Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet40/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Foydalaniladigan adabiyotlar.
1.Avdiyev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. T.: 1964 yil.
2.Albert Omsted. Istoriya persedskoy imperii. Moskva. "Sentrpoligraf" 2012.
3. Istoriya Drevnego Vostoka M.: Vissh. shk., 2003.
4.Istoriya mirovoy kulturi. Spravochnik shkolnika. M., 1997.
5.Kabirov A.Qadimgi Dunyo tarixi. Toshkent.Tafakkur. 2010 yil.
6.Kinjalov R.V., Lukonin V.G. Sosoniylar Eronining madaniy yodgorliklari. - L .: Davlat Ermitaj nashriyoti, 1960 yil.
7.Moskati Sabatino. Sivilizatsii Drevnega Vostoka. M.: Izdatelstov SentpoligrafiY. 2010.
8.Ergashev SH. Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON. 2016 yil,
Qadimgi dunyo tarixi. 1-qism. 1974 yil.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar.
1.Qaysi davrga kelib, qadimgi Eron madaniyati gullab yashnagan?.
2.Sizningcha, qadimgi Eron madaniyati qaysi xalqlar madaniyati
bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan?
3.Qadimgi Eron madaniyatining о‘ziga xos jihatlari nimalarda о‘z
aksini topgan?
4.Qadimgi yozuvlardan qaysi birlariga qadimgi Finikiya yozuvi ta’sir
kо‘rsatgan?
5.Qadimgi Finikiya, Suriya va Falastin madaniyatlari qaysi jihatlari
bilan о‘zaro bog‘lanib ketgan?
6.Osuriya madaniyati qadimgi davlatlardan qaysi birlarining ta’siri ostida shakllangan?


18-mavzu. Qadimgi Hindiston madaniyati va san’ati.(2 soat)
Reja:
1.Qadimgi Mohinjodora va Xarrapa madaniyatlari.
2.Qadimgi hindlarning diniy qarashlari va ularning hind-milliy madaniyatidagi о‘rni.
3.Qadimgi hindlarning falsafiy qarashlari.
4.Qadimgi hindlarning xalq og‘zaki ijodi va donishmandligi.
5. Qadimgi hind san’ati.
Hindiston hududi о‘zining iqlimi va tabiiy boyligi bilan, ya’ni insonning yashashi uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlari hamda imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shu boisdan Hindiston insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi maskanlaridan biri hisoblangan.
Agar insoniyat tarixida sodir bо‘lgan barcha sivilizatsiyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning barchasi suv havzalari yoki darayolar bо‘yida vujudga kelganligini anglab yetishimiz mumkin. Qadimgi hind sivilizatsiyasi ham sug‘orma dehqonchilik qilish uchun zarur bо‘lgan daryolarning bо‘yida vujudga kelganligini kо‘rsatadi. Hindlar boshqa hududlarga nisbatan dehqonchilikda serunum bо‘lgan havza – Hind daryosini “Sindxu” deb ataganlar. Forslar esa, mazkur daryoni “Hindu” deb ataganlar, yunonlar esa, bu sо‘zni о‘zgartirgan holda talaffuz qilishib, “Ind” deb ataganlar. Hind xalqi esa о‘zlarining vatani Hindistonni Bxorat deb ataydilar.
Hindistonning Braxmaputra, Hind va Ganga daryolaridan suv ichadigan hududlari qadimgi dehqonchilik rivojlangan vodiylar hisoblangan. Antropologik ma’lumotlar esa, Hindiston hududida taxminan bir million yillar ilgari odamlar yashaganligini aniqlab bergan. Dastlab ular ovchilik va termachilik faoliyati bilan shug‘ullanganlar.
Hindistonning etnolingvistik tarkibi xilma-xildir. Taxminlarga kо‘ra, dastlabki davrlarda munda va dravid tillarida sо‘zlashuvchi etnik guruhlar istiqomat qilganlar va qadimgi hind madaniyatiga asos solganlar. Mil.avv. II ming yilliklarga kelib, Eron va О‘rta Osiyo tomonidan yevropeoid irqining janubiy tarmog‘iga kiruvchi qabila - oriylar kirib keladilar va mahalliy etnik birliklar bilan aralashib ketadilar.
Dunyodagi hech bir etnik birlik yoki davlat madaniy jihatdan boshqalarning ta’sirisiz yuksak taraqqiyotga erisha olmaganlar. Xuddi shuningdek, qadimgi hindlar madaniyati ham boshqa xalqlar madaniyatining ta’sirisiz nafaqat vujudga kelishi, shuningdek yuksak darajaga erishi mumkin emas edi. Shu boisdan ham qaysi bir etnik birlikni olib qarmaylik, ularning madaniyatida boshqa xalqlar madaniyatining ta’siri sezilib turadi. Masalan, yozuvni olib qaraydigan bо‘lsak, uning vujudga kelishida boshqa xalqlar yozuvining mavjduligini, yoki xalq og‘zaki ijodining barcha kо‘rinishlarida boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi о‘xshashliklar mavjudlishgiga amin bо‘lamiz. Masalan, yer yuzini suv bosishi tо‘g‘risidagi rivoyat nafaqat qadimgi Shumerlarning “Gilgamesh haqida doston”ida, keyinchalik mazkur rivoyatning yahudiylar dini – Iudaizmning muqaddas kitobi “Qadimgi ahd”, undan esa, islomning muqaddas kitobi “Qur’on”ga о‘tishi kabi masalalar, dunyodagi turli etnik birliklar xalq og‘zaki ijodining о‘zaro ta’sirda bо‘lganligini kо‘rsatadi. Xuddi shuningdek, qadimgi Hind xalq og‘zaki ijodidagi olam va odam munosabatlari tо‘g‘risidagi qadimgi rivoyatlariga nazar tashlansa, aynan, dastlab Shumerlar afsonalarining asosiy markazida turgan yer yuzining suv ostida qolishi tо‘g‘risdagi rivoyat qadmigi hindlarning ayrim afsonalarida ham mavjudligiga guvoh bо‘lamiz. Veda (sanskrit tilida “bili” degan ma’noni anglatadi) ilohiy kalomidan keyingi “brahmanlar” va “Puran”larda yoizilishicha, “Brahma”dan ikki jinsli Manu (Tangri tomonidan yaratilgan eng dastlabkisi) tug‘ilgan. U о‘zining ayollik qismidan ikki о‘g‘il, uch qiz kо‘rgan va ulardan beadad “manu”lar paydo bо‘lgan. Shunda Prithviy nomi berilgan manulardan bir podsho bо‘lgach, yer kurrasi ham uning nomi bilan “Prithviy” deb atala boshlagan. Birinchi podsho yerni о‘rmonlardan tozalab, uni ekin ekishga tayyorlagach, mol-hol boqish va savdo sotiq qilish uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratgan.
Aka-ukalar ichida “о‘ninchi manu” eng mashhuri edi. U podsholik qilgana davrda yer yuzini suv bosishi xavfi tug‘iladi. Tangri Vishnu uni yaqinlashib kelayotgan ofat haqida о‘gо‘hlantirganida, u о‘z oila a’zolari va “tetti qariya alloma”ni omon saqlab qolish uchun kema yasaydi. Vishnu esa, nahang baliq shakliga kirib, og‘zidagi kema bilan suzib tog‘ chо‘qqisiga yetib boradi. Kemadagiar to suv toshqini tugagunigacha, shu yerda jon saqlab, sо‘ng sog‘-salomat о‘z makonlariga qaytishadi. Yana Manu oilasidan odamlar tarqaladi. (Qarang: N.G‘.Nizomiddinov. Hindistonda islom: tarix, ijtimoiy-siyosiy hayot va hind-musulmon madaniyati. Toshkent 2008 yil.10-bet.)
Demak, qadimgi Hindiston madaniyatining vujudga kelishi va yuksalishida boshqa xalqlar, ayniqsa, Sharq xalqlari madaniy ta’siri albatta mavjud bо‘lgan.
Yoki, Hindistonda bir yarim mingdan oshiqroq til va shevalar mavjudligi ham nafaqat bugungi kunda, shuningdek, qadim-qadimdan Hindiston diyorida turli etnik birliklar istiqomat qilib kelganligidan dalolat beradi..
Hindiston hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimiy madaniyat mil.avv. III ming yillikdayoq paydo bо‘lganligini aniqlab bergan. Mohinjodaro va Xarrapa qazishmalari esa mil.avv. III va I ming yilliklar oralig‘ida shahar madaniyati tarkib topganligini kо‘rsatadi.
Fanda “Xarrapa sivilizatsiya” deb nomlangan bu madaniyat о‘chog‘i о‘zining salmog‘i va salohiyati bilan “umumjahon sivilizatsiyasi majmuining Misr va Shumer markazlaridan keyingi uchinchi muhim obyekti” hisoblanishi bejiz emas. (Qarang: N.G‘ Nizomiddinov. Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi, diniy e’tiqodi, madaniyati. (Xrestomatiya).Toshkent.2010.10-bet.)
Mil.avv. VII- VI asrlarga kelib quldorlik davlatlari, sо‘ngra Chantra-gupta asos solgan yirik Mauriya imperiyasi vujudga keladi.
Yozuv eng qadimgi hind madaniyatining ajralmas qismi bо‘lgan. Arxeologlar Xarappa. Moxenjo-Doro va boshqa joylardagi yodgorliklardan sopol parchalari, muhrlar sathi va toshlarga bitilgan g‘alati yozuvlarni topishgan. Bu yozuvlar ba’zi jihatlari bilan misr va shumerlarning iyerogliflariga о‘xshab ketadi. Qadimgi hind alifbosining 700 ga yaqin rasm-belgilardan iborat ekanligi olimlar tomonidan aniqlangan. Tekshiruvchilar bu yozuvni о‘qishga urinib kо‘rganlar. Lekin bu urinish hozircha yaxshi natija bergani yо‘q.
Hindistonda yozuv miloddan avvalgi V asrlardayoq mukammal yozuv darajasiga kо‘tarilgan. Hind vohasi va Panjobda yashagan hind xalqlari-ning eng qadimgi ajdodlari о‘z yozuvlariga ega bо‘lgan.
Arxeologlar Xarappa va Moxendjo-Dorodan hayvon va qandaydir belgilar tushirilgan muhrlar va sopol idishlarning parchalarini topganlar. Tilshunos olimlar qadimgi hind yozuvining qancha belgilardan iboratligi tо‘g‘risida biror bir aniq tо‘xtamga kela olmaganlar. Ularning ayrimlari hind yozuvini 400 belgi-rasmdan, boshqalari 300, va yana boshqa guruh olimlar esa, 250 belgi-rasmdan iborat deb ta’kidlaydilar. Yana shunday qarashlar mavjudki, hind yozuvi shumerlarnikiga, yana bir guruh olimlar esa xett yozuviga о‘xshash degan farazni ilgari suradilar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, miloddan avvalgi V asrdan boshlab Hindistonda braxmi, kxaroshtxi. aramey, gupta va boshqa yozuvlardan foydalanganlar.
Qadimgi hindlarning eng dastlabki diniy qarashlari ota- bobolari ruhiga topinish, tabiatni (hinduizm diniga xos e’tiqod turi) ilohiylash-tirish va totemistik kо‘rinishda bо‘lgan.
Hindlarning diniy e’tiqodlariga doir ma’lumotlar ham, deyarli о‘sha davr tarixiy bitik va hujjatlari singari cheklangan. Ba’zi mifologiya va badiiyatdagi о‘simlik yoki hayvon turlarini ilohiylashtirish an’anasi, mantiqan, totemizmga taalluqli diniy tushunchalarni eslatadi. Chunki oriylar tasarrufidan oldin tub hind aholisi asosan hosildorlik ramzi ona-ma’buda yoki shoxli buqa va muqaddas daraxtlarga sig‘inganlar. Arxeologik qazilmalar о‘tkazilgan yerlarda esa aqalli biror bir maxsus ibodatxona rusumidagi qurilma uchramagan.
Agar Xarrapa va Mohenjo Darodagi topilgan morddiy yodgorliklar Shimoli-G‘arbiy Hindistondagi ishlab chiqarish kuchlarining qay darajada rivojlangan ekanligini kо‘rsatsa, vedalarda qayd etilgan diniy, ijtimoiy-madaniy va axloqiy jihatlarga doir matnlar esa, oriylarga tegishli ma’naviyat unsurlaridan darak beradi.
Oriylar primitiv animistik dunyoqarashi borib-borib Indra tо‘g‘risidagi diniy tasavvurlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Gо‘yoki, Indra – eng qudratli, jangu-jadallarda doimo g‘olib hamda insu-jins, ajdaho va shahar-qishloqlarni yer bilan yakson qiluvchi kuchga ega iloh hisoblangan. Shuningdek, u momoqaldiroq, yomg‘ir va о‘rmonlar xudosi maqomida ham mashhur bо‘lgan. Olov xudosi agni esa, oila “о‘chog‘i” – baraka ramzi sifatida tо‘y-hashamlarda olov yoqilishi bilan e’zozlangan.
Diniy toat-ibodatda oriylar uchun qurbonlik hayot mazmuni ma’nosida tushunilgan va bu ibodat ma’suliyati oila doirasida emas, balki butun qishloq yoki barcha qabila aholisi ishtirokida ado etilgan. Oriylarning diniy e’tiqodi deganda, ularni mentalitetgia xos ilohiy va tabiiy kuchlarga munosabati tushunilgan.
Nasl-nasabga qarab bо‘linish sohasida qо‘yilgan birinchi qadam – bu nufuzli zotlar va “dos”lar, ya’ni qullar о‘rtasidagi farqlanishga qaratilgan edi.
Tabaqa tizmining ilk bо‘sag‘asida, hatto, braxmanlar ham podshoh va jangchi kshatriylardan keyinda turgan. Biroq, din rahnamolari sharoitga qarab qо‘l qovushtirib о‘tirmay, tez orada jamiyatda eng yuqori pog‘onaga egalik qilish maqsadida nafaqat podshohga ilohiylik martabasining berilishiga zimdan yо‘l yо‘madailar, balki tizimni diniy tomondan ijtimoiy tabaqalarga bо‘linishi kerakligiga ham fotiha berib ulgurdilar.
Rasman tabaqa tizimi joriy bо‘lgach, barahmanlik ma’suliyati oliy tabaqa namoyondalari zimmasiga bir qator bajarilishi farz bо‘lgan vazifalarni yukladi. Chin barhmandan nafaqat barcha diniy kо‘rsatmalarning ipidan igansigacha amal qilinishi, balki undan о‘z sha’niga dog‘ tushuruvchi nojо‘ya hatti-harakatlarning tasodifan yuz berishiga ham yо‘l qо‘ymaslik qat’iy talab etilgan. Aks holda, “о‘z nasli tabaqasiga xos fazilatlarni kamolga yetkazishdan bо‘yin tovlagan brahman farzandi barcha diniy-ijtimoiy vakolatlardanam mahrum qilingan.
Hind-oriylar jamiyatida brahmanmi, kshatriymi, vayshiymi yok shudra bо‘lsin, ular orasida tabaqa tafovuti va unga muvofiq shartlariga amal qilinishi diniy qonunchilik tomonidan qattiq nazorat ostiga olingan.
Kishilarda о‘ziga qarashli bо‘lmagan mol-dunyoga nisbatan о‘chlik ortib borgani sari, ular hatto vedalar bilan birga e’tiqod tuyg‘usini ham unutadilar. Mazkur holat, hindlarni ikkinchi bir xudo Brahmaga murojaat etishlariga olib keladi. Natijada mazkur e’tiqod jamiyat hamda uning faoliyatini boshqarishga asos bо‘lgan “dharma – e’tiqodli tо‘g‘ri hayot tarzi”, “artha” – manfaat va “kama” – maishiyat xususidagi yuzta kо‘rsatmadan iborat farmoyishning doriy qilinishiga olib keladi.
Davrlar о‘tishi bilan tabaqa tizimi jamiyatda nafaqat ustuvor qonun sifatida joriy etildi, balki u Hind yarim oroli shimolida rahnamolik va fuqarolik tuyg‘usiga yо‘g‘rilgan munosabatlarning birini marotaba davlatchilik ruhida shakllanishiga olib keldi.
Hind diniy e’tiqodining dastlabki manbai Veda, о‘z mohiyati bilan har bir hind uchun tabiatning inson aqli bovar qilmaydigan qudratli kuchlari irodasiga bо‘ysunish, ularni e’zozlab marhamatiga noil bо‘lish va bu yо‘lda qurbonliklar qilish kerakligi haqidagi diniy qо‘shiqlardan tarkib topgan diniy qomusdir.
Bu “ilohiy kalom”ning quyi tabaqa vakillaridan sir tutilishi maxsus kо‘rsatmalarda uqtirilib, ularnigng sо‘zsiz bajarilishi qat’iyan talab etilgan.
Diniy e’tiqodga kо‘ra, vedalarni faqat “brahmanlar” va “kshatriylar” о‘qiydilar. Vayshiylar va shudralarga vedalardan og‘iz ochish u yoda tursin, hatto ularni eshitish ham man qilingan. Agar ulardan birortasi shu ish bilan shuhullangudek bо‘lsa, brahmanlar uni tilini kesib jazo beruvchi hoki huzuriga olib borganlar.
Vedalar tarkiban farmoyish va taqiqlar, cheklangan yoki tо‘laqonli rahbatlantirish va qо‘rqitish, mukofot va jazo tо‘g‘risidagi matnlarni о‘z ichiga olgan. Ularning katta qismi esa hamdu sano hamda mushkul va sanab adog‘iga yetib bо‘lmas olov—otashga tashlanadigan qurbonliklar haqidagi kо‘rsatmalardan iborat bо‘lgan.
Hinduizmda tog‘lar, joylar, daryolar (masalan, Ganga daryosi), о‘simlik-lar, hayvonlar (masalan, sigir, fil, maymun, ilon) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi.
Hindlarning dastlabki diniy qarashlari ,,Veda” (,,Muqaddas bilim”) lar tо‘plamida о‘z ifodasini topgan. ,,Veda”larda kо‘rsatilishicha, qadimgi hindlar olov xudosi Agniga, yomg‘ir va momoqaldiroq xudosi Indraga, Oy va sarxush qildiruvchi ichimliklar xudosi Somoga, qurg‘oqchilik xudosi Vrit-raga, Quyosh xudosi Varunaga, dehqonchilik va hosildorlik xudosi Aditiga e’tiqod qilganlar.
,,Veda”lar mil.avv.I ming yilliklarda yaratilgan bо‘lib, tо‘rt kitob „Rigveda”, „Samoveda”, „Yajurveda”, „Atxarvaveda”dan iborat bо‘lgan. Barcha tо‘plamlar xudolarni madx etuvchi qо‘shiqlar, diniy marosimlarni bajarish tartiblari va marosimlarda qо‘llaniladigan duolardan iborat bо‘lgan.
Markazlashgan yirik davlatlarning tarkib topishi, yagona xudolar tо‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishiga olib keladi. Dastlab podsho-larni ilohiylashtirish, sо‘ngra yagona xudo e’tiqodi paydo bо‘ladi.
“Veda”larda kо‘rsatilishicha, yagona xudo Prajapati munavvar olamni, yerni, nurni, keng osmonni, odamlarni, hayvonlar va barcha mahluqotlarni yaratgan.
Quldorlik tuzumining kuchayishi, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlaridagi larzalar, jamiyat hayotidagi tanazzul diniy tasavvur-larda ham tub о‘zgarishlarning vujudga kelishiga olib keladi. Natijada yangi diniy e’tiqod - braxmanizm paydo bо‘ladi. Braxmanizm yakka xudo (Hinduizmdagi tri murtaga kiruvchi xudolardan biri)-barcha narsalarni yaratuvchi xudo Braxmaga e’tiqod qilishdir. Braxma dastlab dunyoni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo tarzida tasvirlanadi. Albatta Braxmanizmning vujudga kelishida ,,Veda”lardagi yaratuvchi xudo Prajapati, hinduizmdagi yaratuvchi xudo-Braxmalar timsolining birga qо‘shilib kelishi, yakka xudoga sig‘inishga bо‘lgan intilishning kuchayishiga ta’sir kо‘rsatgan bо‘lishi mumkin. Braxmanizmda jonning kо‘chib yurishi tо‘g‘risidagi ta’limot diniy nuqtai nazardan asoslab beriladi.
Miloddan avvalgi VI asrlarga kelib Hindistonda yangi diniy ta’limot- Buddaviylik ta’limoti vujudga keladi. Buddaviylikning kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, braxmanizm Mouriya imperiyasini boshqarish va markazlashtirish siyosatini amalga oshirishda mamlakat tepasidagi sulolaga yordam bera olmay qolgan, ikkinchidan, braxmanizmda kastachilik oqlanar va qо‘llab-quvvatlanar edi.
Kastachilik (,,kasta”portugapcha sо‘z bо‘lib, ,,qavm”degan ma’noni anglatadi) asli hinduizmning asosiy elementi bо‘lib, uning paydo bо‘lishi-da mehnat taqsimoti muhim rol о‘ynagan.
Hindistonda aholi tо‘rtta kastaga bо‘lingan. 1 .Braxmanlar-ruhoniylar va zodagonlar. 2.Kshatriylar harbiylar, badavlat dehqonlar savdogarlar va sudxо‘rlar. Z.Vayshiylar - hunarmandlar. 4.Shudralar - past toifadagi kishilar guruhi, ya’ni huquqsiz dehqonlar, farroshlar, kir yuvuvchilar va boshqalar.
Hinduizm ta’limoti, sо‘ngra braxmanizm ta’limotiga kо‘ra, braxmanlar xudo Braxmanning boshidan, kshatriylar uning qо‘lidan, vayshiylar uning qornidan, shudralar esa uning oyog‘idan paydo bо‘lishgan
Birinchi uch jamoa barcha huquqlarga ega bо‘lsalar, shudralar huquqsizlar tabaqasi qisoblanganlar. Ular ,,nopok hisoblanib, yuqori tabaqalardan chetda yashashi zarur bо‘lgan. Har bir kastaning о‘z ,,dxarma”si - axloq normalari bо‘lib, har bir kasta a’zosi yetishib kelayotgan yosh avlodga о‘zlariga tegishli bо‘lgan dxarmani о‘rgatishi, ularning qulog‘iga quyishi shart bо‘lgan.
Past tabaqa hazar qilinganlar deb atalgan. Shu boisdan, ularning yuqori tabaqa yuradigan yо‘ldan yurishi, bir quduqdan suv ichishi, umumiy transportdan foydalanishi, bolalarining birga о‘ynashi, о‘qishi, ovqatlanishi ta’qiqlangan. Kasta vakillarining о‘z kastasidan chiqib boshqasiga о‘tishi mumkin bо‘lmagan. Kastadan haydalish eng og‘ir jazo hisoblangan. Kastadan haydalganlarga „hazar qilinganlar”dan ham kо‘ra past nazar bilan qaralgan
Buddaviylik hech qachon dindorlarning nasl-nasabiga e’tibor bermagan. Rivoyatlarga kо‘ra, Hind podshohi Sudgodaning о‘g‘li Sirdxartxa (Gautama) shahar bо‘ylab safarga chiqqanining birinchi kuni tinmay yо‘talayotgan kasal kishini, ikkinchi kuni zо‘rg‘a gavdasini kо‘tarib turgan qari cholni va uchinchi kuni odamlar kо‘tarib borayotgan marhum kishini kо‘rib qoladi. U buning sirini bilolmaydi. Kimdan sо‘ramasin hech kim tо‘g‘ri javob bera olmaydi. Shunda shahzoda о‘z martabalaridan kechib, о‘zi guvohi bо‘lgan hodisalarning mohiyatini aniqlashga bel bog‘laydi. Saroyni yashirin tarzda tark etib, о‘zini turli xil vaziyatlarga tashlab kо‘radi. Ochlik, yupunlik, kasallikni boshdan kechiradi. Hayotda rо‘y berayotgan har bir hodisaning asl mohiyatini anglashga intiladi. Va nihoyat, inson boshidan kechiradigan barcha kulfatlarning asl sababi kishilarning о‘z istaklaridan voz kecha olmasligidir, insonni turli kulfatlarga, balo-qazolarga duchor qiluvchi hayotning о‘zi yovuzdir, degan xulosaga keladi. Bu kulfatlarning oldini olishning birdan-bir yо‘li kishilarning turli xil ehtiroslar va lazzatlanishlarga berilmasligidir. Agar kishi bunga erisha olsa, u о‘lgandan keyin yangi azob-uqubatlarni qayta boshdan kechirishdan qutuladi, qayta tirilmaydi, yuksak farog‘at makoni bо‘lgan Nirvanaga erishadi, degan goyani ilgari suradi.
Budda dini imperator Ashoka davrida davlat diniga aylanadi va kishilar hayotining barcha tomonlariga singib boradi. Mil.avv.SH asrlarga kelib, buddizm Hindiston hududidan chiqib, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlariga tarqaladi. Lekin braxmanizm ijtimoiy tabaqalanish kuchli bо‘lgan qishloq aholisi о‘rtasida saqlanib qoladi.
Mouriya sulolasidan sо‘ng imperiyada parchalanish rо‘y beradi. Yangi sulolalar buddizmni qо‘llab-quvvatlamay qо‘yadi. Natijada braxmanizm,
e’tiqodi yana о‘z ta’sirini kuchaytira boshlaydi.
Hindistonda keng yoyilgan dinlardan yana biri sekhizmdir. Sekhlar hinduizm va islom dini oralig‘idagi sekhiya diniga e’tiqod qiladilar. Ular antiqa sallasi va sersoqolligi bilan ajralib turadilar. Ular ,,K” harfidan boshlanadigan besh taomilga qat’iy amal qiladilar. 1-taomil-,,Kech”-uzun soch; 2- taomil-,,Kach”-uzun ishton; 3-taomil-,,Kara”-pо‘lat bilaguzuk’; 4- taomil-,,Kurpan”-xanjar; 5-taomil-,,Kancha”-yog‘och taroq.. Demak, sekhlar о‘zun soch qо‘yadilar, uzun ishton kiyadilar, pо‘lat bilaguzuk taqadilar, xanjar osib yuradilar, salla tagida kо‘rinmaydigan taroq qadaydilar. Sekh erkaklarining soch-soqoliga qaychi tegmaydi. Uzun soch jasorat ramzi hisoblanadi. Har bir bir sekh nasabiga ,,singh” “,,Sher yurak””degan sо‘z qо‘shiladi.
Qadimgi hindlarning falsafiy qarashlari ham asosan,,,Veda”larda, epik-dostonlar hisoblanuvchi „Ramayana” ,,Mahobhorat” hamda „Manu qonunlari”, ,,Arxashstra”kabi qadimgi yozma madaniy yodg‘orliklarida uchraydi.
Mil.avv.IV asrlarga kelib, afsonavyy donishmandpar tomonidan kuplab diniy-falsafiy ta’limotlar yaratiladi.
Vadhamana tomonidan yaratilgan ,,Jaynizm”, Brixaspati tomonidan acoc solingan „Charvaka”, Gotome asos solgan ,,Nyaya”, Kanade asos solgan „Vaysheshika”, Kapila-rahbarlik qilgan „Sankxya , Patanjale yaratgan „Yogat”, Jaymini boshchilik qilgan „Simansa , Badrayana tashkil etgan „Vedenta’ kabi diniy-falsafiy oqimlar ana shular. jumlasidandir. •'
„Charvaka” ta’limotida tabiatdagi barcha narsalarning 4 element: suv, havo, olov va tuproqdan yaratilganligi, ruhning tanadan ajralmasligi va bilishningbirdan.-bir manbai tajriba ekanligi masalalari ilgari suriladi.
„Nyaya va „Vaysheshika”diniy-falsafiy ta’limotlarida esa dunyodagi barcha narsalar efir, vaqt va fazodagi suv, tuproq, havo va olovning turli xil mayda zarralaridan (anulardan) iboratligi, ularning abadiy о‘zgarib .turishi, yо‘q bо‘lmasligi tо‘g‘risidagi tushunchalar ilgari suriladi.
„Yogat” falsafiy, odob-axloq va psixoterapiyaga oid ta’limotdir. Bu ta’limotga ega bо‘lish uchun kishi eng avvalo falfasiy ta’limot bosqichini bosib о‘tishi, tegishli bilim, kо‘nikma va malakaga ega bо‘lishi zarur. О‘z ruhini boshqara oladigan, moddaning u yoki bu holatini о‘zgartirishga ta’sir eta biladigan, о‘z fikrini olis masofaga yetkaza oladigan va о‘zgalar fikrini bilib olishga qodir bо‘lgan kishi bu ta’limotga ega bо‘la oladi.
Adabiyot. Hind adabiyotining III ming yildan kо‘proq an’anasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi X–IV-asrlarda xalq og‘zaki ijodida yirik epik dostonlar – "Mahabharata" va "Ramayana" shakllandi.
Qadimgi Hindistonda xalq og‘zaki ijodi va uning davomi hisoblangan yozma adabiyot ham erta rivoj topgan. Ular maqol, matal, ertak, hikoY. doston, diniy qо‘shiqlar va ajoyib afsonalar yaratganlar. Vedalar - gimn, qо‘shiqlar, afsungarlik va diniy duolardan iborat katta tо‘plamdir. Qadimgi Hind adabiyotining eng nodir asarlari qatoriga "Maxabxarata”, “Ramayana”, “Pancha tatra”, “Kalila va Dimna” kabi asarlami kiritish mumkin.
“Ramayana” dostonida о‘gay onasining bergan azoblariga chiday olmagan shahzoda Ramning о‘z shahri Ayodxiyani tashlab ketib о‘zga yurtlarda boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Hikoya qilinishicha, Sevlotida devlar Ramning xotini Sitani о‘g‘irlab ketadilar. Ram ayiq va maymunlardan qо‘shin tuzib, devlarni tor-mor etib, xotinini ozod qiladi. Nihoyat Ram о‘z vataniga qaytib, otasi taxtini egallaydi va uzoq davr davlatni adolat bilan boshqaradi.
“Maxabxarat” dostonida Bxarata podsho urug‘ining ikki avlodi - Kauravlar va Pandavlarning toj-taxt va boylik talashib olib borgan kurashlari hikoya qilinadi. V asrda yashagan Kalidasa ajoyib drama asarlari yozgan mashhur adib. U yozgan drama asarlaridan eng mashhuri “Shakuntala”dir. Hindistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Hindistonda aniq fanlarga ham katta e ‘tibor berganlar.
Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari tо‘plamlaridan "Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy I-asr boshlarida paydo bо‘ldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (III-IV-asr) va Shudraka (V–VI-asr) ham mashhur dramaturg bо‘lishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (VIII-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (VII-asr)ning "О‘n shahzoda sarguzashti" romani sanskrit badiiy nasrining chо‘qqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (Dravid tillari)da, jumladan, tamil tshtgi adabiyot (Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan VII-asrdan о‘rta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi.
Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga kelgan.
Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida I-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va singh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana borgan.
Islom dunyosining paydo bо‘lishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keladi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (XVII–XVIII-asr), Mir Toqiy, Mirzo G‘olib va boshqa urdu she’riyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar.
Hiniston me’morchiligi miloddan avvalgi III–Iming yilliklardayoq ancha rivojlangan. Natijada, mudofaa devorlari, xо‘jalik va turar joy binolari, bog‘ va suv havzalari bо‘lgan yirik shaharlar (Sanghol, Lothal, Mathura, Pataliputra) qurilgan.
Miloddan avvalgi IV–II-asrlarda ulkan qal’a, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ibodat uchun mо‘ljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, g‘or ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi I-asr; Ajantat, miloddan avvalgi II-asr – milodiy VII-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milodiy birinchi asr boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Masalan, V asrda Sangida yer ustiga qurilgan tо‘rt kolonnali peshayvondan iborat kub shaklidagi ibodatxona;
Hind arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san’atining rivojlanishi bevosita buddaviylik dini bilan bog‘liq holda rо‘y bergan. Buddaga bag‘ishlangan ibodatxonalar о‘zida budda va uning izdoshlari haykallari hamda freskalarda о‘z ifodasini topgan.
Buddaga bog‘liq me’moriy yodgorliklardan biri stupalardir. Rivoyatlarga kо‘ra, Buddaning hoki qoldiqlari va u bilan bog‘liq buyumlar ana shu stupalarda saqlanadi.
Stupa aylana shaklidagi/osmon ramzi/supa ustiga о‘rnatilgan yarim sferik gumbazdir. Stupaning tomonlariga darvozalar о‘rnatilgan bо‘lib, boy bо‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan.
Stambxlar (ustunlar) ham hind arxitekturasining noyob kо‘rinishlari-dan biri hisoblanadi. Stambxlar hind imperiyasining tanholigi va jipsligini kо‘rsatuvchi ramzdir. Stambxlarning yuqori qismiga hayvonlar tasviri tushirilgan yoki hayvon haykali о‘rnatilgan kapitel bilan tugallanadi.
Chaytyalar ham hind xalqining arxitekura yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Chaytyalar qoyalarga о‘yib ishlangan suratlar yagona fikr – insonning hayotga bо‘lgan mehr-muhabbati, о‘y-fikrlari, orzu-armonlari, his-tuyg‘ulari va tasavvurlarini ifodalab beradi.
Hindlarning relefli va stanokli haykaltaroshligida kо‘proq shartlilikka moyillik sezilib turadi. Hayotiy va afsonaviy obrazlar aralashib ketadi. Masalan, uch yuzli Shiva haykallari olib qaralsa, unda hayotiylik ham, afsonaviylik ham umumlashib ketadi, ya’ni Shiva bitta haykalda uch qiyofali tarzda – Shiva yaratuvchi, Shiva homiy, Shiva yovuz, ya’ni borliqni yо‘q qiluvchi kuch sifatida talqin qilinadi.
VIII-asrda Ellorda yaxlit qoyatoshni о‘yib ishlangan ibodatxona) paydo bо‘lgan. VI–VII-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi janubiy (Maxabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibodatxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida hindular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. XIII-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) hamda mustahkam qal’a devorlari bilan о‘ralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tug‘laqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil bо‘lgach, Hindiston me’morligi yuksak chо‘qqilarga erishdi: shahar va qal’a qurilishi san’atining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollohoboddagi qal’alar, "Fatehpur-Sekri" shaar-qal’asi, 1569–84), qubbasimon maqbaralar (Dehlidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.
Tasviriy san’ati. Hindiston janubda tosh davriga oid g‘orlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi III–II-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat san’ati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan bо‘rtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar).
Miloddan avvalgi IV–IIasrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan ma’budalar haykali, Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Milodiy I– V-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. V–VII-asrlarda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat g‘or ibodatxonalar). X– XII-asrlarda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. XIII-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak san’ati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. О‘rta asrlarda Hindistonda miniatyura san’ati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur bо‘lgan. XVI-asrda miniatyura san’atining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy bо‘lishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va animalistik janrlar keng tarqaldi.
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega bо‘lib, dunyoda eng qadimgi va о‘ziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bog‘liq.
Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari ("Vedalar" – "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; miloddan avvalgi II–I ming yilliklari)da diniy madhiyalar о‘z aksini topgan.
Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musiqaning yuzaga kelishini bevosita "Samaveda" bilan bog‘lashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy III–IV-asrlar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (V–VII-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli tо‘plamida (XIII-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (XVI-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli bо‘lmish usullar birlashuvi ma’nosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Quyosh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam bо‘lgan interval tizimi yuzaga kelgan.
XIII-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va О‘rta Osiyo xalqlarining badiiy an’analari, musulmon san’ati ta’sirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy ("hindustani") va janubiy ("karnatak"). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan an’anaviy xonan-dalik san’ati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qо‘shiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, XV–XVI-asrlar; Kshetrayn, XVII-asr)
Mumtoz musiqa sohasida "thumri", "g‘azal", "kavalli", sо‘fiyona "kalam", shuningdek, "dadra", "tappa", "tarana"lar ham mavjud.
Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs san’ati shakllari asosida an’anaviy musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi.
Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular kо‘p tillarda sо‘zlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholg‘ularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng о‘rin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va boshqa ommalashgan.
Teatri. Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo bо‘lgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, о‘yin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalq teatrining asosiy shakllari hozirgacha yetib kelgan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi hind epik dostonlar – "Ramayana" va "Mahabharota"dan olib о‘ynaladigan sahnalar tashkil qilgan. Uning eng kо‘p tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat.
An’anaviy teatrlarning yorqin va ta’sirli vositalaridan biri raqsning bharatnatyam, kathakaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi kо‘p geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi teatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. G‘arbiy Bengaliya va Orissada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda о‘tkazilgan, sahna va dekoratsiyalar bо‘lmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa hududlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi)da ham bо‘lgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyotida xalq teatrlarining ta’siri kuchli bо‘lgan. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bog‘liq.
XII – XIII-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. XVI-asrda Malabar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qо‘yiladigan diniy mavzudagi teatr paydo bо‘ldi. Bu teatrning sodda turi – tulal XVIII-asrgacha saqlandi. XIX-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning о‘sishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi.
Qadimgi Hindistonda, geografiya, tarix, astranomiya, matematika fanlari ham taraqqiy etgan edi. Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga kо‘ra ilmning bosh manbayi – tajribadir. Hind astronomlari va matematiklari bir yilni 365 kunga, 12 oyga bо‘linib , shundan 5 kunini bayram hisoblaganlar. Ularning hisobida bir yil 365 kunga teng bо‘lgan. Ular quyosh va suv soatlarini kashf etib, ulardan foydalanganlar. Astronom Aryabxata V asrdayoq Yerning sharsimon ekanligini va yerning о‘ziga tortish qonunini, ayni paytda u о‘z о‘qi atrofida aylanish farazini aytgan.
Hindistonda tabobat ilmi ham ancha rivoj topgan edi. Tabiblar tomirning urishiga qarab kasalliklarni aniqlaganlar. Bemorlarni shifobaxsh о‘simlik. hо‘l meva, hayvon a’zolari va boshqa narsalardan tayyorlangan sodda hamda murakkab dorilar bilan davolaganlar.
Qadimgi Hindiston hozirgi paytda butun dunyoga keng tarqalgan, eng qiziqarli boshqotirma о‘yin,- shohmotning ham vatanidir.
Shohmot Chaturangga shaklida milodning boshlarida Hindistonda paydo bо‘lgan. Shohmot (Shatranj) sо‘zi aslida qadimgi Hind tili- sanskrit tilidagi ,,Chatur”-,,tо‘rt”, ,,anga” - ,,tarkib” ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik bu sо‘z talaffuzi о‘zgarib, ,,chaturanj”shaklida ishlatila boshlagan.
О‘rta Osiyo, Eron va arab mamlakatlarida tarqalgach, ,,Shatrang”va nihoyat ,,shatranj”deb talaffuz etila boshlagan.
Dastlabki paytlarda chaturanggani 4 kishi о‘ynagan. Har bir о‘yinchining ,,armiyasi”tо‘rt turdagi qо‘shindan - fillar, otlar, jangavor aravalar va piyodalardan iborat bо‘lgan. Raqib armiyasi- donalarini yutgan g‘olib deb hisoblangan.
VII-VIII asrlarga kelib, arab mamlakatlariga keng yoyiladi va bu yerda о‘yin tartibi, donalarga ayrim о‘zgarishlar kiritiladi. Sо‘ngra Yevropa mamlakatlaridan Ispaniya va Italiyaga (arablar orqali) tez tarqaladi. Shaxmat takomillasha borib, donalar soni, taxtaga terish tartibi о‘zgaradi Ikki kishi о‘ynaydigan bо‘ladi.
Sug‘orma dehqonchilik aniq fanlar, ayniqsa, matematika fanining rivojlanishiga yordam bergan. Yerni haydash, ekin ekish, parvarish qilish va hosilni yig‘ib-terib olish osmon jismlari haraktaiga qarab aniqlangan. Natijada atsranomiya fani taraqqiyotiga erishilgan. Quyosh taqvimi paydo bо‘lgan va 360 kundan iborat deb hisoblangan. Astranomik yil har besh yilda tо‘g‘rilangan, ya’ni ortib qolgan 25 kun kabisa oyi sifatida har besh yilda qо‘shib borilgan.
Tarixiy manbalarning kо‘rsatishicha, qadimgi hind astranomlari milodiy V-VI asrlarga kelib yerning sharsimon ekanligini, о‘z о‘qi atrofida aylanishini va tortish kuchiga ega ekanligi tо‘g‘risida xira tasavvurga ega bо‘lganlar.
Mil.avv. III-II asrlardayoq hindlar о‘nlik sanoq tizimidan foydalanganlar. Nol belgisi ham hindlarda ishlatilgan. Buyuk ajdodimiz al-Xorazmiy о‘zining “Hind arifmetikasi hakida kitob” asarida hindlarning ana shu о‘nlik raqamlari tizimini yana ham soddalashtiradi va har bir hisob raqami orqasiga 0 ni tirkash natijasida katta-katta sonlarni vujudga keltirish mumkinligini isbotlaydi. Natijada hindlarning о‘nlik sanoq tizimi dastlab arab-musulmon matematikasida ishlatiladi, sо‘ngra Yevropa va butun dunyoga tarqaladi.
Xullas qadimgi hind madaniyati ham umuminsoniyat madaniyatining ajralmas bir qismi bо‘lib, keyingidavr Shimoliy, Janubiy-Sharqiy Osiyo xaqlari madaniyatiga, uning rivojlanishiga о‘zining ta’sirini о‘tkazib kelgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling