Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
ANOVULYATOR, YUVENIL QON KETISHLAR
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANOVULYATOR QON KETISH
ANOVULYATOR, YUVENIL QON KETISHLAR
1. Endokrin bezlarning birortasi, asosan, gipofiz bezining faoliyati buzilishi. 2. Infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar, o‘smalar tufayli bir yoki bir necha bezlar faoliyatining buzilishi. 3. Ma’lum bezlarda gormonlarning vujudga kelishiga fermentlar stimulatsiyasining yetarli bo‘lmasligi. 4. Biror-bir gormonning organizmning kerakli joyiga yetib bormasligi. 5. Gormonlarning ta’sir qilish sharoitining buzilishi. 6. Markaziy nerv tizimida (gipotalamogipofizar tizimdagi) o‘zgarishlar (qattiq hayajon, qo‘rqish ta’sirida). ANOVULYATOR QON KETISH Yuqorida qayd etilgan sabablarga ko‘ra, follikulalar yorilmasdan qolib, ular mayda kristalchalarga aylanishi yoki follikula yetilmasdan atreziyaga uchrashi oqibatida bir fazali hayz sikli rivojlanishi –anovulyator hayz sikli deyiladi. U yuvenil qon ketishi, klimakterik qon ketishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Anovulyator yuvenil qon ketishi hayzning to‘xtab qolishi (7–8 hafta davomida), ya’ni hayz kelish muddatidan bir yarim-ikki oy o‘tib ketib, birdaniga bachadondan kuchli qon ketishi bilan tavsiflanadi. Ba’zan normal hayz ko‘rish birmuncha qisqargan holda, yuvenil qon ketish bilan almashinib turadi. Kamqonlik kasalligiga olib keladi. Yuvenil qon ketish deganda, qizlarning balog‘atga yetish davridagi anovulyator qon ketishi tushuniladi. Jinsiy taraqqiyot davri – jismoniy-jinsiy jihatdan farq qiladi. Ularda biologik yetilish tez ro‘y beradi, ammo pubertat yoshining 1-fazasi boshlanishi sekinlashib, kattaroq yoshga yetganda qon ketish surunkali bo‘ladi. Bemorning shikoyatlari anamnezi va obyektiv tekshirish usullari yordamida aniqlanadi. Qo‘shimcha tekshirish usullaridan bazal haroratni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Laboratoriya tekshirish usullarida keskin kamqonlik aniqlanishi, muhim diagnostik ahamiyatga ega. Prepubertat davrdagi qon (yuvenil) ketishda – estrogenli gemostaz, progestinli gemostaz, bachadon bo‘ynini elektrostimulatsiya qilish, siklik gormonal terapiya o‘tkazish. Gormonal gemostaz deganda 3–5 kun davomida (kelayotgan qon to‘xtaguncha) estrogen gormonlari (sinestrol, diyetilstilbistrol va boshqalar), progesteron gormonidan inyeksiya qilinib, organizmni gormonlar konsentratsiyasini oshirib reflektor yo‘l bilan qonni to‘xtatish mexanizmi tushuniladi. Pubertat davrdagi qon ketishda – gormonal gemostaz; yetuklik davridagi qon ketishda – bachadon shilliq pardasini qirish, bachadon ichiga yod yuborish, bachadon bo‘ynini elektrostimulatsiya qilish va krioterapiya, siklik gormonal terapiya, estrogen-gestogen dori vositasi bilan davolash. Klimakterik davrdagi qon ketishda – bachadon shilliq qavatini qirish, gormonal gemostaz, bachadon ichiga yod yuborish, estrogengestogenlar, gormonlar ta’sirida tuxumdon funksiyasini so‘ndirish. Hayz funksiyasi buzilishi hollarining profilaktikasi ona qornida ayol jinsidagi homila rivojlanayotgan davrda, jinsiy sistema vujudga kelib, tabaqalanishga kirishadigan mahalda boshlanadi. Antenatal, homila muhofazasiga doir chora-tadbirlarni ko‘rish kerak. Homilador ayolni noqulay tashqi muhit omillaridan (kim-yoviy moddalar, nur energiyasi, dori-darmonlarning salbiy ta’siridan) infeksion, virusli kasalliklardan saqlash kerak. Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, ekstragenital, ginekologik kasalliklarni vaqtida davo qilish – hayz funksiyasining buzilishining oldini olishga imkon beradi. Hayzoldi sindromi, klimakterik sindrom, postkastratsion sindromlar – asosiy neyro-endokrin sindromlar hisoblanadi. Hayzoldi sindromi – hayz siklining ikkinchi yarimida hayz boshlanishiga bir necha kun qolganda bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, et uvishishi, uyqusizlik, tajanglik, yig‘loqilik, taxikardiya va boshqa patologik simptomlar kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar siklik tarzda paydo bo‘lib turishi, hayzdan keyin yo‘qolishi mumkin. Psixoterapiya, umumiy tetiklantiruvchi chora-tadbirlar, tinchlantiradigan, siydik haydaydigan dori vositalari va jinsiy gormonlar buyuriladi. Klimakterik sindrom – his-tuyg‘ulari ko‘p tug‘yonga keladigan, shuningdek 46–50 yoshga kelib, organizmi qayta tuzilayotganda, ichki a’zolarning surunkali kasalliklari bilan og‘rib yurgan ayollarda avj oladi. Birdan qizib ketgandek seziladi, terlash, yurak o‘ynashi, bosh og‘rishi, et uvishishi, bo‘g‘ilish, ko‘ngilni vahima bosish, yurak sohasida og‘riq, qo‘l-oyoqlar uvishib turishi kabi klinik manzara ko‘zga tashlanadi. Postkastratsion sindrom – tuxumdonlar olib tashlangandan keyin kasallik boshlanadi. Klinikasi klimakterik sindromdek. Postkastratsion sindrom uchun asteniya (asteniyada odam o‘zini bequvvat, charchoq sezishi, xotira pasayishi bilan ifodalanadi) avj olib borishi, shuningdek odamning semirib, ateroskleroz paydo bo‘lishi xosdir. Klimakterik va postkastratsion sindromga qilinadigan davo, umuman tetiklantiradigan chora-tadbirlar (suv muolajalari, davo gimnastikasi, massaj). Parhez tutish, tinchlantiruvchi dori-darmonlar (seduksen, frenolon, tazepam, valeriana preparatlari), vitaminlar, jinsiy gormonlar beriladi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling