B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Gaz holidagi uglevodorodlar aralashmasidan


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
3.3. Gaz holidagi uglevodorodlar aralashmasidan
olefinlarni ajratib olish
Neftkimyo sintezi sanoati olefin uglevodorodlarning sifatiga juda
katta talablar qo‘yadi. Shu sababli olefin tarkibli gazlar qanday usul 


31
bilan olinishidan qat’i nazar ajratish jarayonidan avval xomashyoni
neftkimyo sinteziga tayyorlaydigan ma’lum operatsiyalarga uchrati-
lishi lozim.
3.3.1. Хomashyoni neftkimyoviy jarayonlarga tayyorlash
Оdatda, dastlabki tayyorlash quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga
oladi:
a) mexanik qo‘shimchalardan tozalash;
b) qo‘lansa hidli birikmalardan tozalash;
d) quritish.
3.3.1.1. Mexanik qo‘shimchalardan tozalash
Gazlar temir oksidi va sulfidi hamda boshqa mahsulotlarni o‘z
ichida saqlashi mumkin. Ular apparaturani korroziyasi oqibatida ho-
sil bo‘lishi mumkin. Gazlardan mexanik qo‘shimchalarni chiqarib
yuborishning turli usullari mavjud:
1) mexanik qo‘shimcha zarralarini og‘irlik kuchlari yoki mar-
kazdan qochma kuchlar ta’sirida cho‘ktirish;
2) g‘ovak materiallar orqali gazlarni filtratsiya qilish;
3) yuqori kuchlanish maydonida elektr yordamida cho‘ktirish;
4) moy qatlami orqali gazni borbataj qilish yoki eng ko‘p
ishlatiladigan usulda yoki moy bilan gazni qarama-qarshi
oqimda yuvish.
Mexanik qo‘shimcha zarralarini va suyuqlik tomchilarini olib
chiqib ketilishining oldini oluvchi mukammal usuli – bu gazni me-
tall turdan tayyorlangan matlar orqali o‘tkazish. Qalinligi 10–12 sm
qilib tayyorlangan bunday matlar gaz o‘tkaziluvchi kolonnalarga bir
necha qavat qilib o‘rnatiladi.
3.3.1.2. Qo‘lansa hidli kimyoviy birikmalardan tozalash
Piroliz gazlarida yoki neftni qayta ishlash jarayonlarida ajralib
chiqadigan gazlarda ko‘pgina hollarda vodorod sulfid va uglerod II
oksid mavjud bo‘ladi. Ushbu qo‘shimchalardan juda ko‘p jarayon-
larda ishlatiladigan katalizatorlarni zaharlaydi va o‘zini nordon xu-
susiyati sababli apparaturani korroziyaga uchratadi.


32
Neftkimyoda ilgarilari gazni H
2
S va SО
2
lardan to‘la tozalash
jarayonida ishqordan keng foydalaniladi. Ishqor yordamida tozalash
ikki bosqich – sovuq va qaynoq ishqor vositasiada – ya’ni I bosqich
50ºC da 11,6 % li ishqor eritmasida; II – bosqich 85ºC, 40 atmosfera
bosim va o‘sha kontsentratsiyali ishqor.
Hozirgi vaqtda etanolamin yordamida tozalash keng tarqalgan
bo‘lib, eng ko‘p monoetanolamin
dan foydalani-
ladi. Bundan tashqari, dietanolamin
va trietano-
lamin
lar ham ishlatiladi. Оdatda, etanolaminlar - 
ning 10–30% li suv eritmalari ishlatiladi.
Tozalashga quyidagi reaksiyalar sabab bo‘ladi:
Reaksiyalar monoetanolamin bilan t = 25 - 40°C da chapdan o‘ng-
ga t = 105 - 110°C da esa o‘ngdan chapga (erituvchini regeneratsiya-
si) boradi.
Аgar CО
2
ga tegmagan holda faqat vodorod sulfid ajratilsa, CО
2
bilan o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan trietanolamin ishlatiladi.
Etanolaminlar yordamida 34% gacha H
2
s
va 5% gacha CО
2
bo‘lgan
gazlar muvaffaqiyat bilan tozalanadi. Etanolaminlar bilan tozalangan
gazlar ishqor yordamida qo‘shimcha tozalanadi.
Piroliz mahsulotlarida ko‘p bo‘lmagan miqdorda (0,5 dan kam
mol yar % da) atsetilen mavjud. Аtsetilenni misdan tayyorlanishi
mumkin bo‘lgan apparatura bilan portlovchi birikma – mis atsetileni-
di hosil qiladi. Undan tashqari, atsetilen yengil polimerlanadi, bu esa
apparaturani tiqilib qolishiga olib keladi. Shuning uchun neftkimyo-
viy qayta ishlashga ishlatiladigan gazlarning tarkibida atsetilenning
bo‘lishi o‘ta nojoyiz. Аtsetilenni etilenga selektiv gidrogenlash yo‘li
bilan yo‘qotiladi:
Gidrogenlash 200–300ºC haroratda 3–25 atmosfera bosimida
olib boriladi. Katalizator sifatida yoyuvchidagi nikel (5% Ni, 95%
Cr
2
O
3
), silikageldagi palladiy (Pd/SiO
2
) yoki aluminiy oksididagi
molibden sulfid (MoS, Al
2
O
3
) ishlatiladi.
HOCH CH NH
H S
HOCH CH NH H S
HOCH CH NH
H O CO
HOCH CH
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
+


+
+

22
2
2
3
NH H CO

H NCH CH OH
2
2
2
(
)
HN CH CH OH
2
2
2
(
)
N CH CH OH
2
2
3
(
)
CH CH H
CH
CH

+

=
2
2
2


33
Ushbu jarayondan gazlarni komponentlarga ajratishgacha ham,
ajratgandan keyin ham foydalanish mumkin. Birinchi holda gidro-
genlash qurilmasi orqali katta hajmdagi gazlarni o‘tkazishga to‘g‘ri
keladi, biroq gidrirlash uchun pirogaz tarkibidagi vodorod ishlatiladi.
Ikkinchi holda ma’lum miqdorda vodorod kiritishga to‘g‘ri keladi va
gidrirlashdan so‘ng reaksiyaga kirishmay qolgan vodorod va etilenni
qo‘shimcha ajratish lozim bo‘ladi.
Аtsetilenni dimetilformamid yoki atseton bilan absorbsiyalab
yo‘qotish mumkin.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling