B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Gaz holidagi olefinlarni olishning maxsus usullari


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
3.2.2. Gaz holidagi olefinlarni olishning maxsus usullari
Hozirgi vaqtda neftkimyo sanoatini gaz holidagi olefin uglevo-
dorodlarga bo‘lgan talabini qondiruvchi asosiy jarayon – piroliz ja-
rayonidir. «Piroliz» tushunchasini yuqori haroratdagi kreking bilan
bog‘laydilar.
Pirolizga uchratilayotgan xomashyoga bog‘liq holida jarayonlar
quyidagicha farqlanadi:
1) gaz holidagi xomashyo pirolizi – tabiiy va yo‘ldosh gazlarni,
neftni qayta ishlashdagi gazlar fraksiyasi pirolizi;
2) suyuq neft asosidagi xomashyo pirolizi – oktan miqdori kam
gaz holidagi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinlarni katalitik ri-
formingdan keyin aromatikasi ajratib olingan rafinatlarni, kerosin–
gazoyl fraksiyasi og‘ir neft asosidagi qoldiqlarni va hattoki neftning
o‘zini krekingi.
Piroliz jarayonining «chuqurligi» uch asosiy omillarga – kontakt
vaqti, harorat va uglevodorodlarning partsial bosimiga bog‘liq.
Eng afzallari quyidagilar: kichik kontakt vaqti, katta bo‘lmagan
parsial bosim va ushbu xomashyo turiga mos maksimal harorat.
Хomashyoning guruh tarkibi quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
Оlefinlarni olish uchun eng afzali, ayniqsa, normal tuzilishga ega
bo‘lgan parafin uglevodorodlardir. Ular olefinlarni maksimal miq-
dorda beradilar. Аromatik uglevodorodlar maqsadga muvofiq emas,
chunki ular yuqori koks hosil qilishga va polikondensatsiya reaksi-
yalariga moyildir. Naften uglevodorodlar degidrirlash va yon zanjir-
ni uzilish reaksiyalariga moyil. Bu, bir tarafdan aromatika holi uchun
ham zichlashish reaksiyalariga olib keladi, ikkinchi tarafdan alkil
zanjirni krekingi hisobiga olefinlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
Хomashyoning fraksiyali tarkibi, quyidagicha ta’sir o‘tkazadi:
xomashyo og‘irlashishi oqibatida C
2
–C
3
olefinlarning hosil bo‘lish
salmog‘i kamayadi, koks hosil bo‘lishi ortadi. Boshqa tarafdan esa
og‘irroq bo‘lgan xomashyo pirolizga osonroq uchraydi, biroq ko‘p
miqdorda yonaki mahsulotlar beradi.
Neftkimyo sintezi sanoati uchun gaz holidagi olefinlarni
yetkazib beruvchi eng ahamiyatli usul gaz holidagi xomashyo-
ni piroliz qilish usuli bo‘lib, bunda xomashyo sifatida tabiiy va


26
yo‘ldosh gazlar yoki neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz
fraksiyalari ishlatiladi.
Etilenni olishda eng ma’qul xomashyo – etan va propandir.
Metan pirolizga eng qiyin uchraydigan xomashyodir: uning piro-
lizi 700ºC dan yuqorida boshlanadi. 1000–1200ºC da metandan eti-
len va atsetilen olish mumkin; 1200ºC dan yuqori haroratda atsetilen
olinadi.
Etan pirolizida eng ma’qul 750–850ºC haroratdir; bunda etilen
eng ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.
Propan (t=700–800ºC) piroliz qilinganda mahsulot tarkibida eng
ko‘p etilen va metan bo‘ladi, chunki C–C bog‘i C–H bog‘iga nisba-
tan yengilroq uziladi:
C
3
h
8
→C
2
h
4
+ Ch
4
Butan pirolizi 400ºC dan boshlanadi va quyidagi uch yo‘nalishda
boradi.
C
3
h
6
+ Ch
4
– 17.6 kkal/mol
C
4
h
10

C
2
h

+ C
2
h

– 17.0 kkal/mol
C
4
h
8
+ h
2
– 30.0 kkal/mol
Keltirilgan formulalardan ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki reak-
siya kamroq issiqlik sarfi bilan ketadi va shu sababli nisbatan quyi
6-jadval 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling