B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Suyuq parafin uglevodorodlarni qo‘llanilashi


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113
2.2.2. Suyuq parafin uglevodorodlarni qo‘llanilashi
Izopentan-sintetik kauchuk monomeri-izopren ishlab chiqarish-
da ishlatiladi. C
6
–C
10
parafin uglevodorodlarning asosiy qo‘llanish
sohasi maxsus erituvchilar sifatida ishlatilishi bilan chegaralanadi.
C
10
–C
20
parafin uglevodorodlar esa spirtgacha oksidlashda ishlatilib,
hosil bo‘lgan mahsulotlar sintetik yuvish vositalarini olishda ishlati-
ladi.
2.3. Qattiq parafin uglevodorodlar
Qaysi neft konidan chiqqanligiga qarab neftni moy fraksiyasi
(300–500ºC)ni deparafinlaganda 30% gacha parafini bo‘lgan C
20
–C
40
qattiq parafin uglevodorodlar olinadi. Moylarni deparafinlash eri-
tuvchilar yordamida olib boriladi. Surkov moylari fraksiyasi to‘g‘ri


22
keladigan erituvchi (metiletilketon–benzol, atseton–benzol, benzol-
dixloretan aralashmalari, suyuq propan)da eritiladi, so‘ngra eritma
sovitiladi va bunda ajralib qolgan parafin filtrlash yo‘li bilan ajrati-
ladi. Erituvchi filtratdan haydaladi va jarayonga qaytariladi. Parafin
qoldiq moydan qaynoq erituvchi (masalan, metilen xlorid) bilan yu-
viladi.
C
20
–C
40
qattiq parafin uglevodorodlar sintetik yuvish vosita-
lari ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich xomashyo hisoblangan
a–olefinlar va sintetik karbon yog‘ kislotalarini olishda ishlatiladi.
Bundan tashqari, t
erish
= 40–42ºC li parafinlar gugurt, teri sanoatida,
t
erish
=50–52ºC li parafinlar sham ishlab chiqarishda, ho‘l mevalarni
konservalashda, kosmetikada, farmatsevtika sanoatida, fotografiya
va shu kabilarda ishlatiladi.
III. Оlefin uglevodorodlar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan parafin uglevodorodlardan farqli o‘laroq,
olefinlar neft va gaz tarkibida bo‘lmaydi, destruktiv qayta ishlash ja-
rayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan-
da uning tarkibida mavjud bo‘lgan faqat uglevodorod fraksiyalari
ajraladi. Destruktiv qayta ishlash destruksiyani, ya’ni og‘ir (yuqori
haroratda qaynaydigan) uglevodorodlarni quyi haroratda qaynaydi-
ganlarga parchalashni o‘z ichiga oladi.
O‘tgan asrning 20-yillarida neftni destruktiv qayta ishlash usullari
rivojlana boshlagani va destruktiv qayta ishlash mahsulotlarida quyi
qaynar uglevodorodlarning, ya’ni benzinning miqdori oshganligi
bois, ular motor yoqilg‘isi resurslarini oshirishga xizmat qilgan. Bun-
day qayta ishlashning destruktiv usullarini ishlatish ko‘rsatkichlarni
nafaqat benzin resurslarini miqdoran oshirish, balki jarayonda hosil
bo‘lgan mahsulot sifatini oshiruvchi yuqori oktan sonli uglevodorod-
lar hisobiga yaxshilash orqali ham erishiladi.
Sanoatda etilen uglevodorodli xomashyo piroliz qilib olinadi. Pi-
rolizda etilen bilan bir qatorda ko‘pgina miqdorda propilen va biroz
butenlar, butadienlar hosil bo‘ladi. Propilen va butenlarning boshqa
manbai biz yuqorida ta’kidlagan neftni qayta ishlash zavodlarining
gazlaridir.


23

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling