B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar olish usullari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish
- Katalitik riforming
Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar olish usullari
Hozirgi vaqtda neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin: Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fraksiyalaridan va ayrim gaz konden- sati konlarining kondensatlaridan ajratib olish. Yengil uglevodorod fraksiyalarini katalitik riformingi. Alkil aromatik uglevodorodlarni va yuqori aromatlashtirilgan distillatlarni dealkillash. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan va ikkilamchi distilatlarni, ayrim hollarda esa «xom» neft pirolizi. Parafinlarni siklizatsiyasi. Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish Aromatik uglevodorodlar olish manbaini neft fraksiyalarida ko‘p miqdorda aromatik uglevodorodlar bor bo‘lgandagina ishlatish maq- sadga muvofiqdir. 48
Yuqori aromatlashgan neftlar sirasiga Pensilvaniya (AQSH) (aro- matikaning miqdori 11% gacha) va Grozniy (R.F. 5% gacha) kiradi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan usul yaqin o‘rtada bizning respublika uchun amaliy ahamiyat kasb etmaydi. Katalitik riforming Neft xomashyosidan yuqori kontsentratsiyali aromatik uglevodo- rodlarni olishning asosiy manbai katalitik riformingdir. Xomashyo sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinning quyi- dagi temperaturalardagi tor fraksiyalari ishlatiladi: Benzol uchun-60-85°C Toluol uchun-85-110°C Ksilol uchun-120-135°C Yoki 60-140°C fraksiya riforminga uchratiladi. Q‘o‘llanilayotgan riforming katalizatorlariga bog‘liq holida: 1) Gidroforming va 2) Platforming kabi jarayonlar o‘zaro bir- biridan farq qiladi. 1) Gidroforming jarayoni 480-540°C haroratda va 15-20 atmosfera bosim ostida aluminiy oksididagi molibden oksidi katalizatorida olib boriladi. Aromatik uglevodorodlar eng muhimi olti a’zoli naften uglevodorodlarni degidrogenlash hisobiga va besh a’zoli naftenlarni olti halqaliga izomerlab benzol hamda uning gomologlariga aylanis- hi hisobiga hosil bo‘ladi: c6H12 *C6H+ 3H2 Siklogeksan Izomerlash Degidrirlash Metilsiklopentan Siklogeksan A A Benzol 3H Katalitik riforming jarayonida vodorod hosil bo‘lsa hamki jara- yon vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bunda vodorodsiz muhitda- gidan ancha kam koks hosil bo‘ladi. Sanoatda gidroforming psevdosuyultirilgan qatlam usulida amal- ga oshiriladi. Katalizator regeneratsiyasi uzluksiz amalga oshadi.
49
2) Platforming jarayoni katalitik riforming sohasining katta yutug‘i hisoblanadi. Ushbu jarayonda platinali katalizator (0,5% pla- tina/alyuminiy oksidi) ishlatiladi. Jarayon 450-540°C haroratda, 1470 atmosfera vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bu jarayon asosida gidroforming reaksiyalari yotadi. Alumoplatinali katalizatorda xomashyo sifatida 60-120°C ben- zin fraksiyasi ishlatilsa, xomashyoga nisbatan aromatik uglevodo- rodlarning salmog‘i 36,2% ni, shu jumladan, benzol - 4,2%, toluol - 14,5%, ksilollar - 15,8%ni tashkil qiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling