Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


Bob.HOMILADORLIK FIZIOLOGIYASI. URUG‘LANISH. URUG‘LANISH (BO‘YIDA BO‘LISH)


Download 239.88 Kb.
bet18/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

6. Bob.HOMILADORLIK FIZIOLOGIYASI. URUG‘LANISH. URUG‘LANISH (BO‘YIDA BO‘LISH)
Erkakning yetilgan jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasining qo‘shilib bitta hujayraga aylanishi va undan yangi organizm taraqqiy eta boshlashi urug‘lanish deb ataladi. Tuxumhujayra bilan spermatozoidning yetilish jarayoni murakkab bo‘lib, reduksion bo‘linish bilan tugaydi. Reduksion bo‘linish natijasida ikkala jinsiy hujayra yadrolaridagi xromosomalar ikki baravar kamayadi. Urug‘lanish natijasida vujudga kelgan yangi hujayra yadrosida xromosomalar to‘la-to‘kis bo‘ladi. Spermatozoidlar erkak jinsiy bezlarining burama kanalchalarida hosil bo‘ladi. Spermatozoidning boshchasi, bo‘yni va ingichka uzun dumi bor. Boshchasi hujayraning yupqa sitoplazma qavati bilan o‘ralgan yadrodan, dumi bilan bo‘yni esa sitoplazmadan iborat. Spermatozoidlar mustaqil harakatlana oladi. Bu harakat dumining tebranma harakatlariga bog‘liq. Spermatozoidlar urug‘ pufakchalari bilan prostata bezining sekretiga tushgach harakatchanligi oshadi. Urug‘ pufakchalari hamda prostata bezining sekreti bilan spermatozoidlar aralashmasi shahvat yoki sperma deb ataladi. Jinsiy aloqada qinga 5–8 ml sperma tushadi, buncha spermada 200–500 mln. spermatozoidlar bo‘ladi. Sperma qinning, asosan, orqa gumbaziga tushadi, bachadon bo‘ynining qindagi qismi esa orqa gumbazga qaragan. Bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi orqa gumbazda to‘plangan spermaga tegib turadi, shuning uchun spermatozoidlar bachadonga bemalol kira oladi. Sermatozoidlar bir daqiqada 3–3,5 mm tezlik bilan harakatlanib 1–11/2 soatdan keyin bachadon bo‘shlig‘iga yetib boradi. 2– 3 soatdan keyin bachadon naylariga kirib, ularda tuxumhujayra bilan uchrashadiTuxumhujayra bachadon nayining odatda ampulyar qismida urug‘lanadi. Tuxumhujayralar mustaqil harakatlana olmaydi. Yetilgan tuxumhujayra nurafshon toj bilan o‘ralib, yorilgan follikuladan qorin bo‘shlig‘iga tushadi, so‘ngra bachadon nayiga yo‘l oladi. Bachadon nayi va shokilalarining so‘ruvchi peristaltik harakatlari, nay epiteliysidagi kiðriklarninng hilpillashi (shu tufayli suyuqlik nay voronkasidan nayning bachadon tomondagi uchiga harakatlanadi) tuxumhujayraning nayga kirib olishiga yordam beradi. Bachadon nayining ampulyar uchiga kirib olgan tuxumhujayraga million-million spermatozoidlar intilib boradi. Tuxumhujayra yuzasida spermatozoidlar qarshisida qabul qiluvchi do‘mboq vujudga keladi. Million-million spermatozoidlardan faqat bir nechtasi tuxumhujayraning protoplazmasiga tiniq pardasi (zona pellucida) orqali kiradi.
Spermatozoidlar tuxumhujayraning tiniq pardasini eritib yuboradigan ferment-gialuronidaza chiqaradi, spermatozoidlarning tuxumhujayra ichiga kirishiga shu ferment yordam beradi. Tuxumhujayraga kirmagan hamma spermatozoidlar nobud bo‘ladi, parchalanadi va bachadon naylarining shilliq pardasiga so‘rilib ketadi. Tuxumhujayra protoplazmasiga kirgan bir necha spermatozoiddan faqat bittasi urug‘lantirishda qatnashadi; bu spermatozoid yadrosi tuxumhujayra yadrosiga peshvoz borib, unga qo‘shilib ketadi. Bu jarayon urug‘lanishdir. Homiladorlik tuxumhujayraning urug‘lanish paytidan boshlanadi.

Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling