HAYZ SIKLI BUZILISHI
1. Amenoreya – 6 oy va undan ko‘proq muddatgacha hayz ko‘rmaslik.
2. Disfunksional qon ketish (anovulyator, yuvenil qon ketish).
3. Siklik o‘zgarishlar (gipomenstrual sindrom va gipermenstrual sindrom).
Gipomenoreya – hayzning juda oz kelishi.
Oligomenoreya – hayzning qisqa, bir-ikki kun davom etishi.
Opsomenoreya –hayzning o‘rtada 35 kundan ko‘proq vaqt o‘tkazib, ahyon-ahyonda kelishi.
Gipermenoreya – hayz vaqtida ko‘p miqdorda qon kelishi.
Polimenoreya – hayzning 7 kundan ko‘proq davom yetishi.
Proyomenoreya – har 15–20 kunda tez-tez hayz ko‘rish.
Algodismenoreya – hayz qonining og‘riqli kelishi.
Asiklik qon ketishlar – metrorragiya. Shuningdek, quyidagi sindromlar shaklida ham namoyon bo‘ladi:
a) hayz oldi – predmenstrual sindrom;
b) klimakterik sindrom;
d) postkastratsion sindrom.
Prepubertat davrda qizlar juda ko‘p qon yo‘qotib, kamqon bo‘lib qolishi mumkin. Aqlan, ruhan charchash, jismonan charchash, endokrin bezlar kasalliklari, modda almashinuvining buzilishi bilan davom etadigan kasalliklar (yog‘ bosishi), ovqatlanishning buzilishi, ekstragenital kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. Qizlarning barvaqt balog‘atga yetishi sababli haddan tashqari erta hayz ko‘rishi (menstruasiya proyecox) hodisasi ham hayz ko‘rish funksiyasining buzilishiga kiradi. Masalan, 8–10 yoshda hayz ko‘rish. Bunda ikkilamchi jinsiy belgilar ham barvaqt ko‘zga tashlanadi (qov, qo‘ltiq ostiga jun chiqadi, chanog‘i kattalashadi, tashqi jinsiy a’zolar va sut bezlari taraqqiy etadi). Barvaqt balog‘atga yetishning etiologiyasi hamma vaqt ochiq-ravshan bo‘lavermaydi. Tuxumdon o‘smalari (ko‘pincha teratomalari), shuningdek gipofiz, buyrak usti bezlari va boshqa a’zolarning o‘smalarida kuzatilgan. Haddan tashqari kech 20–21 yoshda hayz ko‘rish kechikkan hayz ko‘rish (menstruasiya tarda) deyiladi. Bunday hollarda infantilizm belgilari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |