Azimova Maftunaning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan


Matnning sintaktik tahlili


Download 107.55 Kb.
bet3/4
Sana26.11.2020
Hajmi107.55 Kb.
#152618
1   2   3   4
Bog'liq
matn lisoniy obekt sifatida


2.3.Matnning sintaktik tahlili

Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.

Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.

Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.

Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.

Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.

Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.

Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.

Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.

Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi:39 1.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish.

Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) atamasi ostida o’rganiladi.



Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.

Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.

Quyidagi vazifalarni bajaradi:

1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi.

2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi.

3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi.

4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi.

Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi.



Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Inversiya- gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:

Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo,

Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni.

Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo,

Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )

Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi.

Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan:

1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov)

2.Ilmu she'rda shohu sulton,

Lek taqdiriga qul.

O`z elida chekdi g`urbat,

Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov)

Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi:

1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish)



Ifoda usuliga ko`ra:

1. Mantiqiy – mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi.

2.Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi.

3.Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil.



Ifoda materialiga ko`ra:

1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi.

2 .Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi.

Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir.Ritorik so`roq – ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita.



Vazifasiga ko`ra:

1.Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi.

2.Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi.

Ellipsis(yun.tushish,tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo`laklarining ma'lum maqsad bilan tushib qolish hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo’lib, badiiy matnga ham xuddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi biln olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshrilganda, qaysi gap bo’lagi ellipsisga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda ko’p uchratamiz.So’zlarni tushirish orqali maqollarning tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi. Masalan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er.

Sukut ( yoki jim qolish ) deb, “ so’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishga” aytiladi. Bu hodisa adabiyotlarda ellipsisning bir ko`rinishi sifatida talqin qilinadi. Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko’p nuqta bilan belgilanadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki, ko’p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo’lavermaydi.So`zlovchi nutq jarayonida nutqning tinglovchi uchun ma'lum qismini ataylab aytmaydi. Shunga qaramay, so`zlovchining maqsadi aniq bo`ladi.

Ritorik so’roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi.Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so’roq gap deyiladi. Ko’pincha ritorik so’roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar qo’llanadi. Ular nutqqa ko’tarinki ruh bag’ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchi, ajablanishi, shubha va gumonsirashini, g’azab va nafratini ifodalashida juda qo’l keladi.Bunday gaplar ichki va tashqi nutqda, monoligik va dialogik nutqlarda keng qo’llaniladi.

Shuningdek, undalmalar ham gap tarkibida so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabatini ifodalaydi. Undalma gap bo’laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Undalmalar ijobiy yoki salbiy baho munosabatini ifodalab keladi.Salbiy baho munosabati ifodalovchi undalmalar badiiy asarlarda qahramonlar tasvirida, ruhiy holatni ko’rsatib berishda, qahramon nutqini individuallashtirishda kuchli uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Masalan: 1.- Ov! - dedi bo’ynini xo’rozdek cho’zib. – Raisman, deb o’zingdan ketma! Hasan Dumani endi ko’ryapsanmi, ahmoq! ( O’.Hoshimov). 2. – Shuni ayting, oyimposhsha! Birov bilan qochib ketmabdi.( O’.Hoshimov).40



Farqlash deb ikki narsa – buyum, voqea – hodisa yoki holatlardagi differensial belgini aniqlashga aytiladi.Farqlash ham qiyos va chog’ishtirishga asoslanadi.Ifoda usuliga ko’ra antitezaga yaqin, lekin antitezada mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bo’lgan ikki qutb qiyoslanadi.Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tasviriy vosita sifatidagi farqlashda belgilar qaysi xususiyatiga ko’ra farq qilayotganligi aniqlanadi. O’xshatish ham qiyosga asoslanadi, boroq o’xshatishda integral belgilar idrok qilinadi. Farqlashda qiyos asosida o’rtaga chiqadigan fundamemtal tafovutni aniqlash nazarda tutiladi. O’xshatishda bo’lgani kabi farqlashning ham ifoda usullarini quyidagicha tartiblash mumkin: 1. Farqlash subyekti. 2. Farqlash nisbati. 3. Farqlash asosi. 4. Farqlashni yuzaga keltiruvchi shakily belgilar. 5. Farqlash natijasi.

Farqlashnatijasi yozuvchining badiiy niyatini aniqlashga olib keladi. Xo’sh, yozuvchi nima maqsadda bunday taqqosni keltiradi? Bu kabisavollar asosida farqlashning beshinchi unsuriga javib izlanadi.Badiiy asardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining murakkabkonstruksiyali farqlash, qiyoslash, chog’ishtirish mantig’ini tasavvur etishimiz mumkin bo’ladi.



O’xshatish – bu “ ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttitibroq ifodalsh” dir.

O’xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday o’xshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, to’r unsur nazarda tutiladi, ya’ni : 1) o’xshatish subyekti; 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakily ko’rsatkichlari.

O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa, o’xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo’ladi. Bunday matndagi o’xshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni an’anaviy va xususiy-muallif o’xshatishlari sifatida tasniflash mumkin. An’anaviy o’xshatishlar og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan o’xshatishlardir. Aslida ko’p takrorlanishi tufayli “ siyqasi chiqqan” deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bog’liq. Xususiy-muallif o’xshatishlari yozuvchining o’z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o’xshatishlardir. Bunday o’xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo’ladi. Har qanday o’xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo’lgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko’zi o’ngida go’zal bo’yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo’lmog’I lozim.

Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bo’lgan matn tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bo’lib, matn semantic qurisishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud bo’ladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog’lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta’minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi.41

Ta’kidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o’xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham –masjidniki, qahramon – g’arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo’lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o’xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: O’tgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea ro’y berdi. Biri – inson qadamining Oyga yetishi, biri – O’zbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O’. Hoshimov).


X U L O S A

Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.

Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.

Tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch katta guruhga bo’lish mumkin: a) matnning formal-grammatik va ma’no qurilishiga oid ishlar; b) matnni turlicha idrok qilishga sabab bo’ladigan matn qurilishining shakliy va konseptual xususiyatlari tahliliga bag’ishlangan ishlar; v) matnning o’zini idrok qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki, bugungi kunga kelib matnni o’rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari ishab chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo’llanmoqda.

Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.

1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari.

Matn gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko`rinishidir. Matn hajm belgisiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).

Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.

Maksimal matn deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi.

Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo`lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi” hisoblanadi.

Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan qoqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.

Shundan kelib chiqib, badiiy matn quyidagi turlar ajratiladi:

1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o`zi boshidan o`tkazgan eshitgan, ko’rgan yoki guvoh bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o`tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi.

2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma'lum bo`lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko`rinishi etakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z yuritiladi.

3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.

4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.

5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matng informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o`ziga xos tarzda bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi.

6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq havmda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi.

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.

Matn murakkab butunlik sifatida morfemik-morfologik va sintaktik bir necha jihatdan tahlil etiladi:

1) matnningfonetik tahli - bunda tovushlarning uslubiy xususiyatlari bilan bog’liq holatlar tahlil etiladi;

2) matnning leksik tahlili – bunda matnda ijodkor tomonidan qo’llanilgan leksik birliklarning semantik xususiyatlari, ya’ni so’zlarning denotative va konnotativ ma’nolari, shuningdek, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nonlilik, ko’pma’nolilik, ko’chma ma’nolar tahlil etiladi;

3) matnning morfemik-morfologik tahlili – bunda morfologik birliklarning estetik vazifasi, ya’ni ma’lum bir grammatik ma’no vafunksiyaga ega bo’lgan so’z formasini maxsus qo’llash orqali ifodalangan ekspressiv-emotsionallik jihatlar tahlil etiladi;

4) matnning sintaktik tahlili – bunda matnda qo’llangan maxsus uslubiy figuralar: sintaktik pfrallelizm, emotsional gaplar, ritorik so’roq gap, inversiya, ellipsis, antiteza, gradatsiya, sukut, o’xshatish va boshqalarning matndagi xususiyatlari tahlil etiladi.



O’zbek tilshunosligida matn va u bilan bog’liq muammolarni tadqiq etish borasida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilgan deyish mumkin. Endigi vazifa ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlash va tilshunoslikning alohida bir yo’nalishi sifatida taraqqiy etayotgan matnning nazariy va amaliy ahamiyatini, inson kognitiv olamidagi rolini keng yoritishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari: ma’naviy qadriyatlar va milliy mulkni anglashning tiklanishi. – T.: O‘zbekiston, 1999

  2. Abdupattoyev M. T. O’zbek matnida supersintaktik butunliklar: Fil. fan.nom…diss.avtoref.-Toshkent, 1998.

  3. Azimоva I. O’zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psiхоlingvistik tadqiqi. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2008.

  4. Bоymirzayeva S. O’zbek tilida matnning kоmmunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategоriyalar. Filоl.fan.dоkt...dis.-Tоshkent, 2010.

  5. G’ulоmоv A., Asqarоva M. Hоzirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -Tоshkent: O’qituvchi, 1987.

  6. Hakimоv M. O’zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filоl. fan. d-ri ...diss. –Tоshkent, 2001.

  7. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. - Toshkent, 1995.

  8. Mamajonov A. .Abdupattoyev M. Matn sintaksisi.- Farg’ona, 2002

  9. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989.

  10. Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016.

  11. Muhamedоva D. Matn va uning turlari / Istiqlоl va til. 3-qism. -Tоshkent, 2007.

  12. Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet, 2014.

  13. Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. //O’zbek tili va adabiyoti, 1983, 1-son.

  14. Shahоbiddinоva Sh., Isоqоv Z. Matn va uni bоg’lоvchi vоsitalardan biri // O’zbek tili va adabiyoti, 2004, N6.

  15. To’xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O’zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 – son.

  16. Turniyazоva Sh. Hоzirgi o’zbek tilida matn shakllanishining derivatsiоn хususiyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2010.

  17. Turniyozоv N
    Download 107.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling