Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Bob. AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING O‘SMA KASALLIKLARI
- XAVFLI VA XAVFSIZ O‘SMALAR
Kandidoz (achitqi infeksiyasi) – ayollarda qindan suzmasimon oq rangli ajralma kelishi, qin yoki tashqi jinsiy a’zolarning qichishi, erkaklarda esa qichishadigan balanopastit bo‘lishi. Xuddi bakterial vaginoz singari yuqadi.
D i a g n o s t i k a s i. Kasallik simptomlariga asoslanadi hamda qindan surtma olib, tuzli eritma tomizilib, mikroskop ostida ko‘rilganda achitqi zamburug‘larini ko‘rish mumkin. D a v o l a sh. Ayollarda mahalliy davo qilinadi. Zamburug‘larga qarshi – nistatin 2 hafta davomida 100000 tibbiy birlikdagi tablet-kadan har kuni kechqurun ichish, 7 kun davomida qinga klotrimazol, levorin mazidan tampon qo‘yish yoki mikonazol, nistatin shamchalari qo‘yiladi. Erkaklarda kandidozli balanit bo‘lganda, kasal joyga gensian violet eritmasi yoki nistatinli krem surtib, kasallik belgilari yo‘qolguncha davolanadi. 4. Bob. AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING O‘SMA KASALLIKLARI Chin o‘smalar a’zo va organlarning xususiy to‘qimalaridan iborat tuzilmalardir. Shishsimon o‘smalar esa, biror bir bezlarning sekret chiqarish yo‘li bekilib qolishi hisobiga suyuqlik to‘planib, kattalashuvi, ular tovuq tuxumidan ayol kishi mushtidek o‘lchamda bo‘ladi. O‘smalar morfologik tuzilishi va klinik jihatdan o‘tishiga qarab xavfsiz va xafvli o‘smaga bo‘linadi. Xavfsiz o‘smalar qaysi a’zoda yuzaga keladigan bo‘lsa, o‘sha a’zo doirasidan tashqariga chiqmaydi. XAVFLI VA XAVFSIZ O‘SMALAR Xavfli o‘smalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1. Taraqqiy etish jarayonida tevarak-atrofdagi to‘qimalarni o‘rab o‘sadi, ularni yemirib boradi (o‘smaning atiðik, infiltratsiyalanuvchi, destruktiv o‘sishi deb shunga aytiladi). 2. Birlamchi o‘sma olib tashlangandan keyin retsidiv va metastaz beradi. 3. Bemorning umumiy ahvoliga va modda almashinuviga yomon ta’sir qilib, ko‘ pincha kaxeksiyaga (juda ozib ketishga) olib keladi. Xavfsiz o‘smalar esa shu organning to‘qimalaridan tashqariga, qo‘shni a’zolarga tarqalmaydi, ularni qisishi, funksiyasiga ta’sir etishi mumkin. Ba’zi yaxshi sifatli o‘smalar ham bemorni umumiy ahvoliga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, fibromiomalarda uzoq vaqt qon ketishi tufayli anemiyaga olib keladi. Yaxshi sifatli o‘smalar o‘zgarib yomon sifatli o‘smaga aylanishi malignizatsiya deyiladi. O‘smaga o‘xshaydigan tuzilmalmarga retension kistalar (retintio – to‘xtatmoq) kiradi. Ular biron-bir bez sekretini to‘xtalib qolishi yoki patologik produktlarning (ekssudatlar, transsudatlar, suyuq qonning) bo‘shliqlarda saqlanib qolishidan hosil bo‘ladi. Retension kistalar tevarak-atrofga tomon o‘sib bormaydi, ichidagi suyuqlik ko‘payib borishi hisobidan kattalashadi, oyoqchali bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smalarga follikulyar kista, sariq tanacha kistalari, paraovariol, intraligamentar kistalar va qindagi Gartner, Folf yo‘li kistalari kiradi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling