7-chizma. Suyuq parafinlarni oksidlab spirtlar ishlab chiqarishni printsi- pial texnologik sxemasi.
Volgodonsk va Shebekino neftkimyo kombinatlarida C10-C18 spirtlari ishlab chiqarish, shunga mos sintetik yog‘ kislotalar metil efirlarini gidrirlash yo‘li bilan spirt oluvchi qurilmalar ekspluatatsiya qilinmoqda.
Qattiq parafin uglevodorodlarni sintetik yog‘ kislota (SYOK)larga oksidlash
Parafinlarni oksidlab yog‘ kislotalari ishlab chiqarishning asosiy maqsadi - sovun pishirish sanoati yarim mahsuloti bilan oziq-ovqat yog‘lari o‘rnini almashtirish bo‘ladi.
Keyinchalik sintetik yog‘ kislotalarini ishlatish sohalari kengaydi, chunki parafin oksidlanganda uglerod atomi 1 dan 25 gacha bo‘lgan keng gamma kislotalar hosil bo‘lib, ular turli-tuman ishlatiladi.
Qattiq parafinlarni oksidlaganda chumoli va sirka kislotalari kam- roq miqdorda hosil bo‘ladi, ularning ishlatilishi haqida yuqorida ba- yon etilgan.
C5-C6 kislotalar o‘zlariga mos efirlarni olishda ishlatilib, parfu- meriya va boshqa sohalarda ishlatiladi.
C7-C9 kislotalar plastifikatorlar va boshqa moddalar ishlab chiqa- rishda ishlatiluvchi birlamchi spirtlar olishda ishlatiladi.
65
C10-C20 kislotalar sintetik yuvish vositalarini olishda va birlamchi spirtlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
C21-C25 kislotalar konsistent surkov moylari tayyorlashda ishlati- ladi.
Shunday qilib, sintetik yog‘ kislotalari (SYOK)ni ishlatilish soha- lari juda kengdir.
Sintetik yog‘ kislotalari ishlab chiqarish
SYOK ishlab chiqarishga xomashyo sifatida tozalangan qat- tiq neft parafini, qo‘ng‘ir ko‘mir parafini yoki Fisher-Tropsh usuli bo‘yicha olingan parafin xizmat qiladi.
Jarayonni o‘tgan asrning 30-40-yillarida Germaniyada sanoat miqyosida amalga oshirishga kirishilgan. Hamdo‘stlik mamlakatlari (R.F)da esa 1953-yilda yirik SYOK ishlab chiqarish amalga oshiril- gan. Keyinchalik yana ko‘p SYOK sexlari ishga tushirilgan. Ishlab turgan SYOK ishlab chiqarish zavodlarida SYOK-terish=52-54°C va moylar miqdori 2,3% dan ortiq bo‘lmagan qattiq parafinlarni oksid- lashga asoslangan.
Sanoatda oksidlash jarayoni 105-120°C haroratda kaliy permanganat (0,25% KMnO4, parafinga nisbatan og‘irlik birligida) ishtiro- kida olib boriladi. Oksidlash havo bilan olib boriladi.
Parafin
H2SO4
Do'stlaringiz bilan baham: |