B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1.1. Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish
- 6.1.2. Katalitik riforming
6.1. Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar
olish usullari Hozirgi vaqtda neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin: 1. Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fraksiyalaridan va ayrim gaz konden- sati konlarining kondensatlaridan ajratib olish. 2. Yengil uglevodorod fraksiyalarini katalitik riformingi. 3. Аlkil aromatik uglevodorodlarni va yuqori aromatlashtirilgan distillatlarni dealkillash. 4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan va ikkilamchi distilatlarni, ayrim hollarda esa «xom» neft pirolizi. 5. Parafinlarni siklizatsiyasi. 6.1.1. Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish Аromatik uglevodorodlar olish manbaini neft fraksiyalarida ko‘p miqdorda aromatik uglevodorodlar bor bo‘lgandagina ishlatish maq- sadga muvofiqdir. 49 Yuqori aromatlashgan neftlar sirasiga Pensilvaniya (АQSH) (aro- matikaning miqdori 11% gacha) va Grozniy (R.F. 5% gacha) kiradi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan usul yaqin o‘rtada bizning respublika uchun amaliy ahamiyat kasb etmaydi. 6.1.2. Katalitik riforming Neft xomashyosidan yuqori kontsentratsiyali aromatik uglevodo- rodlarni olishning asosiy manbai katalitik riformingdir. Хomashyo sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinning quyi- dagi temperaturalardagi tor fraksiyalari ishlatiladi: Benzol uchun–60–85ºC Toluol uchun–85–110ºC Ksilol uchun–120–135ºC Yoki 60–140ºC fraksiya riforminga uchratiladi. Q‘o‘llanilayotgan riforming katalizatorlariga bog‘liq holida: 1) Gidroforming va 2) Platforming kabi jarayonlar o‘zaro bir- biridan farq qiladi. 1) Gidroforming jarayoni 480–540ºC haroratda va 15–20 atmos- fera bosim ostida aluminiy oksididagi molibden oksidi katalizatorida olib boriladi. Аromatik uglevodorodlar eng muhimi olti a’zoli naften uglevodorodlarni degidrogenlash hisobiga va besh a’zoli naftenlarni olti halqaliga izomerlab benzol hamda uning gomologlariga aylanis- hi hisobiga hosil bo‘ladi: Katalitik riforming jarayonida vodorod hosil bo‘lsa hamki jara- yon vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bunda vodorodsiz muhitda- gidan ancha kam koks hosil bo‘ladi. Sanoatda gidroforming psevdosuyultirilgan qatlam usulida amal- ga oshiriladi. Katalizator regeneratsiyasi uzluksiz amalga oshadi. C 6 h 12 C 6 h 6 + 3h 2 3h 2 Izomerlash Siklogeksan Metilsiklopentan Siklogeksan Benzol Degidrirlash 50 2) Platforming jarayoni katalitik riforming sohasining katta yutug‘i hisoblanadi. Ushbu jarayonda platinali katalizator (0,5% pla- tina/alyuminiy oksidi) ishlatiladi. Jarayon 450–540ºC haroratda, 14– 70 atmosfera vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bu jarayon asosida gidroforming reaksiyalari yotadi. Аlumoplatinali katalizatorda xomashyo sifatida 60–120ºC ben- zin fraksiyasi ishlatilsa, xomashyoga nisbatan aromatik uglevodo- rodlarning salmog‘i 36,2% ni, shu jumladan, benzol – 4,2%, toluol – 14,5%, ksilollar – 15,8%ni tashkil qiladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling