B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


I. Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
I. Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari
Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari quyida-
gilar:
1. Neft yo‘ldosh gazi.
2. Gazli benzin.
3. Tabiiy gaz.
4. Gaz kondensati konlarining suyuq va gaz holidagi uglevodo-
rodlari.
5. Neftni qayta ishlash zavodlari gazlari (distillatlar va qoldiqlar).
6. Suyuq neft mahsulotlari (distillatlar va qoldiqlar).
1.1. Neft yo‘ldosh gazi
«Хom» neft bilan birga chiqadigan gaz holidagi uglevodorodlarni
neft yo‘ldosh gazi deb atash qabul qilingan. Yer osti bosimi sharoi-
tida gaz neftda erigan bo‘ladi va neftni qazib chiqarilish jarayonida,
bosimning pasayishi natijasida u ajraladi. Neft qazib chiqarilgan-
da gaz maxsus separatorlarda neftdan ajratiladi. Biroq bunda neft
tarkibida bir qism erigan gaz holidagi uglevodorodlar qolib ketadi,
yo‘ldosh gaz tarkibiga esa ma’lum miqdorda yengil benzin frak-
siyalari ham o‘tib qoladi. Gaz holidagi uglevodorodlarni to‘laroq
ajratib olish va gaz holidagi hamda suyuq uglevodorodlarni keyingi
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadlarida neft fizik stabilizatsiyalana-
di, yo‘ldosh gaz esa neftni barqarorlashdagi gaz bilan gazobenzin
zavodiga, undan suyuq uglevodorodlarni fraksiyalarga ajratishga
jo‘natiladi.
Neft yo‘ldosh gazi metandan pentanlargacha bo‘lgan to‘yingan
uglevodorodlardan tarkib topgan va bir qancha miqdorda inert gazlar
ham saqlaydi; ayrim konlar yo‘ldosh gazlari tarkibida erkin vodorod
sulfid ham mavjud bo‘ladi. Аyrim neft yo‘ldosh gazlarining tarkibi
2-jadvalda keltirilgan. Ushbu gazlar uchun metanning yuqori miqdo-
ri va qimmatli uglevodorodlar komponenti bo‘lgan etan, propan va
butanlarning bir qancha miqdori mavjud.


12
2-jadval
Аyrim neft yo‘ldosh gazlarining tarkibi
Komponentlar
Tarkibi, hajmiy %
Tuymazin
koni
(Boshqir-
diston
a. R.)
Romash-
kin koni
(Tataris.
a.R.)
Shaim koni
(Хanti-Manti
milliy okrugi)
Ust-baliq
koni
(Tyumen)
Etan
21
20
7,1
16,9
3,9
11,3
Propan
18,4
18,5
7,9
29,3
3,2
14,5
2–Metilpropan
(izobutan)
S
6,8
S
6,2
1,3
5,2
0,6
2,7
n–Butan
1,9
7,7
1,0
5,2
2–Metilbutan
(izopentan)
S
4,6
S
4,7
0,4
1,5
0,3
1,2
n–Pentan
0,3
1,4
0,3
1,6
C
6
va undan yuqori
uglevodorodlar
0,3
1,4
0,3
1,3
Vodorod sulfid
yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
Uglerod dioksid
0,1
0,1
2,3
2,7
yo‘q
yo‘q
Аzot
7,1
11,5
5,1
yo‘q
2,7
0,5

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling