Azot almashinuvining oxirgi mahsulotlari. Siydikchil sintezi va chiqarilishining buzilishi. Алоҳида аминокислоталар алмашинуви ва наслий бузилишлари Reja


Download 25.02 Kb.
bet2/7
Sana29.03.2023
Hajmi25.02 Kb.
#1307172
1   2   3   4   5   6   7
poliuriyada qandli diabet uchun xos, bunda u siydik tarkibida kattamiqdorda glyukozani saqlanishi bilan bog‘liqdir.Siydik reaksiyasi (pH) me’yorda aralash ovqat iste’mol qilgandanordon yoki kuchsiz nordon (pH 5,3 – 6,5) bo‘lib, uni odatda lakmusqog‘ozi yoki test – poloskalar yordamida aniqlanadi. Odatda sutkadavomida siydik bilan 40 dan 75 mekv gacha kislotalar ajralibchiqadi, pH kattaligiga ovqat turi ta’sir etadi. Go’shtli ovqat iste’molqilinganda siydik nordon xarakterga, sabzavotli diyetada esa siydikreksiyasi ishqoriy xarakterga ega.Odam siydigining nordon reaksiyasi unda asosan bittaalmashingan
Kreatinin – ham azot almashinuvini oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
U muhak to‘qimasida fosfokreatindan hosil bo‘ladi. Har bir odam
uchun kreatininni sutkalik ajralish miqdori doimiy bo‘lib, asosan mushak
massasining holatini aks ettiradi. Erkaklarda tanani har bir kg massasiga
sutkada siydik bilan 18–32 mg kreatinin ajraladi, ayollarda esa 10 dan
25 mg gacha. Bu sonlar oqsil bilan ovqatlanishga ham bog‘liq. Shuning
uchun siydik bilan kreatinin sutkalik ekskretsiyasini aniqlash ko‘pchilik
holatlarda sutkalik siydik yig‘ishni nazorat qilishda foydalanish mumkin.

Kreatin – katta odamlar siydigida amaliy jihatdan me’yorida
bo‘lmaydi. U siydikda kreatinni ko‘p miqdorda iste’mol qilganda, yoki
patologik holatlarda aniqlanishi mumkin. Qon zardobida kreatin miqdori
0,12 mmol/l ga yetganda u siydik bilan ajraladi.Bola bir yoshga kirguncha «fiziologik kreatinuriya» bo‘lishimumkin. Ehtimol, go‘daklar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi, muskul
rivojlanishga nisbatan, kreatin sintezini kuchayishi bilan bog‘liqdir.
Ba’zi tekshiruvchilar fiziologik holatga qariyalardagi mushak atrofiyasi
va jigarda hosil bo‘lgan kreatinning to‘liq foydalanmasligi natijasida
kelib chiquvchi kreatinuriyani ham kirgizadilar. Kreatinni siydikda eng
ko‘p miqdorda saqlanishi mushak sistemasi patologik holatlarida,
avvalambor miopatiya yoki progresslanuvchi mushak distrofiyasida
kuzatiladi.Miopatiyali bemorlar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi skelet
mushagida uning fiksatsiyasi va fosforillanishining buzilishi natijasida
vujudga kelishi mumkin. Fosfokreatin sintez jarayoni buzilgan bo‘lsa,
kreatinin hosil bo‘lmaydi; uning miqdori siydikda keskin kamayadi.
Kreatinuriya natijasida va kreatinin sintezi buzilishi siydikda kreatin
ko‘rsatkichini keskin oshiradi: (kreatin miqdori+kreatinin miqdori/
kreatinin miqdori). Me’yorda bu ko‘rsatkich 1,1ga yaqin.Ma’lumki, kreatinuriya jigar jarohatlanganida, qandli diabetda,endokrin o‘zgarishlarda (gipertireoz, addison kasalligi, akromegaliya
va boshqalar), yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin.


Download 25.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling