Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klitor (clitoris)
- Qin dahlizi (vestibulum vaginae)
Kichik jinsiy lablar (labia pudendae minora) — uzunasiga ketgan teri burmalarining ikkinchi jufti bo‘lib, katta jinsiy lablardan ichkarida, ularning asosi bo‘ylab yotadi. Odatda, katta jinsiy lablar kerilgandagina kichik jinsiy lablar ko‘rinadi, lekin bular ba’zan baland bo‘lib, tashqariga turtib chiqib turadi. Kichik jinsiy lablar oldingi tomonda ikkiga bo‘linib, ikki juft oyoqcha hosil qiladi. Oyoqchalarning oldingi jufti o‘rta chiziqda, klitor ustida bir-biri bilan qo‘shilib, kichkina burma hosil qiladi, bu burma klitorning chekka kertmagi (prepu-tium clitoridis) deb ataladi. Oyoqchalarning ikkinchi jufti klitor ostida birlashib, uning yuganchasi (frenulum clitoridis)ni hosil qiladi.
Klitor (clitoris) — kichkina konussimon tuzilma (erkaklar jinsiy a’zosi (penis)ga analog a’zo) bo‘lib, qo‘shilib ketgan ikkita (g‘orsimon) tanadan iborat. G‘orsimon tanalarda tutash bo‘shliqlar bor, tomirlardan keladigan qon shu bo‘shliqlarda aylanib yuradi. Klitor jinsiy yoriqning oldingi burchagida, kichik jinsiy lablarining qo‘shilib ketgan oyoqchalari orasida kichkina do‘mboqchaga o‘xshab turtib chiqib turadi. Klitorning boshchasi, tanasi g‘orsimon tanalar va oyoqchalardan tuzilgan bo‘lib, qov va quymich suyaklarining suyak usti pardasiga borib yopishadi. Klitor qon tomirlari va nervlarga boy: terisida nerv oxirlari juda ko‘p. Klitor funksiyasi jihatdan jinsiy hissiy a’zosidir. Jinsiy qo‘zg‘alish paytida arterial qonning tez kelishi va venoz qonning sekinroq oqib ketishi natijasida klitor kattalashadi va zichlashadi (ereksiya). Qin dahlizi (vestibulum vaginae) – oldingi tomondan klitor, orqa tomondan katta jinsiy lablarning orqadagi bitishmasi, ikki yon tomondan kichik jinsiy lablarning ichki yuzasi bilan chegaralangan. Qin dahlizining yuqoridagi, qin tomondagi chegarasi qizlik pardasi (yoki uning qoldiqlari)dan iborat. Qin dahliziga uretra (siydik chiqarish kanali)ning tashqi teshigi, Bartolin bezlarining chiqarish yo‘llari ochiladi. Qin dahlizida shingilga o‘xshash mayda bezlar va ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan chuqurchalar (kriðtalar yoki lakunalar) ko‘p. Siydik chiqarish kanali (urethra). Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi klitordan 2–3 sm orqada bo‘lib, yumaloq, ba’zanyoriq, yulduz yoki yarimoy shaklidadir. Uretraning bo‘yi ayollarda 3–4 sm, eni o‘zgaruvchan, kanali oson cho‘ziladi (diametri 1 sm gacha boradi va undan ham oshadi). Uretra kanali deyarli to‘ppato‘g‘ri yo‘l oladi, picha yuqoriga egilgan bo‘ladi. Uretra boshidan oxirigacha qinning oldingi devoriga qo‘shilgan. Qin devorining shu qismi milkka o‘xshab picha do‘ppayib turadi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling