B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Butanni ikki bosqichli degidrirlash


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
4.1.2.1. Butanni ikki bosqichli degidrirlash
Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish qu-
yidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
1. n – Butanni degidrirlab n–butilenlarni olish.
2. n – Butilenlarni degidrirlab butadien olish.
4.1.2.1.1. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish
n – butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi chizma bo‘yicha ke-
tadi:
2 2 5
2 3 370
0
2
2 2 2
2 200
C H OH ZnO Al O
C CH CH CH H O H
kka
/
,



=
=
+
+

ll kg
/


39
Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab-
li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550–580ºC) va quyi
bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi.
Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksidida-
gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO
3
, 10% BeO va 50% Al
2
O
3
.
Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori
haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli
moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu esa faollikni pasayishiga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat-
siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi.
n–butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan
o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n–butilenlarni
salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin
parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash nati-
jasida gazlar tarkibida 25–30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan–
butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan
ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi.
Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur-
cha, Ø50 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat-
sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir-
lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi.
Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sar-
fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli
bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda katalizatorni isib ketishi-
ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash
jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi-
rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib
boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma).
Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi –
kata lizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga,
bu esa n–butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi.


40
Reaktorning texnik xarakteristikasi.
1. Аpparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim – 0,3 kgs/sm
2
.
2. Аpparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim – 1,35 kgs/sm
2
.
3. Muhit – kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali.
4. Korpus materiali – uglerodli po‘lat.
5. Ichki futerovka materiali – o‘tga chidamli g‘isht.
6. Ichki sirt materiali – yuqori legirlangan po‘lat.
7. Аpparatning maksimal balandligi – 28400 mm.
8. Tashqi korpus bo‘yicha diametr – 6400 mm.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling