Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- YURAK-TOMIRLAR TIZIMI
ENDOKRIN TIZIMI
Homiladorlikda ichki sekretsiya a’zolari (endokrin bezlar) tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ayolning bo‘yida bo‘lishi bilanoq tuxumdonda yangi ichki sekretsiya bezi – homiladorlik sariq tanasi rivojlanadi, undan ishlanib chiqadigan gormon (progesteron) otalangan tuxumhujayraning bachadon shilliq pardasiga payvandlanishi va homiladorlikning to‘g‘ri rivojlanishi uchun sharoit tug‘diradi. Homiladorlikning boshidan oxirigacha tuxumdonda follikulalar yetilmaydi va ovulatsiya ro‘y bermaydi; sariq tana gormon chiqarib turgani tufayli bu jarayonlar to‘xtaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida sariq tana teskari taraqqiy etib, uning funksiyalarini platsenta bajaradi. Platsenta – faol ishlaydigan yangi ichki sekretsiya a’zosidir. Gonadotrop va estrogen gormonlar, shuningdek, progesteron platsentada hosil bo‘ladi va to‘planadi.Qon massasi, eritrotsitlar va gemoglobin homiladorlikning dastlabki oylaridan boshlab ko‘payadi va VII–VIII oylarigacha davom etadi; tug‘ishdan oldin qon yaratilishi susayadi. Homiladorlikning oxirlariga kelib aylanib yuruvchi qon hajmi 35–40% ga oshadi, eritrotsitlar esa 15–20% ga ko‘payadi. Sog‘lom homilador ayollarda gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar soni normal bo‘ladi. Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi biroz tezlashgan bo‘lishi mumkin. YURAK-TOMIRLAR TIZIMI Yurak-tomirlar tizimi homiladorlikda katta ish bajaradi, chunki yangi platsentar qon aylanish doirasi paydo bo‘lib, bachadonning tomirlar shoxobchasi keskin darajada ko‘payadi. Sog‘lom homilador ayolning yuragi yangi sharoitga sekin-asta moslashib, qo‘shimcha ishni bemalol uddalaydi. Homiladorlik vaqtida yurakning muskul elementlari giðertrofiyalanadi va qisqarish kuchi oshadi. Kapillarlar devori suv, tuzlar va qon zardobining mayda dispers oqsillari – albuminlar o‘tkazuvchanligi oshadi. Kapillarlar o‘tkazuvchanligining ortishi homilador ayol to‘qimalari bilan qon o‘rtasida moddalar almashinuvini osonlashtiradi. Qon bosimi homiladorlikning boshidan oxirigacha aksari normal bo‘ladi. Homiladorlikning dastlabki oylarida ba’zi ayollarning qon bosimi bir xilda turmaydi, so‘nggi oylarda qon bosimi picha ko‘tarilishga moyil bo‘ladi, lekin normal homiladorlikda maksimal arterial bosim 125–130 mm simob ustunidan oshmaydi, tomir urish tezligi (puls) o‘zgarmaydi. Qayta homilador bo‘lgan ayollarda ba’zan oyoq yuzaki venalari kengayishi kuzatiladi, kichik chanoq a’zolarida qon dimlanib qolishi sababli gemorroidal tugunlar paydo bo‘lishi mumkin. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling