Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
ONA QORNIDAGI HAYOTNING AYRIM OYLARIDAGI HOMILA
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
ONA QORNIDAGI HAYOTNING AYRIM OYLARIDAGI HOMILA
Homiladorlik so‘nggi hayz ko‘rishning birinchi kunidan hisob qilganda o‘rta hisob bilan 280 kun yoki akusherlar hisobida 10 oy davom etadi (akusherlar hisobidagi oy 28 kun; akusherlarning 10 oyi 40 hafta). Shu davr mobaynida tuxumhujayra urug‘lanib, undan homila yetiladi, bu tug‘ilgan homila yashab keta oladi. I oy ichida tuxum bo‘linadi, murtak va embrional pardalar hosil bo‘ladi. II oy oxirida homilaning bo‘yi 3–3,5 sm, tanasi shakllangan, qo‘l oyoq kurtaklari bor, boshi tanasining uzunligiga baravar keladi, boshida ko‘z, burun, og‘iz kurtaklari aniqlanadi. III oy oxirida homilaning bo‘yi 8–9 sm, vazni 20–25 g, boshi kattagina, jinsiy a’zolar tuzilishidagi tafovut sezilarli, qo‘l oyoqlari harakatlanadi, barmoqlari aniqlanadi. IV oy oxirida homilaning bo‘yi 16 sm, vazni 120 g, yuzi shakllangan, qo‘l oyoq harakatlari faolroq bo‘ladi-yu, onasiga sezilmaydi, jinsi ro‘y-rost ajratiladi. V oy oxirida homilaning bo‘yi 25–26 sm ga yetadi, vazni 280–300 g bo‘ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog‘ bezlaridan yog‘ moddasi ajralib chiqa boshlaydi, bu modda epidermis qazg‘oqlarigaaralashib, pishloqqa o‘xshash surtma (vernix caseosae)ni hosil qiladi. Ichakda mekoniy hosil bo‘ladi..Homilaning harakatlari.onasiga seziladi. Homilador ayolning qorniga quloq tutib ko‘rilsa, homilasining yuragi urayotganini eshitish mumkin. VI oy oxirida homilaning bo‘yi 30 sm, vazni 600–680 g, harakatlari chaqqon, homila tirik tug‘ilishi mumkin, nafas harakatlarini bajara oladi, tug‘ruqdan keyin alohida yaxshi parvarish qilinsa yashab ketishi mumkin, aks holda tez o‘lib qoladi. VII oy oxirida homilaning bo‘yi 35 sm, vazni 1000–1200 g. Teri ostidagi yog‘ qavati yupqa, terisi burishgan, pishloqsimon surtma bilan qoplangan, butun badanini tuk bosgan. Quloq va burun tog‘aylari yumshoq, qo‘l oyoq tirnoqlari barmoqlarining uchlarigacha yetmaydi. O‘g‘il bolalarning moyaklari yorg‘oqqa tushmagan, qiz bolalarning kichik jinsiy lablari katta jinsiy lablar bilan berkilgan emas. Homila tirik tug‘ilib nafas oladi. Homiladorlikning VII oyi yoki 28 haftasi o‘tgach homila chala (yetilmagan) hisoblanadi-yu, yashay oladi, ammo shu muddatda tug‘ilgan bolalar juda sinchiklab parvarish qilinsagina yashab qolishi mumkin. VIII oy oxirida homilaning bo‘yi 40 sm, vazni 1500–1600 g, homila tug‘ilgach yashab ketishi uchun maxsus parvarishni talab qiladi. IX oy oxirida homilaning bo‘yi 45 sm, vazni 2400–2500 g,.teri ostidagi yog‘ qavati qalin tortadi, terisi silliq, pushti rang, badanidagi tuk kamaygan, boshidagi sochi o‘sgan. Bu muddatda tug‘ilgan bola yashab ketadi. X oy oxiriga kelib chalalik (yetilmaganlik) belgilari yo‘qoladi, homila yetilib tug‘iladi. Homila akusherlar hisobicha X oy oxirida yetiladi. Homilaning oy-kuni yetib tug‘ilishi yetilish darajasiga ba’zan mos kelmaydi. Rivojlanish sharoiti noqulay bo‘lganda (onaning kasalligi, yaxshi ovqatlanmasligi va hokazo) oy-kuni yetib tug‘ilgan bolada ham yetilmaslik belgilari bo‘lishi mumkin. Ba’zan teskarisi ham bo‘ladi: bola muddatidan ilgariroq tug‘iladi, lekin yetilgan bo‘ladi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling