Azot saqlovchi organik birikmalar
–NH2 aminoguruh saqlagan birikmalar diaminlar
Download 1.05 Mb.
|
KAMOLOV ELCHINBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Putressin (1,4-diaminobutan, tetrametilendiamin) H2N–(CH2)4–NH2
- Aromatik aminlar deb
Molekulasida ikkita –NH2 aminoguruh saqlagan birikmalar diaminlar deyiladi. Diaminlarning nomlanishi ikki atomli spirtlar, ya’ni glikollarga o’xshash bo’ladi. M-n:Diaminlar suvda oson eriydi. Ular kuchli ishqoriy reaksiyalarga ega bo’lib, havodagi CO2 ni biriktirib oladi. Diaminlarning olinish usullari monoaminlarniki kabi bo’lib, faqat xomashyo sifatida bifunksional birikmalar ishlatiladi. MPutressin (1,4-diaminobutan, tetrametilendiamin) H2N–(CH2)4–NH2 kristall modda, 27 C da suyuqlanadi,158-160 C da qaynaydi, zaharli. U kuchli asos xossasiga ega. Putressin va kadaverin ko’pchilik zamburug’ va bakteriyalar (m-n: qoqshol va vabo qo’zg’atuvchi) ning hayot jarayonida hosil bo’ladi. U pishloqda, toshkuyada, pivo achitqisida uchraydi. Putressin (chirish so’zidan olingan ) birinchi marta yiringda topilgan.-n
Aromatik aminlar deb, benzol halqasidagi vodorod atomi o’rniga aminogruppa yoki ammiak molekulasidagi bir yoki bir necha vodorod atomi o’rniga aminogruppa almashinishi natijasida hosil bo’lgan organik moddalarga aytiladi.Aromatik aminobirikmalar ham xuddi yog’ qatori aminobirikmalari kabi ammiakning hosilalari hisoblanadilar. Toza aromatik aminobirikmalarda aminoguruh benzol halqasidagi uglerod atomi bilan bevosita bog’langan bo’ladi. Masalan:
Agar ammiak molekulasidagi bitta vodorod atomi fenil gruppaga almashsa birlamchi, ikkitasi almashsa ikkilamchi va uchtasi almashsa uchlamchi aromatik aminlar hosil bo’ladi: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling