Azot almashinuvining oxirgi mahsulotlari. Siydikchil sintezi va chiqarilishining buzilishi. Алоҳида аминокислоталар алмашинуви ва наслий бузилишлари Reja


Download 25.02 Kb.
bet4/7
Sana29.03.2023
Hajmi25.02 Kb.
#1307172
1   2   3   4   5   6   7
Gippur kislotasi oz miqdorda odam siydigida aniqlanadi (sutkalik
hajmda taxminan 0,7 g). Bu modda glitsin va benzoy kislotani
birikmasidir. Aromatik birikmalarga boy bo‘lgan o‘simlik ovqatlarni
iste’mol qilganda, ulardan benzoy kislota hosil bo’lganligi sababli gippur
kislota siydik bilan ko‘p ajraladi.

1940-yilda A. Kvik va A.Ya. Pitel klinik amaliyotga gippur probasini


(Kvik-Pitel probasini) kiritdilar. Me’yorda jigar hujayralari organizmga
qabul qilingan benzoat kislotani (yengil nonushtadan keyin bemor 3-4
g benzoat natriy qabul qiladi) glitsin bilan biriktirish orqali
zararsizlantiriladi. Hosil bo‘lgan gippur kislota siydik bilan chiqariladi.
Kvik-Pitel probasi o‘tkazilganda me’yorda siydik bilan qabul qilingan
benzoat natriyni 65-85% chiqariladi. Jigar jarohatlanganda gippur
kislota hosil bo‘lishi buziladi, shuning uchun siydikda uning miqdori
keskinpasayadi.
Siydikni azotsiz organik tarkibiy qismlari – bu shavel, sut va limon
(sitrat), shuningdek moy, valeriana, qahrabo (suksinat), 
β-oksimoy,atsetosirka va boshqa kislotalar. Sutkalik siydikda organik kislotalarni
umumiy miqdori odatda 1 g dan ortmaydi.Me’yoriy sutkalik siydikda bu kislotalarni miqdori milligrammlarga
to‘g‘ri keladi, shuning uchun ularni miqdorini aniqlash juda
murakkabdir. U yoki bu holatlarda ular ko‘pchiligini chiqarilishi
ko‘payadi va ularni aniqlash siydikda oson kechadi. Masalan: kuchli
mushak ishida sut kislota miqdori, alkalozda – sitrat va suksinat miqdori
ortadi.
Siydikning anorganik (mineral) tarkibiy qismlari – qon va
organizmni boshqa to‘qimalari tarkibiga kiruvchi barcha mineral
moddalar siydik tarkibida bo‘ladi. Sutkalik siydik quritilganda hosil
bo‘lgan 50–65 g quruq moddani 15–25 g anorganik moddalarga to‘g‘ri
keladi.
Natriy va xlor ionlari – me’yorda ovqat bilan qabul qilingan
xloridlarni 90% (bir sutkada 8–15 g NaCl) siydik bilan chiqariladi. Ba’zi
patologik holatlarda (surunkali nefrit, diareya, o‘tkir bug‘im revmatizmi
va boshqalar) siydik bilan xloridlarni chiqarilishi pasayadi. Na
+
va Cl

+
ionlarini maksimal konsentratsiyasi (siydikda 340 mmol/l) organizmga


ko‘p miqdorda gipertonik eritmalar yuborilgandan keyin kuzatilishi
mumkin.


Download 25.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling