B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3.2.1. Kompression usul
- 3.3.2.2. Sorbsion usul
3.3.2. Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish
Neftkimyo sanoati uchun kreking, piroliz va shu kabi jarayon gazlaridan toza olefinlarni ajratib olish o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Qator jarayonlar uchun yuqori darajali tozalikka ega bo‘lgan ole- finlar ishlatish talab qilinadi. Masalan, yuqori bosim polietilen olish uchun 99,9% konsentratsiyali etilen, etil spirtini olish uchun esa eti- lenning konsentratsiyasi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak. Hozirgi vaqtda sanoatda gazlarni ajratishning quyidagi usullari ishlatiladi: 1) kompression usul; 2) sorbsion (adsorbtsiya, absorbtsiya, xemosorbtsiya) usul; 3) quyi haroratli rektifikatsiya usuli; 4) kombinatsiyalangan usul. 3.3.2.1. Kompression usul Kompression usul bosim orttirilganda ko‘proq og‘ir komponent- larni suyulishi natijasida uglevodorod gazlari fraksiyalanib ajralishi- ga asoslangan bo‘ladi. Ushbu usul gaz benzinini ajratib olishda keng ishlatiladi, biroq gazlarni aniq fraksiyalarga ajralishini ta’minlay ol- maydi, shu sababli u boshqa usullar bilan birga kombinatsiyada ish- latiladi. 3.3.2.2. Sorbsion usul Turli fraksiyadagi uglevodorod gazlarini ma’lum shart-sha- roitlarda suyuq, adsorbentlar (absorbsiya), qattiq adsorbentlar (ad- sorbsiya) da yutilishiga yoki ayrim uglevodorod gaz komponentlari- ning ma’lum kimyoviy birikmalar bilan ta’sirlashuvi (xemosorbsiya) ga asoslangan. А) Аbsorbsion usul neftkimyo sanoatida keng ishlatiladi. Suyuq 35 erituvchilar sifatida turli neft distillatlari (yengil S 4 – s 5 uglevodo- rodlar, solyar–kerosin yoki ligroin fraksiyalari) ishlatiladi. Аbsorbent u yoki bu uglerod fraksiyasini ajratib olishni nazarda tutgan holda sharoitlar tanlab oladi va aynan shu yo‘l bilan gazni bir xil uglevodo- rod atomli fraksiyalari (etan – etilan, propan–propilen va boshqalar) ga to‘la ajratish mumkin. Ushbu usul bilan fraksiya ichidagi uglevo- dorodlarni bir-biridan ajratish mumkin emas, shuning uchun boshqa usullar bilan birga olib boriladi. B) Аdsorbsion usul – qattiq adsorbentda turli molekular og‘irlik - dagi uglevodorodlarni turlicha adsorbsiyalanishiga asoslangan. Ug- levodorod molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha oson adsorbsiyalanadi. Ko‘pincha adsorbent sifatida faollangan ko‘mir ishlatiladi. Ko‘mirga adsorbsiyalangan quyi molekular uglevodorod- lar kattaroq molekular og‘irlikka ega bo‘lgan uglevodorodlar bilan siqib chiqariladi, oxirgilari o‘z navbatida suv bug‘lari bilan siqib chiqarilishi mumkin. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling