Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
PLATSENTA (placenta)
Platsenta. homilaning nafas olishi, oziqlanishi va homilada modda almashishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha moddalarni.chiqarib yuborishga yordam beradigan eng muhim organdir. Platsenta o‘pka, hazm a’zolari, buyrak, teri va boshqa a’zolarning.funksiyasini ham bajaradi. Platsentada gonadotrop gormonlar, estrogen gormonlar va progesteron hosil bo‘ladi: unda gidrokortizon,.bo‘y o‘stiradigan gormon, adrenokortikotrop va boshqa gormonlar.ham borligi aniqlangan..Platsentaning to‘qimasida oqsillar, uglevodlar, liðidlar, fosfatidlar, vitaminlar, mikroelementlar, temir va boshqa moddalar bor. Platsentaning tashqi yopqichi protoplazmatik massa qavati (bu yopqichda hujayralar qobig‘i bo‘lmaydi) bo‘lib, unda yadrolar joylashadi. Bu qavat sinsitiy deb ataladi. Ana shu qavat desidual pardaning hujayralarini va tomirlarini eritish xususiyatiga ega. Sinsitiy tagida Langxans hujayralari qavati yoki sitotrofoblast joylashadi. Ba’zi vorsinkalar decidua basalisga o‘sib kirib, desidual hujayralarni va tarvaqaylab ketgan keng tomirlarni eritib yuboradi. Bu vorsinkalar platsentaning onaga va homilaga taalluqli qismlarini birbiriga bog‘laydi (biriktiruvchi vorsinkalar). Juda mayda vorsinkalardan ko‘pchiligi vorsinkalararo bo‘shliqda erkin holda tugaydi va shu joyda oqib turgan qonda muallaq holda suzib yuradi. Platsentaningonaga taalluqli qismidagi tomirlar sinsitiy bilan yemirilishi natijasida vorsinkalarni o‘rab turgan qon shu tomirlardan oqib chiqadi. Vorsinkalarni o‘rab turgan platsentaning onaga taalluqli yuzasidagi tomirlarni sinsitiy tomonidan yemirilishi natijasida oqib chiqadi va to‘planadi. Platsentaning tashqi ko‘rinishi yumaloq, qalin, yumshoq kulchaga o‘xshaydi. Homiladorlik oxirida va tug‘ruqqa yaqin platsenta.diametri 15–18 sm, qalinligi 2–3 sm, vazni 500–600 g ga yetadi. Platsentaning ikkita yuzasi bor: bir yuzasi bachadon devoriga qaragan bo‘lib, onaga tegishli yuza deyiladi, ikkinchi yuzasi ichkariga, amnion bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lib, homila yuzasi deb ataladi (42-rasm). Homilaga qaragan yuzasi silliq, yaltiroq qog‘onoq pardasi bilan qoplangan. Shu pardaning ostidan xorionga tomirlar o‘tadi, bu tomirlar kindik yopishgan joydan platsenta periferiyasiga tomon radial yo‘l oladi. Platsentaning onaga qaragan yuzasi och kulrang-qizil bo‘lib, bir.qadar chuqur egatlar bilan pallachalar (kotiledonislar) ga bo‘lingan. Platsentaning asosiy qismini tashkil etuvchi sertarmoq vorsinkalarni qoplaydigan yupqa desidual parda platsentaning onaga tegishli yuzasiga och kulrang tus beradi. Platsenta odatda bachadon oldingi yoki orqa devorining yuqori bo‘limiga yopishadi; bachadonning tubiga va naylarining burchaklariga platsenta yopishuvi kam uchraydi. KINDIK Qorin oyoqchasi orqali o‘tib, embriondan xorionga tomirlarni o‘tkazuvchi allantoisdan, kindik tizimchasi (funiculus umbilicalis).yoki kindik hosil bo‘ladi; sariqlik pufagining qoldiqlari kindik kurtagining tarkibiga kiradi.Kindik tizimchaga o‘xshash tuzilma bo‘lib, undan ikkita arteriya bilan bitta vena qon tomiri o‘tadi, bu tomirlar qonni homiladan.platsentaga va platsentadan homilaga o‘tkazadi. Kindik arteriyalari orqali homiladan platsentaga venoz qon boradi; platsentada kislorod bilan boyigan arterial qon kindik venasi orqali homilaga keladi. Kindik tomirlari Varton dirildog‘i bilan o‘ralgan. Bu dirildoq moddada embrional qo‘shuvchi to‘qima hujayralari joylashadi. Kindik tomirlari buralib-buralib yotadi, shuning uchun kindik tizimchasi uzunasiga buralganga o‘xshaydi. Kindik tashqaridan yupqa parda bilan qoplangan, bu parda amnionning davomi hisoblanadi..Kindik homila gavdasini platsentaga birlashtirib turadi, bir uchi homilaning kindik sohasiga, ikkinchi uchi platsentaga yopishgan..Kindik platsentaning markazidan, bachadon yonidan yoki chetidan yopishadi. Ayrim hollarda kindik platsentaga yetib bormay, homila pardalariga yopishadi, bunda kindik tomirlari platsentaga homila pardalari orasidan boradi. Kindik uzunligi va yo‘g‘onligi ona qornidagi homilaning yoshiga qarab farq qiladi; odatda kindikning uzunligi qorindagi homilaning uzunligiga mos keladi. Yetilgan homila kindigining uzunligi o‘rta hisobda 50 sm, diametri qariyb 1,5 sm, lekin kindik ko‘pincha uzunroq (60–80 sm) yoki kaltaroq (35–40 sm) bo‘ladi; Varton dirildog‘ining miqdoriga qarab, kindikning yo‘g‘onligi ham har xil. Yo‘ldosh: 1) platsenta, 2) kindik va 3) qog‘onoq pardasi, vorsinkali parda va desidual (ko‘chadigan) pardadan birgalikda chiqadi. Homila tug‘ilgandan keyin yo‘ldosh tushadi (tug‘iladi). Homilaning oziqlanishi Hazm bezlari va a’zolari ona qornidagi hayot davridayoq ishlay boshlaydi. Homiladorlikning IV–V oyida jigar glikogenni sintez qiladi va o‘t-safro ishlab chiqaradi, homila ichagidagi ibtidoiy axlat (mekoniy) hosil bo‘ladi. Mekoniyda suv, o‘t-safro, ichga yutilgan tuk, homila terisidagi epidermis tangachalari va yog‘ bezlarining sekreti bor, mekoniy tashqi ko‘rinishda quyuq sarg‘ish massadan iborat. Homilaning me’da-ichak yo‘lidan hazm fermentlari topilgan. Ammo platsenta ona qornidagi homilaning hazm a’zolari funksiyasini o‘taydi. Oziq moddalar homilaga ona organizmidan platsenta orqali yetib boradi. Platsentadan ishlanib chiqqan fermentlar oziq moddalarni parchalaydi. Ona qonidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlarplatsenta vorsinkalarida ushlanib qolib, fermentlarning murakkab ta’siriga uchraydi va homila organizmining o‘zlashtirishi uchun yaroqli holatda unga o‘tadi. Oqsil va uglevodlarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan ba’zi moddalar (aminokislotalar, glukoza), shuningdek anorganik tuzlar va suv platsenta orqali diffuz yo‘li bilan o‘tadi. O‘sayotgan homila organizmining rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur moddalar – vitaminlar ham platsenta orqali onadan homilaga o‘tadi. Shunday qilib, homilaning rivojlanishi ona organizmidan keladigan oziq moddalarga butunlay bog‘liq. Modomiki shunday ekan, homiladorlik vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish ona organizmi uchungina emas, qornida o‘sayotgan homilasi uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Hadeb bir xil ovqat yeyish yoki yetarlicha ovqatlanmaslik natijasida homila noto‘g‘ri rivojlanishi va hatto nobud bo‘lishi mumkin. Homilador ayol organizmida vitaminlar yetishmaganda ham homilaning rivojlanishi buzilishi va bola tushishi mumkin. Homilaning chiqarish funksiyalar.i Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan moddalar (modda almashinuvining oxirgi ozuqalari –chiqindilar) homila organizmidan platsenta orqali ona qoniga o‘tadi. Homilada modda almashinuvi chiqindilarini homilador ayolning chiqarish a’zolari, asosan, buyraklari ajratib chiqaradi. Homila buyraklari ona qornidagi hayotining VI–VII oyidan ishlay boshlaydi, ammo chiqarish funksiyasi hali sust bo‘ladi. Ona qornidagi hayotning oxiriga yaqin homiladan qog‘onoq suviga picha siydik chiqadi, deb taxmin qilishadi. Bola hatto chala tug‘ilganda ham darrov siydik chiqaradi. Homilaning rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan gormonlar platsentada ishlab chiqilib, onadan homilaga o‘tib turadi. Bu davrda homilaning ichki sekretsiya bezlari faoliyat ko‘rsatmaydi. Homilaning ichki sekretsiya a’zolari ishlay boshlagach, ulardan chiqadigan gormonlar platsenta orqali ona organizmiga o‘tadi. Homilaning me’da.osti bezidan chiqadigan gormon (insulin) diabetli ona organizmiga o‘tib, bu kasallikning o‘tishini aksari yengillashtirishi aniqlangan. Platsenta ko‘pgina kimyoviy moddalarni o‘tkazib yuborishini qayd qilib o‘tmoq kerak. Ona organizmidan homilaga simob, mishyak, fosfor, yod, brom, mis, uglerod (II)-oksid (is gazi), xloroform, efir, alkogol, nikotin, morfin, xinin, atropin, xloral-gidrat, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, yurakka ta’sir etadigan dorilar va boshqa moddalar o‘tadi. Shu moddalardan ko‘pchiligi (morfin, alkogol, nikotin, simob, mishyak va hokazo) hatto ozgina iste’mol qilinganda ham homilaga zaharli ta’sir ko‘rsatadi, buni homilador ayollarga ovqatlanish, turmush va mehnat rejimini tavsiya etganda va kasalliklarni davolaganda esda tutish muhim. Platsenta odatda mikroorganizmlarni ushlab qoladi, lekin ayniqsa platsenta o‘zgarganda (vorsinkalar epiteliysining distrofiyasi va zararlanishi, infarktlar, qon quyilishi) patogen mikroblar, jumladan yuqumli kasalliklarning mikroblari homilaga o‘ta oladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, sitomegalovirus va boshqa kasalliklarning viruslari platsenta orqali homilaga o‘tadi. Ana shu viruslar qorindagi homilaning kasallanishiga olib keladi, bu kasalliklar esa homilani hatto, nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi, homiladorlik ko‘pincha barvaqt to‘xtaydi (bola tushadi). Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling