B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Piroliz jarayonlari sanoat qurilmasi


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
3.2.2.1.Piroliz jarayonlari sanoat qurilmasi
Ilk xomashyo qanday bo‘lishidan qat’i nazar gaz holidami yoki
suyuq holidami piroliz jarayonlarini issiqlik olib kelish usuliga qarab
2 guruhga bo‘lish mumkin:
А) Tashqi isitishli piroliz jarayoni.
B) Ichki issiqlik olib kelish bilan piroliz jarayoni.
Hozirgi vaqtda tashqi isitishli birinchi guruh jarayoni eng ko‘p
tarqalgan bo‘lib, quvurli pechlardagi pirolizning turli sxemalari mav-
juddir.
Хomashyo va sirkulatsiya gazlari suv bug‘i bilan aralashib, qu-
vurli pechga kiradi va u yerda 780–800ºC gacha (ilk xomashyo va
maqbul mahsulotga qarab) juda qisqa vaqt ichida (1 sekunddan ko‘p
emas) qiziydi (1-chizma).
Pechdan chiqayotgan pirogaz unga moy, suv yoki benzin sochilib
tezda sovutiladi, so‘ng siqiladi, suvsizlantiriladi, mexanik va kimyo-
viy qo‘shimchalardan tozalanadi va tarkibiy qismlarga ajratish uchun
jo‘natiladi.
1-chizma. Uglevodorod gazlarining pirolizi texnologik sxemasi:
1, 2–issiqlik almashtirgichlar; 3–quvurli pech; 4– «toblash» uskunasi; 5–utilizator;
6–skrubber–sovutkich; 7–sovutkich; 8–separator.
Q‘uvurli pechlarda piroliz qilishning kamchiliklari quyidagilar-
dan iborat:
1) kichik ishlab chiqarish quvvati;
2) pechni ilon izli quvurlari uchun yuqori legirlangan po‘latni
ishlatish zarurati;
Atmosferaga
xomashyo
Havo
Yoqilg‘i
Yonish gazlari
suv
Smola
suv
Piroliz
gazi
suv
8
4
5
1
2
3
6
7


29
3) ilon izli quvurlarning yuqori gidravlik qarshiligi, bu esa ki-
rishda bosimning ortishiga va olefinlar salmog‘ini pasayishiga olib
keladi;
4) ishning davriyligi – koksni yoqib yuborish uchun pech ishini
to‘xtatish zarurati.
Biroq ushbu kamchiliklar jarayonni texnologik bezashdagi oddiy-
lik orqali o‘zini oqlaydi.
Q‘uvurli piroliz pechlarini samarali ishlashi ilon izli quvurchalar
uzunligi bo‘yicha optimal harorat profilini hosil qilish imkoniyatla-
ri bilan aniqlanadi, bu esa pechning ilon izli quvurchasi ishlangan
metallning fizik xossalari va teplotexnik imkoniyatlari – ilon izli qu-
vurchaga lokal issiqlik olib kelishning quvvati bilan belgilanadi. Ilon
izli quvurchalarni maxsus joylashtirish pechni yengil uglevodorod
xomashyosini qayta ishlashda to‘xtamay ishlash davrini deyarli 6
oygacha yetkazadi.
Zamonaviy ko‘p kamerali piroliz pechlarining etilen bo‘yicha
quvvati yiliga 50 ming tonna va undan ko‘pga yetgan bo‘lib, bu bir
korpusda 16 tagacha parallel ishlovchi piroliz ilon izi quvurchalari
bo‘lgan bir necha oqim kameralarini (4–5 tagacha) blokirovkalash
natijasida erishilgan.
Ikkinchi guruh jarayonlari – issiqlikni ichki yetkazish usulida,
ya’ni xomashyoni o‘ta qizdirilgan gazlar yoki suv bug‘i bilan kon-
takt holida amalga oshiriladi.
Issiqlik tashuvchi sifatida koks yoki qandaydir inert materialli
issiqlik tashuvchi ishlatiladi, bunda piroliz jarayonining o‘zi va is-
siqlik tashuvchining regeneratsiyasi turli uskunalarda – reaktor va
regeneratorda olib borilishi jarayonni uzluksizligini ta’minlaydi, shu
bilan birgalikda uni texnologik bezash murakkablashib ketadi.
Issiqlik tashuvchi statsionar qatlamli piroliz sxemalari ishlab chi-
qilgan. Bunda piroliz jarayoni murakkab figura profilli keramik na-
sadkalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu holida piroliz va rege-
neratsiya bosqichlari galma-gal boradi, regeneratsiya issiqligi piroliz
bosqichida ishlatiladi. Bu sxemaning asosiy kamchiliklari sifatida ja-
rayonni boshqarishning murakkabligi va pirogazni koks yonish mah-
sulotlari bilan ifloslanishini ko‘rsatish mumkin.
Issiqlik tashuvchilar vositasidagi hamma jarayonlar deyarli bir
sxema asosida amalga oshirilib, bunda xomashyo avvalombor issiq-


30
lik almashtiruvchida 350–450ºC haroratgacha isitilib, suv bug‘i bilan
aralashma holida reaktorga yuboriladi. Reaktorda 700–900ºC gacha
(qanday xomashyoligiga qarab) issiqlik tashuvchi hisobiga qizdirila-
di.
Kislorodda piroliz (avtotermik piroliz) quyidagicha amalga
oshiriladi: 550–650ºC haroratgacha isitilgan xomashyo kislorod bi-
lan aralashtiriladi (100 qism xomashyo 30 qism kislorod); bunda
xomashyoning bir qismi yonib va yonish mahsulotlari qolgan xo-
mashyo bilan aralashib, piroliz borishida harorat 800–900ºC gacha
ko‘tariladi.
Аvtotermik pirolizning boshqa bir ko‘rinishi gomogen piroliz 
deb ataladi. Ushbu holida xomashyo (masalan, metan)ning bir qismi
va kislorod alohida uskunada biriktiriladi hamda keyin yonish mah-
sulotlari yuqori bo‘lmagan 1200–1500ºC haroratda xomashyoning
asosiy qismi bilan haroratni piroliz haroratigacha ko‘tarib aralashti-
riladi.
Аvtotermik pirolizning asosiy kamchiliklari: pirogazda 20% ga-
cha SО va SО
2
mavjudligi pirogazni tozalashni qiyinlashtiradi; xom-
ashyoning bir qismi to‘g‘ri maqsadga sarf qilinmaydi.
Keyingi vaqtlarda adiabatik sharoitdagi piroliz keng tarqalmoqda.
650–750ºC gacha isitilgan xomashyo 925–950ºC li o‘ta qizdirilgan
suv bug‘i bilan aralashtiriladi. Pirolizni ushbu turining afzalliklari:
1) pechlarni ishlash vaqti ko‘proq davomiy bo‘ladi, xomashyo
ko‘pincha pastroq haroratda isitiladi;
2) reaksion massada harorat reaktor devoridagiga nisbatan yuqo-
riroq bo‘ladi, bu esa koksni hosil bo‘lishini kamaytiradi;
3) suv bug‘i hisobiga suyultirilgan uglevodorodlarning parsial
bosimi past bo‘ladi, bu esa olefinlar miqdorini oshishiga olib keladi.
Jarayonning kamchiliklari sifatida ikkita pech mavjudligini aytish
mumkin: biri xomashyoni isitishga, ikkinchisi esa suv bug‘ini qizdi-
rishga ishlatiladi. Оqibatda, bu kapital xarajatlarni ko‘paytiradi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling