B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
II. Parafin uglevodorodlar
Neftkimyo sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan para-
fin uglevodorodlarga, birinchi navbatda, quyi molekular C
1
–C
5
pa-
rafin uglevodorodlar kiradi. Uglerod atomlari soni 6–10 dan iborat
bo‘lgan parafin uglevodorodlar chegaralangan miqdorda ishlatiladi.
C
10
–C
20
va C
20
–C
40
parafin uglevodorodlarida sintetik yuvish vo-
sitalari yarim mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foy-
dalaniladi. Parafin uglevodorodlarni ishlatishda oqsil–vitaminli kon-
sentratlarni bakteriyalar vositasida bijg‘itish usuli bilan olish yangi
yo‘nalish hisoblanadi.
Parafin uglevodorodlar uch turga – gaz holatdagi, suyuq va qattiq
turga bo‘linadi.
2.1. Gaz holatdagi parafin uglevodorodlar
Gaz holatdagi parafin uglevodorodlarga metan, etan, propan, bu-
tan va izobutan kiradi. Tabiiy gazlar bevosita yer qa’ridan qazib chi-
qariladi; tabiiy gaz ko‘pincha neft qazib chiqarishda yo‘ldosh gazlar
sifatida ajralib chiqadi; ko‘p hollarda esa alohida kon hosil qilishi
mumkin.
Neftkimyo uchun stabilizatsiya gazlari, gaz-kondensat konlari
uglevodorodlari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gazlar katta
ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy gazning tarkibiga qarab ularni 2 guruhga: quruq va yog‘liq
gazlarga bo‘linadi.
Q‘uruq gaz, asosan, metandan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida
ozgina miqdorda etan ham bo‘ladi. Gaz tarkibida uglevodorodlardan
tashqari uglerod dioksid, azot, kislorod, vodorod sulfidlar, gohida
geliy ham bo‘ladi. Gaz tarkibida 3–4% dan kam bo‘lmagan miq-
dorda etan bor bo‘lsa, –20ºC da uni yengil absorbsiya moyi bilan
absorbsiya qilib ajratib olinadi va neftkimyo sintezining qimmatli
xomashyosi bo‘lgan etilenga degidrogenlashda ishlatiladi. Gaz tar-


19
kibidan 4% gacha etan ajratib olinadi, qolgan gazni atsetilen ishlab
chiqarishda yoki yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Neftkimyo uchun qimmatli bo‘lgan yog‘li (yo‘ldosh) gazdir.
Yog‘li gaz komponentlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1) metan, etan va qo‘shimchalar (N
2
,CO
2
,O
2
va boshqalar), bosh-
qacha aytganda quruq gaz;
2) propan, butan–20 atmosfera bosimda va normal haroratda su-
yuq holatga o‘tadigan uglevodorodlar (suyultirilgan gazlar);
3) pentan, geksan va geptan–normal sharoitda suyuq holatda
bo‘lgan uglevodorodlar (gaz benzini).
Chuqur burg‘ilash hajmlarining oshishi munosabati bilan neft-
kimyo sintezi xomashyolari manbai sifatida gaz kondensat konla-
ri tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kondensat konlaridan
chiqqan gaz etan, propan va butan miqdori bo‘yicha tabiiy hamda
yo‘ldosh gazlar oralig‘idan o‘rin oladi.
Kondensatsiyalangan komponentlarni, ya’ni suyulgan gazlarni va
gaz benzinini ajratib olish uchun 3 usul ishlatiladi:
1) kompression (bosim ostida haydash);
2) absorbsion (katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan materiallar –
masalan, faollangan ko‘mir bilan absorbsiyalash). Ushbu usul gazda
yuqori molekular komponentlar kam bo‘lganda ishlatiladi.
3) absorbsion (moy bilan absorbsiyalash).
Hozirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan usul – absorbsion usul
bo‘lib, bunda 35 atmosfera bosim ostida turgan gazdan C
3
va undan
yuqori uglevodorodlarni absorbsion moyda eritib, ajratib olinadi.
Yutilgan uglevodorodlarni desorbsiyalash va absorbentni regenerat-
siya qilish to‘yingan absorbtsion moy (yog‘li moy)ni isitish orqali
amalga oshiriladi; shundan so‘ng absorbent «ochiqqan moy» yana
absorbsiyaga yuboriladi. Yog‘dan ajratib olingan parafin uglevodo-
rodlardan gaz benzini olish uchun bosim ostida propan va butanlar
haydalib, so‘ng ajratish uchun jo‘natiladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlar mavjud bo‘lib,
ularda neftkimyo sintezi uchun xomashyo bo‘lgan gazlar hosil
bo‘ladi. Yengil parafin uglevodorodlar, asosan, neftni to‘g‘ri haydash
jarayonida, dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda va gidrokrekingda oli-
nadi.
Quyi molekular parafin uglevodorodlar neftkimyo sintezi uchun


20
qimmatli xomashyo hisoblanadi. Etan va propan neftkimyo uchun
qimmatli xomashyo turi bo‘lgan etilen hamda propilenni olishga ish-
latiladi, butan va pentan esa sintetik kauchuklar olish uchun dastlab-
ki monomer bo‘lgan butilen, butadien va izoprenlarni olishda foyda-
laniladi.
Parafin uglevodorodlar nitrolash, xlorlash va oksidlash jara-
yonlarida ham ishlatilishi mumkin. Hosil bo‘ladigan nitroparafin-
lar (erituvchi), metilxlorid, xloroform, uglerod IV–xlorid, etil xlorid
(tetraetilqo‘rg‘oshin olish uchun ishlatiladi), formaldegid, metanol,
atsetaldegid va boshqalar qimmatli moddalar hisoblanadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling