Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bob. AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YUQUMLI KASALLIKLARI Trixomoniaz
ALGODISMENOREYA
Hayz ko‘rish kunlari qattiq betob bo‘lib, tibbiy yordam olish uchun murojaat qiladigan qizlar uchrab turadi. Qorinning pastkiqismi, bel, dumg‘aza sohasida lo‘qillab, g‘ijimlab, sanchib turadigan og‘riq yoki vaqt-vaqti bilan bo‘ladigan og‘riq sezilishi mumkin. Algodismenoreyada og‘riq turli vaqtda, hayz ko‘rishga bir necha kun qolganda, hayz ko‘rish vaqtida, hayz ko‘rish oxirida, hayz ko‘rish davomida kuzatilishi mumkin. Bachadonning noto‘g‘ri joylashuvi, yallig‘lanish kassalliklari, infantilizm, nevrasteniya, isteriya, o‘smalarda og‘riqli hayzga sabab bo‘ladi. Asosiy kasallikning davo chorasini ko‘rish. Simptomatik davo. Og‘riq refleksini keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish. Dismenoreya bo‘lgan ayollarning nerv-psixik holatini davolash. Nerv kasalligi sababli kelib chiqqan bo‘lsa, bemorni nevropatologga yuborish. Gimnastika, sport bilan shug‘ullanish, fizioterapiya, gormonoterapiya, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish. Hayz vaqtida ayol odatdagi ishlarini bajarib yurishi mumkin. Biroq charchash, jismoniy zo‘riqish, sovuq qotish va haddan tashqari isib ketishdan saqlanishi kerak. Hayz oldidan va hayz vaqtida achchiq, sho‘r taomlar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish man etiladi. Hayz qoni bemalol oqib, maxsus gigiyenik paxta dokali taglikka shimdirilishi lozim. Tashqi jinsiy a’zolarni kuniga 2–3 marta iliq qaynagan suv bilan yuvish kerak. Vannaning o‘rniga dush qabul qilish tavsiya yetiladi, chunki vannadagi ifloslangan suv qinga tushishi mumkin. Ajralmalar miqdoriga qarab gigiyenik paket, tampon va taglikni har 3–6 soatda almashtirib turish kerak. Hayz davrida gigiyenik muolajalar tez-tez bajariladi. Qinda qolib ketgan tampon ahvolning yomonlashishiga va bakteriyalar ko‘payishiga, zararli mahsulotlarining so‘rilishi natijasida toksik shokka sabab bo‘lishi mumkin. 3. Bob. AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YUQUMLI KASALLIKLARI Trixomoniaz. Kasallikni xivchinlilar sinfiga kiruvchi, sodda mikroorganizm – qin trixomanadalari chaqiradi. Kasallik jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. K l i n i k a s i – kasallikning xususiyatlaridan, uning simptomlari hamisha ham yorqin ko‘zga tashlanavermaydi. O‘tkir trixomaniazda ayollarda qindan ko‘piksimon, yashil tusli, badbo‘y hidli suyuq ajralma keladi. Qinda va vulvada qattiq qichish bo‘lishi mumkin. Obyektiv tekshirib ko‘rilganda qin shilliq pardasi giðeremiyasi, shishi, qinda trixomaniaz to‘g‘risida xulosa qilishga undaydi. Erkaklarda uretradan ajralma kelishi va qichishi kuzatiladi. D i a g n o s t i k a s i. Kasallikning belgilariga qarab hamda qindan kelayotgan ajralmadan tirik tomchi, ya’ni ajralma ustiga fiziologik eritma qo‘shilib, undan bir tomchi olinadi, jism oynachasiga tomizilib, qoplagich oynacha yopilib, mikroskop tagida ko‘rilganda harakatlanib yurgan xivchinlari, dumi va yadrosi bo‘lgan trixomonoslar topilishi trixomaniaz kasalligi ekanligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, qin ajralmasini jism oynachasiga yupqa qilib surib, surtma tayyorlanadi va metilin ko‘ki yoki gemotoksilin – iozin bilan bo‘yab, keyin mikroskopda ko‘rilsa, trixomonos topilishi mumkin. Eng ishonchli usul ozuqa muhitiga qindan olingan ajralma ekiladi va uning kulturasi o‘stiriladi, agarda ozuqa muhitida trixomonos o‘sib chiqsa, trixomoniaz ekanligi ma’lum bo‘ladi. Erkaklarda ham uretraning ajralmasi olib tekshiriladi. Ba’zan siydikni sentrifuga qilib, undagi cho‘kmadan mikroskopda tekshirib ko‘ rilganda ham trixomonos topilishi mumkin, bu esa trixomoniaz kasalligi haqida dalolat beradi. Kasallik diagnostikasida imkon qadar er va xotin bir vaqtda tekshirilsa yaxshi diagnostik samara beradi. D a v o s i. Trixomoniaz bilan kasallangan bemorlar 7 kun davomida kuniga 2 mahal 500 mg dan metranidazol (trixopol, tinidazol) tabletkasidan ichishi va bir vaqtning o‘zida qinga ham qo‘yishi yaxshi davolovchi samara beradi. Odatda davolash kursi 14 kundan keyin takrorlanishi maqsadga muvofiqdir. Er va xotin birgalikda davolansa, yaxshi davolash natijasiga erishish mumkin. So‘zak. Kasallikni gramm manfiy, Neyser diðlokokki-gonokokklar chaqiradi. So‘zak JYOYuK ning keng tarqalgan turi hisoblanadi. Ba’zi bir taraqqiy etayotgan mamlakatlar aholisining 20% gacha so‘zak bilan kasallanganligi sir emas. Hattoki, Afrika mamlakatlarida tug‘ilayotgan chaqaloqlarning 2–4% da tug‘ma oftalmoblenoreya kasalligi uchraydi. K l i n i k a s i. Ayollarda kasallik endigina boshlanib kelayotganida 70% hollarda klinik alomatlar ko‘zga tashlanmasligi, yashirin avj olib boraverishi mumkin. Unga xos bo‘lgan xususiyatlardan qindan yiringli ajralmalar kelishi, siyish paytida og‘riq va achishish (dizuriya) paydo bo‘lishi; uretrit belgilari bilan boshlanadi. So‘zakning o‘tkir darajasida bemolarni dizuriya qattiq bezovta qilishi, qindan yiringli ajralma ko‘plab kelishi, jinsiy a’zolarda og‘riq bo‘lishi kuzatiladi, hatto tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Kasallik vaqtida aniqlanib, davolanmasa kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishiga – endometrit, salpingit, salpingooforit, pleveoperitonit kabi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada, ichki jinsiy a’zolarda bitishmalar paydo bo‘lishiga olib keladi, oqibatda ayollar bepusht bo‘lib qolishi mumkin. Erkaklarda so‘zak yuqqandan keyin dastlabki 12–72 soat davomida birdan boshlanadi. Asosiy belgilari dizuriya va uretradan yiringli ajralma kelishi. Tanosil a’zolarida og‘riq paydo bo‘lishi bilan xarakterlidir. Vaqtida davolanmasa, kasallik asorat berib, epididimit, uretra abssessi va uning o‘rnida keyinchalik chandiq hosil bo‘lib, bitib qolishi (striktura) va oxir-oqibatda, erkaklar bepusht bo‘lib qolishi mumkin. D i a g n o s t i k a s i. Ayollarda qin, bachadon bo‘yni kanali, uretra va to‘g‘ri ichakdan (erkaklarda uretradan) surtma olib, uni maxsus laboratoriyada bakterioskopiya (mikroskopda ko‘rish) yoki ajralmani maxsus ozuqali muhitga ekilib, unda gonokokklarni o‘stirish bakteriologik yo‘l bilan kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanadi. Bakterioskopiyada har hujayra ichida loviya shaklidagi, bir-biriga qarab ikkitadan joylashgan diðlokokklarni ko‘rish mumkin. Bu esa kasallikning aniq diagnostik asosi hisoblanadi. Surunkali so‘zakni poliklinika, xotinqizlar maslahatxonalari sharoitida maxsus provakatsiya (sun’iy ravishda kasallik xurujini chaqirish) – biologik, fiziologik, kimyoviy, termik usullar yordamida kasallikni aniqlash mumkin. D a v o l a sh. O‘tkir so‘zakni davolashda bir marotaba 500 mg miqdorda siðrofloksatsin, 400 mg miqdorda sefiksin ichiladi. Bundan tashqari mukammalroq davolash uchun 80 mg trimetop-rim+400 mg sulfametoksazil (Biseptol 480, Septrim, Baktrim, Oripiim) 3 kun davomida 10 tabletka ichiladi. 250 mg seftriakson (rosefin), 2 g spektinomitsin yoki 2 g kanamitsin muskul orasiga ineksiya qilinadi. Kasallikni davolashda, albatta, er-xotin jinsiy juftlar birgalikda davolanadi. Ularning davolanganlik mezonlari aniqlangandan keyingina nazoratdan chiqariladi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling