Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
SIYDIK CHIQARISH A’ZOLARI
Homiladorlik vaqtida buyraklarga zo‘r keladi, chunki bu a’zolar ayolda va qorindagi homilada modda almashinuv chiqindilarini organizmdan chiqarib yuboradi. Homiladorlikning so‘nggi oylarida siydikda oqsil yuqi paydo bo‘lishi mumkin. Oqsil miqdorining 1 l siydikka 1 mg dan to‘g‘ri kelishi homiladorlik gestozi degan jiddiy patologiya ro‘y berganligini ko‘rsatadi. Homiladorlikning dastlabki oylarida bachadon qovuqni qisib qo‘ygani uchun ba’zi ayollarning tez-tez siygisi qistaydi. Homiladorlikning so‘nggi oylarida qovuq cho‘zilib, yuqoriga suriladi, siydik chiqarish kanali (uretra) cho‘ziladi va rostlanadi; siydik yo‘llari (ureterlar)ning tonusi pasayadi, diametri kengayadi. Homiladorlik oxirida homila boshi kichik chanoq kirish qismiga taqalib turadi, shu munosabat bilan qovuq qisilib, tez-tez siygi qistashi mumkin. TERI Homiladorlikda teri o‘ziga xos o‘zgaradi. Ko‘pincha badanning muayyan joylariga, qorinning oq chizig‘i bo‘ylab, emchak uchidadorlik oxiriga yaqin 38 sm ga yetadi. Diametri 4–5 sm dan 25–26 sm ga yetadi. Homilasiz bachadonning vazni 50–100 g bo‘lsa, homiladorlik oxirida 1000–1200 g ga yetadi. Homiladorlik oxirida bachadon bo‘shlig‘ining hajmi 500 baravar kattalashadi. Bachadon, asosan, muskul tolalarining gipertrofiyasi (cho‘zilishi va yo‘g‘onlashuvi) va giðerplaziyasi (miqdor jihatidan ko‘payishi) hisobiga kattalashadi. Har bir muskul tolasi taxminan 10 baravar uzayadi va 4–5 baravar yo‘g‘on tortadi; ayni vaqtda, muskul tolalari ko‘payadi va yangi hosil bo‘lgan muskul elementlari o‘sadi. Muskul tolalarining giðerplaziyasi homiladorlikning, asosan, birinchi yarmida ro‘y beradi, keyingi oylarida esa bachadon ichida o‘sayotgan homila, uning pardalari va qog‘onoq suvining bachadon devorlari cho‘zishi hisobiga kattalashadi. Bachadonning qo‘shuvchi to‘qimasi o‘sadi va yumshaydi. Elastik tolalari ko‘payadi. Bachadon shilliq pardasi katta o‘zgarishlarni boshidan kechirib, desidual (ko‘chadigan) pardaga aylanadi. Bachadon tomirlar shoxobchasi ancha kattalashadi. Arteriyalari va venalari cho‘ziladi, kengayadi; ayniqsa venalar kengayadi. Arteriyalar buralib, ayrim joylari shtoporga o‘xshab turadi, bu esa bachadon qisqarayotganda kattaligining o‘zgarishiga, arteriyalarning moslanishiga yordam beradi (48-rasm). Homiladorlik vaqtida bachadon tomirlaridan bir necha bor ko‘proq qon o‘tadi. Homilali bachadoninng asab elementlari giðertrofiyalanadi, limfa tomirlari uzayadi va kengayadi, bachadonning seroz pardasi kattalashadi. Homilali bachadon devorida muskullarni qisqartiruvchi oqsil (aktomiozin), kalsiy, glikogen va fosfokreatinin (tug‘ruq vaqtida bachadonning qisqarishi uchun zarur moddalar) ko‘payadi. Bachadon naylari (tuxum yo‘llari) yo‘g‘on tortadi, to‘qimalar giperemiyasi va seroz suyuqlikni shimishi tufayli to‘yinib, sersuv bo‘lib turadi. Bachadon o‘sgan sayin tuxum yo‘llari tobora tik bo‘lib, homiladorlik oxiriga yaqin bachadonning yon qismlari bo‘ylab osilib turadi va uning atrofidagi doirada jigarrang yok kofe rang bo‘yoq moddasi – pigment to‘planadi. Ayniqsa peshonada, burun qansharida va yuqori labda pigmentli dog‘lar (Chloasma uterinum) ko‘p qayd qilinadi. Qorachadan kelgan ayollarda pigmentatsiya yaqqolroq seziladi. Pigment hosil bo‘lishi buyrak usti bezlarining po‘stloq qavati bilan gipofiz funksiyasining o‘zgarishiga bog‘liq. Homilali bachadon o‘sgan sayin qorin devori sekin-asta cho‘ziladi. Terisi yetarlicha elastik bo‘lmagan ayollarning qorin devori anchagina cho‘zilganda homiladorlik chandiqlari (striae gravidarum) paydo bo‘ladi. Homiladorlik chandiqlari teridagi qo‘shuvchi to‘qima elementlari bilan elastik tolalarning bir-biridan qochishi natijasida vujudga keladi. Tolalar bir-biridan qochgan joylarda terining Malpigi qavati epidermis orqali ko‘rinib turadi. Homiladorlik chandiqlari pushti, qizg‘ish yoki ko‘kimtir-qizil hoshiyalargao‘xshaydi. Ular aksari qorin terisida, ba’zan sut bezlari va son terisida bo‘ladi. Homiladorlik chandiqlari tug‘ruqdan keyin yaltiroq oq hoshiyalarga o‘xshab qoladi. Keyingi homiladorlikda yangi qizg‘ish-ko‘kimtir hoshiyalar paydo bo‘lishi, avvalgi homiladorlikning oqargan eski chandiqlari ayni vaqtda saqlanib turishi mumkin. Homiladorlik vaqtida kindik sohasi o‘zgaradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida kindik tekislanib qoladi, X oyda do‘ppayib chiqadi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling