B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Quyi temperaturali rektifikatsiya usuli


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
3.3.2.3. Quyi temperaturali rektifikatsiya usuli
Ushbu usul gaz tarkibiga kirgan uglevodorodlarni qaynash tem-
peraturalarini turlicha ekanligiga asoslangan. Bunday uglevodorod-
larni chuqur sovitish hisobiga ajratishga erishiladi. Masalan, metan
(161,5ºC) qaynash harorati yuqori bo‘lgan boshqa uglevodorodlar-
dan oson ajraladi. Qaynash temperaturalarini farqiga ko‘ra etilen
etandan ajraladi. Ushbu usul orqali propilenni propandan ajratish esa
mushkulroq.
Quyi harorat hosil qilish uchun drossel effekti, ya’ni gaz bosimi-
ni keskin tushishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi. Yoki
ushbu usulni sovitishning kaskad usuli deb ham yuritiladi. Ushbu
usul quyidagicha amalga oshiriladi: Gaz 40 atmosfera bosimi va
t = – 18ºC da 1 – metan kolonnasiga keladi (2-chizma). 1-kolonnaga
berilayotgan metan 2-kolonnadan chiqayotgan etilen yordamida su-
yultiriladi. 2-kolonnada etilenni, 3-kolonnada esa etanning ajratilishi
amalga oshadi. Ushbu kolonnalarda propanning bug‘lanishi hisobi-
ga etan va etilenlarning sovishi oqibatida suyuqlik taralishi amalga
oshiriladi. 4-kolonnada C
3
fraksiyasi ajralishi kuzatilib, kolonna suv
bilan sovitilib ishlatiladi.


36
2–chizma. Gazlarni quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratishni 
prinsipial sxemasi. Bunda: 1-demetanizatsiya kolonnasi; 2-etilenni ajratish kolon-
nasi; 3-etanni ajratish kolonnasi; 4-S
3
va s
4
fraksiyalarni ajratish kolonnasi.
Uglevodorod gazlarini quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan aj-
ratish usuli juda qimmat, katta energiya sarfi bilan bog‘langan va ap-
paraturani tayyorlashda maxsus materiallar ishlatish talab qilinadi.
3.3.2.4. Kombinatsiyalangan usul
Аmaliyotda absorbsion–rektifikatsion usullar ko‘proq qo‘llanilib,
unda S
3
dan yuqori bo‘lgan ilk gazning hamma komponentlari su-
yuq absorbent bilan ajratib olinadi. So‘ngra absorbtsiyalanmay qol-
gan uglevodorodlar quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi.
Ushbu usul yordamida etilen 99,9% toza holda olinishi mumkin.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling