Azot tabiatda aylanishi
Nitrifakatsiya va nitrifikator mikroorganizmlar
Download 97 Kb.
|
virusologiya111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Denitrifikatsiya va denitrifikatorlar mikroorganimzlar
- 6.Oltingurgutning tabiatda aylanishida mikroorganimzlarning roli
4.Nitrifakatsiya va nitrifikator mikroorganizmlar
•Ammonifikatsiya protsessida hosil bo'lgan ammiakning bir qismi o'simliklar tomonidan o'zlashtirilsa, qolgan qismi nitrifikatsiya protsessida azot kislotagacha oksidlanadi. Nitrifikatsiya protsessida ishtirok etadigan bakteriyalarni 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu protsess ikki fazada boradi: •Birinchi fazada Nitrosomonas ishtirok etadi va NN3 ni HNO2 gacha oksidlaydi: 2NH3 + ЗО2 →2НNО2 + 2Н2O + 658 кЖ •Ikkinchi fazada Nitrobacter ishtirok etadi. U NNO2 ni НNОз gacha oksidlaydi: 2НNО2 + O2 = 2НNО3 + 180 kJ 5.Denitrifikatsiya va denitrifikatorlar mikroorganimzlar •Denitrifikatsiya protsessi nitrifikatsiya protsessining aksi bo'lib, bunda bog'langan azot yana atmosferaga erkin holda qaytadi. Bu protsess bevosita va bilvosita bo'ladi, chunki nihoyatda xilma-xil protsesslar natijasida nitratlardan molekulyar azot hosil bo'lishi mumkin.Denitrifikatsiya ham oksidlanish, ham qaytarilish protsessidir. •Bevosita denitrifikatsiyada nitratlar denitrifakiyalovchi alohida bakteriyalar gruppasining hayot faoliyati tufayli qaytarilsa, bilvosita denitrikatsiyada faqat aminokislotalar bilan nitrit kislota o'zaro ta'sir etadi. Buning natijasida ham molekulyar azot hosil bo'ladi. Bevosita denitrifikatsiya tabiatda tuproqda, go'ngda va suv havzalarida keng tarqalgan denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning hayot faoliyati tufayli sodir bo'ladi: 4НNО3 = 2Н2О + 5О2 + 2N2 6.Oltingurgutning tabiatda aylanishida mikroorganimzlarning roli Oltingugurtning tabiatda aylanishi. Oltingugurt tuproqda anorganik va organik birikmalar shaklida uchraydi. Anorganik birikmalaridan CaSO4 . 2H2O; Na2SO4; FeS2; Na2S; ZnS va boshqalar keng tarqalgan. Organik birikmalar (sul`fagidril` SN, disul`fid S—S gruppalari), aminokislotalar (sistein, sistin, metionin), oqsillar va ba'zi bir vitaminlarda (tiamin, biotin) uchraydi. Yuksak o'simliklar oltingugurtni faqat sul`fat kislotaning anioni (SO4) shaklida qabul qiladi. Chirituvchi bakteriyalar o'simlik va hayvonlar qoldig'ini parchalab, oltingugurtni N2S shaklida ajratadi. Tuproqda, suvda uchraydigan disul`fur bakteriyalar tuzlarni qaytaradi. Bularga Microspira desulfuricans, Desulfovibrio desulfuricans lar misol bo'ladi. Bu bakteriyalar bir xivchinli harakatchan vibrionlarga o'xshash bo'ladi. Bakteriyalar organik moddalarni parchalaganda atomar holdagi «H» hosil bo'ladi, bu «H» sul'fatlarni qaytaradi: C6N12O6 + 6H+ +3SO4- - > 6CO2 + 6H2O + 3N2S + 175 kJ Chirituvchi va sul`fat redutsirlovchi organizmlarning faoliyati natijasida vodorod sul`fid to'planadi. Shunday usul bilan suv havzalarida, ko'llarda, dengizlarda H2S to'planadi. Masalan, Qora dengizda 200metr chuqurlikda shuncha ko'p mikdorda H2S hosil bo'ladiki, bu yerda faqat anaerob bakteriyalargina yashay oladi, qolganlari yashay olmaydi. Tuproqda, suv havzalarida to'plangan H2S oltingugurt bakteriyalari tomonidan oksidlanadi. Bu bakteriyalarni 1887 yilda Vinogradskiy aniqlagan. Bakteriyalar avvaliga H2S ni S gacha, keyin H2SO4 gacha oksidlaydi: 2H2S + O2 = 2H2O + S2 S2 + 2H2O + 3O2 = 2H2SO4 + 479 kJ Ajralgan energiya CO2 va H2O dan organik modda sintezlanishi uchun sarflanadi Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling