42
4.2. Pirolizda olinadigan S
4
fraksiyadan butadienni
ajratib olish
Benzin va og‘irroq xomashyoni piroliz
qilinganda etilen hamda
propilenlar bilan birga butadien ham hosil bo‘ladi, uni ajratib olini-
shi esa piroliz jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichini ko‘taradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan benzin (qaynashining
oxiri
180
0
C) turli sharoitlarda piroliz qilinganda hosil bo‘lgan butadien
salmog‘i keltiriladi:
Harorat (ºC)
780 750 725–730
Bug‘ning miqdori (xomashyoga nisbatan %) 50 30 30
Reaksiyaning davomiyligi (sek)
1,0 0,8–1,0 1,0
O‘tkazilgan
xomashyoga nisbatan
Butadien salmog‘i (og‘irlik % da) 2,8 3,1 3,0
Butadien bilan birgalikda butilenlar, izobutilen hosil bo‘lib, ham-
ma C
4
– fraksiyaning pirogazdagi umumiy miqdori bo‘yicha 6,4 %
dan 11,1 % gacha o‘zgarib turadi (harorat 780ºC dan 725ºC
gacha
o‘zgarganda).
Piroliz orqali olinadigan C
4
–fraksiyaning mumkin bo‘lgan
qayta
ishlash variantlaridan birini quyidagicha talqin qilish mumkin: av-
valo C
3
va C
5
qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun C
4
fraksiya rektifi-
katsiyaga
uchratiladi, so‘ngra u atsetilendan gidrirlash yo‘li bilan to-
zalanadi va keyin mis tuzlari eritmasi yordamida xemosorbsiya yo‘li
bilan yoki selektiv erituvchilar (furfurol, atsetonitril va boshqalar)
ishlatib ekstrfaol rektifikatsiya bilan butadien tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: