Azot almashinuvining oxirgi mahsulotlari. Siydikchil sintezi va chiqarilishining buzilishi. Алоҳида аминокислоталар алмашинуви ва наслий бузилишлари Reja
Download 25.02 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «fiziologik kreatinuriya»
poliuriyada qandli diabet uchun xos, bunda u siydik tarkibida kattamiqdorda glyukozani saqlanishi bilan bog‘liqdir.Siydik reaksiyasi (pH) me’yorda aralash ovqat iste’mol qilgandanordon yoki kuchsiz nordon (pH 5,3 – 6,5) bo‘lib, uni odatda lakmusqog‘ozi yoki test – poloskalar yordamida aniqlanadi. Odatda sutkadavomida siydik bilan 40 dan 75 mekv gacha kislotalar ajralibchiqadi, pH kattaligiga ovqat turi ta’sir etadi. Go’shtli ovqat iste’molqilinganda siydik nordon xarakterga, sabzavotli diyetada esa siydikreksiyasi ishqoriy xarakterga ega.Odam siydigining nordon reaksiyasi unda asosan bittaalmashingan
Kreatinin – ham azot almashinuvini oxirgi mahsuloti hisoblanadi. U muhak to‘qimasida fosfokreatindan hosil bo‘ladi. Har bir odam uchun kreatininni sutkalik ajralish miqdori doimiy bo‘lib, asosan mushak massasining holatini aks ettiradi. Erkaklarda tanani har bir kg massasiga sutkada siydik bilan 18–32 mg kreatinin ajraladi, ayollarda esa 10 dan 25 mg gacha. Bu sonlar oqsil bilan ovqatlanishga ham bog‘liq. Shuning uchun siydik bilan kreatinin sutkalik ekskretsiyasini aniqlash ko‘pchilik holatlarda sutkalik siydik yig‘ishni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Kreatin – katta odamlar siydigida amaliy jihatdan me’yorida bo‘lmaydi. U siydikda kreatinni ko‘p miqdorda iste’mol qilganda, yoki patologik holatlarda aniqlanishi mumkin. Qon zardobida kreatin miqdori 0,12 mmol/l ga yetganda u siydik bilan ajraladi.Bola bir yoshga kirguncha «fiziologik kreatinuriya» bo‘lishimumkin. Ehtimol, go‘daklar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi, muskul rivojlanishga nisbatan, kreatin sintezini kuchayishi bilan bog‘liqdir. Ba’zi tekshiruvchilar fiziologik holatga qariyalardagi mushak atrofiyasi va jigarda hosil bo‘lgan kreatinning to‘liq foydalanmasligi natijasida kelib chiquvchi kreatinuriyani ham kirgizadilar. Kreatinni siydikda eng ko‘p miqdorda saqlanishi mushak sistemasi patologik holatlarida, avvalambor miopatiya yoki progresslanuvchi mushak distrofiyasida kuzatiladi.Miopatiyali bemorlar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi skelet mushagida uning fiksatsiyasi va fosforillanishining buzilishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Fosfokreatin sintez jarayoni buzilgan bo‘lsa, kreatinin hosil bo‘lmaydi; uning miqdori siydikda keskin kamayadi. Kreatinuriya natijasida va kreatinin sintezi buzilishi siydikda kreatin ko‘rsatkichini keskin oshiradi: (kreatin miqdori+kreatinin miqdori/ kreatinin miqdori). Me’yorda bu ko‘rsatkich 1,1ga yaqin.Ma’lumki, kreatinuriya jigar jarohatlanganida, qandli diabetda,endokrin o‘zgarishlarda (gipertireoz, addison kasalligi, akromegaliya va boshqalar), yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Download 25.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling