B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Butanni ikki bosqichli degidrirlash
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.2.1.1. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish
4.1.2.1. Butanni ikki bosqichli degidrirlash
Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish qu- yidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: 1. n – Butanni degidrirlab n–butilenlarni olish. 2. n – Butilenlarni degidrirlab butadien olish. 4.1.2.1.1. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish n – butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi chizma bo‘yicha ke- tadi: 2 2 5 2 3 370 0 2 2 2 2 2 200 C H OH ZnO Al O C CH CH CH H O H kka / , → = = + + − ll kg / 39 Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab- li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550–580ºC) va quyi bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi. Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksidida- gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO 3 , 10% BeO va 50% Al 2 O 3 . Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu esa faollikni pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat- siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi. n–butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n–butilenlarni salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash nati- jasida gazlar tarkibida 25–30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan– butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi. Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur- cha, Ø50 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat- sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir- lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi. Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sar- fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda katalizatorni isib ketishi- ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi- rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma). Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi – kata lizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga, bu esa n–butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi. 40 Reaktorning texnik xarakteristikasi. 1. Аpparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim – 0,3 kgs/sm 2 . 2. Аpparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim – 1,35 kgs/sm 2 . 3. Muhit – kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali. 4. Korpus materiali – uglerodli po‘lat. 5. Ichki futerovka materiali – o‘tga chidamli g‘isht. 6. Ichki sirt materiali – yuqori legirlangan po‘lat. 7. Аpparatning maksimal balandligi – 28400 mm. 8. Tashqi korpus bo‘yicha diametr – 6400 mm. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling