularni ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning bosh omili deb biladi. Informatsiya, ilm-fan, texnika, maorif, madaniyat va ta’lim marketingi, savdo-sotiq sohasidagi tajriba almashishlarning oshishi esa ayrim mutafakkirlarni endi “jahon etikasi”ni yaratish zarur degan fikrga olib kelmoqda. Agar ana shunday etika yaratilsa, u, eng avvalo, umuminsoniy madaniyatga, umuminsoniy axloqiy qarashlarga tayanadi.(V.Alimasov. ko‘rsatilgan manba. 113-bet.)
Umuminsoniy madaniyatning shakllanishi va boyishida etnik birliklarning bir joyda, bir maskanda birgalikda istiqomat qilishi, o‘zaro kelishuvlarga ega bo‘lishi, o‘zlarida mavjud bo‘lmagan madaniy tartib-qoidalarni, turmushda asqotadigan turli xil manbalar, hamda o‘zlarining turmush kechmishlarini yanada boyitadigan ijtimoiy, huquqiy, axloqiy tartib-qoidalar hamda maishiy vositalardan foydalanishlari o‘ta muhim ahamiyat kasb etgan.
Bugungi kunda dunyoda yuz foiz sof holda, boshqa etnik birliklardan xoli holda istiqomat qilayotgan birorta davlat mavjud emas. Aynan ana shu tomoyil har qanday davlatni umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilishga undaydi. Har qanday davlat o‘zining osoyishtaligini o‘ylar ekan, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy taraqqiyotni yanada jadallashtirishga intilar ekan, ana shu munosabatlarning asosini tashkil etuvchi umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilishga majbur. Aynan ana shu yondoshuvlar, nafaqat umumjahon integratsiyasini mustahkamlaydi, shuningdek, umuminsoniy madaniyatning rivojlanishi, boyishi va mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, umuminsoniy madaniyatni o‘zlashtirish, nafaqat millatlarning o‘zaro muloqotga kirishuviga, shuningdek, jahon xalqlarining yaqinlashuviga yordam beradi.
Yoki, umuminsoniy madaniyatning diniy e’tiqod bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor bilan qaralsa, umuminsoniyat uchun o‘ta qadrli, uning nafaqat bugungi kuni, balki kelajagini ham belgilab berishda o‘ta muhim ahamiyatga kasb etuvchi diniy imon-e’tiqodning o‘rni beqiyos ekanligini his qilish mumkin. Ma’naviy madaniyatning o‘ta muhim mezonlaridan biri bo‘lgan diniy madaniyat insonningina emas, balki umuminsoniyatning imon-e’tiqodini, tafakkurini kamol toptirish, mustahkam e’tiqod va dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladigan diniy qadriyatlar kishilarning yuksak ma’naviy idellari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.
Din umuminsoniyatning ma’naviy takomilida, umuminsoniy madaniyat va turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari, an’analarining bezoval saqlanishi hamda asrlar mobaynida umuminsoniyatning qalbidan chuqur o‘rnashishida ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nafaqat yakka shaxs yoki muayyan millat uchun, balki umuminsoniyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, qanoat, saxovat, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlar ko‘plab boshqa omillar qatori diniy qadriyatlar ta’siri ostida rivojlanadi.
Imon-e’tiqodi sustlashgan inson loqayd va hodisalarga befarq shaxsga aylanadi. Bugungi kunda butun dunyo aholisi o‘rtasida mazkur holat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, buni insonlarning ekologik tanazzul, ma’naviy-axloqiy buzuqlikning o‘rchib borishida ham, tinchlik va osoyishtalikka rahna solinayotganli va boshqalarda ham loqaydlikning avj olib borayotganligida ko‘rish mumkin. Diniy madaniyat esa insonga nafaqat shaxsiy, yoki milliy, balki umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga da’vat etadi. Diniy e’tiqod, chinakam inson bo‘lib yashash va hayotda o‘z o‘rnini topish, mehr-oqibatli bo‘lish, o‘zgalarning ham, o‘zining ham qadr-qimmatini chuqur anglab yetish kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishga chorlaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, madaniyat umuminsoniy xarakterga ega. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari va boshqalar barchaga tegishli. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki u qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, baribir uning zaminlari milliylikka borib taqalib, umuminsoniyat mulkiga aylanadi. Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradi. Masalan umuminsoniyat mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro Xiva shaharlaridagi hunarmandchilik va arxitektura durdonalari, eng avvalo o‘zbeklarniki, ularga o‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy jilo berganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. Xuddi ana shu xususiyati bilan ular milliy hisoblanadi. Shuning bilan birga ana shu san’at asarlari o‘zining takrorlanmas qiymati, yuksakligi va butun insoniyatning ma’naviy bahra olishga xizmat qilish darajasi bilan umuminsoniyat mulkiga aylangandir. Demak-ki, madaniyat milliy va umuminsoniy shaklida namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Milliy ma’naviyat, madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va madaniyat tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan. Bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo‘lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o‘qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib, mag‘ribu mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g‘ururlansak arziydi.
Milliy madaniyatimizning tarkibiy qismlaridan biriga aylangan islom dini bugungi kunda umuminsoniy xarakter kasb etmoqda. Chunki unda umuminsoniyat uchun suv va havodek zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar, yomonlikdan qaytarish, ezgulik uchun kurashish kabi eng muhim g‘oyalari suriladi.
Madaniyatning tilga, dinga, an’analarga, qadriyatlarga, iqtisodiyotga yaqinligini inobatga olib, milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish odati keng tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Umuminsoniylik nuqtai nazaridan qaralsa, umuminsoniy qadriyatlarning yaratilishida tili, qaysi hududda yashashigina emas, alki umuminsoniyatning zaxmatlari natijasida vujudga kelgan barcha madaniy qadriyatlar nazarda tutiladi, ularni asrab-avaylashga ruhlantiriladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling