B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
3.3.1.3. Gazlarni quritish
Gazlardan suv bug‘larini ajratib olish zaruriy operatsiya bo‘lib, bunda gazlarni komponentlarga ajaratish jarayoni ko‘pincha juda past haroratda (– 100ºC da) amalga oshiriladi. Suv ayrim katalizator- larni zaharlaydi, u uglevodorodlar bilan quvurlarga tiqilib qoluvchi kristallogidrad hosil qiladi. Quritish suyuq va qattiq qurituvchilar yordamida amalga oshi- riladi. Suyuq qurituvchilar sifatida ko‘p atomli spirtlar – di va tri- etilenglikollar ishlatiladi. Quritish jarayoni qarama-qarshi oqimda harakatlanuvchi gaz va qurituvchi vositasida kolonnada amalga oshi- riladi. Jarayon normal sharoitda olib boriladi. Q‘uritilgan gaz ko- lonnalarning yuqorisidan qattiq adsorbentlarda oxirigacha quritish uchun yo‘naladi, qurituvchi esa regeneratsiyaga yuboriladi. Suyuq qurituvchilarning ishlatilishi yetarli darajada yaxshi quritilgan gaz olishga imkon bermaydi, undan tashqari, suyuq qurituvchilar agres- sivdirlar. Hozirgi vaqtda tobora keng doirada qattiq adsorbentlar aluminiy oksidi, alyumogellar, silikagellar, turli tabiiy va sintetik ayumosili- katlar ishlatila boshladi. Quritish jarayoni gaz oqimini adsorbent bilan to‘ldirilgan ko- lonnadan o‘tkazish orqali odatdagi yoki yuqoriroq haroratda amal- ga oshiriladi. Regeneratsiya tabiiy adsorbentlar uchun 140ºC haro- ratda, sintetik adsorbentlar uchun esa 270–300ºC da issiq metan– vodorod aralashmasi oqimi bilan amalga oshiriladi. Ushbu adsor- bentlar kam chiliklari sifatida ularning past o‘tkazish qobiliyati, yu- qori bo‘lmagan namlik sig‘imi (5–8%) va C 3 –C 4 uglevodorodlarini g‘ovaklarini to‘ldirib qo‘yadigan va kokslashga olib keluvchi poli- 34 merlash qobiliyatini ko‘rsatish mumkin. Keyingi vaqtlarda moleku- lar elaklar yoki seolitlar deb nomlangan sorbentlar muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, seolitlar 100ºC haroratgacha ishlash va ular regeneratsiyasini adsorbent strukturasini 400ºC ha- roratgacha buzmay o‘tkazish mumkin. Seolitlarning katta afzalligi h 2 S va CО 2 larning bir qismini adsorbsiyalashi va buning natijasida gazlarni qo‘shimchalardan tozalanishidadir. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling