Azot gruppasi elementlari azot va fosfor


Azotning kislorodli birikmalari


Download 46.09 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi46.09 Kb.
#1393295
1   2   3
Bog'liq
AZOT GRUPPASI ELEMENTLARI AZOT VA FOSFOR

Azotning kislorodli birikmalari
Azot kislorod bilan besh xil oksid hosil qiladi. N2O, NO, N2O3, NO2, N2O5,
Azot (1) oksidi - N2O rangsiz gazsimon modda. Ammoniy nitrat qizdirilganda hosil bo’ladi.
NH4 NO3 = N2O + 2H2O
N1- ≡ N3+ O-2
0.118 nm 0.133 nm
N2O kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. Befarq oksid.
Azot (II) oksid – NO gazsimon modda befarq oksid labaratoriyada azotni yuqori temperaturada kislorod bilan ta’sirlashishdan hosil bo’ladi.
N2+O2 → 2NO + H
Asosan 30-35 % li nitrat kislotaga mis ta’sir ettirib olinadi.
3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Havo kislorodi ta’sirida oson oksidlanadi.
2 NO + O2 →2NO2
Azot (III) oksidi - N2O3 ko’k rangli qattiq modda. Quyidagi reaksiya bo’yicha hosil bo’ladi.
NO + NO2 = N2O3
O
N0.186 nm N
O 120o O
Azot (IV) oksidi NO2, qo’ng’ir rangli gaz, misni va unga o’xshash passiv metallarning konsentrlangan nitrat kislotada erishidan hosil bo’ladi:
Cu + 4HNO3(kons) = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
Ba’zi metallar nitratlarining termik parchalanishidan ham NO2 hosil bo’ladi:
2Pb(NO3)2 2PbO + 4NO2 + O2
Past temperaturada azot (IV) oksidi dimerlanadi:
O 130o O
N N
O O
Azot (IV) oksidi suvsiz nitratlar hosil qilishda, nitrit va nitrat kislotalar hosil qilishda ishlatiladi.
2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2
4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
Azot (IV) oksidida azot +4 oksidlanish darajasida bo’lgani uchun electron berishi ham ( ionlanish energiyasi 9.78 eV), qabul qilishi ham (elektronga moyilligi 2.5 eV) mumkun. Boshqacha aytganda azot (IV) oksidi disproportsiya reaksiyalariga kirishadi. Buning isboti sifatida quyidagi reaksiyalarni ko’rsatish mumkin:
Azot (V) oksidi (natrat angidridi) – N2O5 – oq kristall, juda kuchli gidroskopik modda bo’lib, quyidagi tuzilishga ega:
































Olinishi. 1-usul. NO2 ning ozon ta’sirida oksidlanishidan N2O5 xosil bo’ladi.
2NO2 + O3 =N2O5 + O2
2-usul. Nitrat kislotani degidratlab olinadi:
4HNO3 + P4O10 (qattiq) → 4HPO3 + 2N2O5 (qattiq)
Uning suv bilan brikishidan kuchli nitrat kislotasi hosil bo’ladi.
N2O5 + H2O → 2HNO3
Azot kislotalari va ularning tuzlari
Azot ikki xil kislota HNO2 va HNO3 larni hosil qiladi. Bulardan HNO2 – nitrat kislota, faqat tuzlarning eritmalariga (KNO2, NH4NO2, NaNO2) kislota ta’sir ettirilganda hosil bo’luvchi kuchsiz kislota,
Kd = 5 ∙ 10-4:HNO2 H+ + NO-2
yoki













































Tuzilishlarda bo’ladi.
Ishqoriy muxitda ionlanish muvozanati o’ngga siljiydi. Shu sababli nitrit kislotaga nisbatan uning KNO2, NaNO2 va Ca(NO2)2 tuzlari barqaror bo’lib, ko’p ishlatiladi.
Azotning +3 oksidlanish darajasi oraliq qiymat bo’lgani uchun brikmalari har qaytaruvchi, ham oksidlanuvchi xossalarini namoyon qiladi:
2NaNO2 + 2KI + 2H2SO4 =
Oksidlovchi
= I2 + 2NO + K2SO4 + Na4SO4 + 2H2O
2KMnO4 + 5NaNO2 + 3H2SO4 =
= 2MnSO4 + 5NaNO3 + K2SO4 + 3H2O
Qaytaruvchi
Natrit kislota kuchsiz kislota bo’lgani uchun uning barcha eruvchan tuzlari gidrolizlanadi:
NO-2 + HOH → HNO2 + OH-
Shu sababli eritmalari ishqoriy muhitli (pH > 7) bo’ladi. NH4NO2 eritmasi neytral muhitli bo’ladi.
Ishlatilishi. Gaz holatidagi azot tez oksidlanadigan moddalar reaksiyasida va tez ayniydigan maxsulotlarni saqlashda inert muhit sifatida ishlatiladi. Azot (I) oksidi N2O ning oz miqdori bilan nafas olganda inson organizmi og’riqni sezmaydigan bo’lib qoladi. Shuning uchun kislorodli aralashmasi tibbiyotda narko’z sifatida ishlatiladi.
Azot (IV) oksidi kuchli oksidlovchi. Sulfat kislota olishda SO2 ni SO3 ga aylantirishda NO2 gazidan oksidlovchi sifatida foydalaniladi. Nitrat kislota sintezida asosiy modda sifatida ishlatiladi. Ammiakning suvdagi eritmasi, kabamid CO (NH2)2, natriy, nitrat, kaliy nitrat, kaltsiy nitrat, ammoniy nitrat, ammoniy sulfat – azotli o’g’itlar sifatida ihlatiladi. O’zbekistonning yirik kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari. “Navoiy – Zazot”, Chirchiq “Elektrokimyoviysanoat” kombinatlarida azotli o’g’itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Azot va uning brikmalari texnikada portlovchi moddalar tayyorlashda, elektr lampalarni va tibbiyotda dori-darmon tayyorlashda ishlatiladi.
Nitrat kislota va azotning boshqa brikmalari kimyo sanoatida keng ko’lamda ishlatiladi.
Fosfor (P, Z = 15)
Fosfor V gruppaning azotdan keyin turuvchi elementi bo’lib, uning metalmaslik xossasi azotga nisbatan kuchsizroq namoyon bo’ladi. Lekin fosfor atomining electron tuzilishiga ko’ra tashqi electron qavatida 3s2 3p3 3d0 bo’sh d- orbitalarning bo’lishi bu elementning ayrim jixatlari azot elementidan farqli bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan azotning umumiy ionlanish energiyasi yig’indisi (266,8 Ev) fosfornikidan (176,7 Ev) katta bo’lib, fosforning +5 oksidlanish darajasidan past brikmalari qaytaruvchilar, lekin P (5 +) holidagi birikmalari oksidlovchilar emas. Shu bilan birgalikda fosforning kislorodli birikmalari ancha barqaror, vodorodli brikmasi esa barqarordir.
Ikkinchidan fosfor atomida 1s22s22p63s23p33d03d0 bo’sh orbitalarning bo’lishi natijasida tashqi qavatdagi 5 ta elektronning toqlashuvi va ularning o’zaro gibridlanishi sababli sp3d (k.s. = 6) bo’lgan valent imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bunga qo’shimcha 3d-orbitallar akseptor vazifasini bajarishi sabab bo’ladi. Shu boisdan fosforning turli polimer tuzilishli brikmalar, asosan, kremniy va oltingugurt singari (gorizontal o’xshashlik) kislorod va ftor bilan brikmalar hosil qilishga moyilligi kuchli.
Fosforning tabiatda tarqalishi. Fosfor tabiatda rrkin xolda uchramardi. Uning asosiy qismi fosforli apatitlar 3 Ca3 (PO4)2 ∙ CaF2, fosforit Ca3 (PO4)2 holida, ko’pchilik oqsil, nuklein kislota, fosfolipidlar hamda suyak va tishlarda uchraydi.
Fosforning allatropik shakl o’zgarishlari 3 xil bo’lib ulardan oq fosfor (P4) – zichligi 1,82 g/sm3 bo’lgan mumsimon modda.
Qizil fosfar: zichligi 2,2g/sm3 bo’lgan zararsiz, 2600 C da yonadigan modda. Qizil fosfor qizdirilsa 5900 C da suyuqlanadi, bug’lari kondetsantlanib, oq fosforga o’tadi. Lekin temperatura o’zgarishi bilan to’q – jigarrangdan binafsha rangga o’zgaradi.
Qora fosfor: qizil fosforni 10-12 ming atmosfera bosimida 2200 C da qizdirganda xosil bo’ladigan qoramtir – kulrang massa (grafitga o’xshash) zichligi 2,7g / sm3 elektr o’tkazuvchan, 4900 C da alangalanadigan qizdirganda asta-sekin qizil fosfarga aylanadigan modda. Atom kristall oanjaraga ega. r =2,18 A
Poq → P qora - ∆H = -42 k J/ mol yarimo’tkazgich (∆E = 0,33 ev) xossaga ega.
Download 46.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling