B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
-chizma. Neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida olinadi-
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
1-chizma. Neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida olinadi-
gan neftkimyoviy sintezning asosiy uglevodorodlari. Neftkimyo sanoati rivojida neftkimyo mahsulotlarini ishlab chi- qarishning o‘sishi bilan bir qatorda ma’lum bir umumiy an’anani anglash mumkin. Bunday an’analardan biri sifatida texnologik qurilmalarni yirik- lashtirishni ko‘rsatish mumkin. Masalan, 1950–1960-yillarda etilen gaz ajratkich qurilmalarining quvvati 50 mingdan to 100 ming ton- na/yilga bo‘lgan bo‘lsa, 1960–1970-yillarda shunday qurilmalarning quvvati 300–600 ming tonna/yilga ko‘paygan. 1970-yildan boshlab esa ushbu tipdagi yangi qurilgan qurilmalarning quvvati 900 ming tonna/yilga yetkazilgan. Shu bilan birga etilen olish usuli esa deyarli o‘zgarmagan – etilen quvurchali pechlarda piroliz usuli bilan olina- vergan. 60 ming tonna quvvatdan 300 ming tonna quvvatga o‘tish etilen narxini taxminan 50% ga tushirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birgalikda katta quvvatli qurilmalarda butadien va izoprenlarni ajratib olish rentabelli bo‘lib qoldi. Ularning yig‘ma miqdori piro- liz gazida 15% ga yaqin bo‘ladi (etilenga nisbatan). Piroliz gazidan ajratib olingan butadien n–butan va n–butadienlarni degidrogenlab olinganidan taxminan 1,5–2 marta arzondir. 1960-yildan boshlab yer kurrasida etilen ishlab chiqarish 3 mln tonnadan to 100 mln tonnagacha yetgan. Etilenning 40% dan ortig‘i yuqori va quyi zichlikdagi polietilen olishga sarflanadi. Хomashyoni yuqori darajada mahsulotga aylantiruvchi jarayonlarni 7 bunyod etish masalasi zarurdir. Masalan, etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gid- ratatsiya qilib etil spirtini olishda bir bor reaktordan o‘tganda etilenning bor yo‘g‘i 4–5% i, siklogeksanni siklogeksanol va siklogeksanonga ok- sidlashda 4–5% i, etilenni yuqori zichlikdagi polietilenga polimerizat- siyasida 12–15% i mahsulotga aylanadi. Reaksiyaga past darajada kiri- shilganda unga kirishmay qolgan xomashyo qayta-qayta ishlab chiqa- rishga kiritilishi esa jarayon rentabelligini pasaytiradi. Energiya xomashyoni isitishga yoki energetik maqsadlarga sarfla- nadigan bo‘lsa, neftkimyoviy jarayonlarda uni utilizatsiya qilish muhim muammodir. Issiqlik yutilishi bilan boradigan jarayonlarda, xususan, degidrirlash jarayonida uni ekzotermik jarayonlar, masalan, oksidlab de- gidrirlash bilan yonma-yon olib borish maqsadga muvofiqdir. Yuqori avtomatlashtirilgan kimyo zavodlarini barpo qilish neft- kimyo korxonalari rivojining eng yaqin kelajagidir. Ushbu muam- moni hal qilishda obyektiv sabablardan biri gaz va suyuq uglevo- dorodlarni qayta ishlashda modda hosil bo‘lish jarayonining bitta oqimda borishidir. Texnologik jarayonning uzluksiz tavsifdaligi boshqaruvning av- tomatik sistemalarini ishlatish imkoniyatini yaratadi. Butun dunyo neftkimyo sanoati hozirgi paytda 1500 dan ortiq neftkimyo ishlab chiqarish korxonalaridan iborat va dunyo bo‘yicha Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling