B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
6.2.1. Аzeotrop haydash
Ushbu jarayon fraksiyasining noaromatik qismi metanol–suv ara-
lashmasi bilan 3 yoqlama azeotrop aralashma hosil qilishga asoslan-
gan bo‘lib, undan aromatik uglevodorodlar haydash orqali ajratib
olinishi mumkin.
6.2.2. Selektiv ekstraksiya
Bizda va xorijda eng ko‘p tarqalgan ekstragen dietilenglikol
(DEG)dir.
Ekstraksiyaning mohiyati – aromatizatsiyalangan benzin va se-
lektiv erituvchi qarama-qarshi oqimda kontaktda bo‘ladi, bunda aro-
matik uglevodorodlar eritmaga o‘tadi, noaromatik uglevodorodlar
esa erimagan holida qoladi. So‘ngra eritmadan aromatik uglevodo-
rodlar haydash yo‘li bilan ajratib olinadi (4-chizma).


53
4-chizma. Riforming katalizatidan aromatik uglevodorodlarni dieti-
lenglikol (DEG) yordamida ekstraksiyalash prinsipial sxemasi.
1–xomashyo tayyorlash rektifikatsion kolonnasi; 2–ekstraksion kolonna;
3–dearomatizatsiyalangan katalizatni yuvish kolonnasi; 4–dearomatizatsiyalangan
katalizat kolonnasi; 4.1–aromatik uglevodorodlarni yuvish kolonnasi; 5–bug‘latish
kolonnasi; 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigi.
Riforming katalizati 1-rektifikatsion kolonnaga oson qaynovchi
fraksiya (58ºC)dan haydash orqali ajratish uchun yuboriladi. Frak-
siyaning og‘ir qismi kolonnaning quyi qismidan 2–ekstraksion ko-
lonnaga kirib keladi. Kolonnaning yuqori qismiga DEGning suv-
li eritmasi beriladi. Maksimal selektivlikni ta’minlash maqsadi-
da 2–kolonnaga 5–kolonna pastidan retsirkulat yuborib turiladi.
2–kolonna tepasidan olinadigan rafinat 3–kolonnaga yuvish uchun
yuboriladi, pastidan esa ekstrakt 5–bug‘latgich kolonnaga jo‘natiladi.
Haydab ajratib olingan aromatik uglevodorodlar 5–kolonnaning te-
pasidan 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigiga keladi, bu
yerdan esa ajralgan suv 3 va 4–yuvish kolonnalariga ketadi.
Аromatik uglevodorodlar aralashmasining bir qismi 5–kolon-
nadan ekstraksion kolonnaga qaytariladi qolgan qismi esa 4–yuvish
kolonnasi orqali puxta rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.
3–kolonnanig tepa qismidan dearomatlashtirilgan katalizat olina-
Deg
i
v.p.
Yengil
fraksiya
3
1
2
6
4
5


54
di. Benzol, toluol, ksilollarni ajratib olinish darajasi ularni ilk xom-
ashyodagi miqdoriga qarab 93–99% ni tashkil qiladi. DEG: xom-
ashyoning og‘irlik nisbatlari 10:1 dan 14:1 gacha bo‘ladi.
DEG bilan ekstraksiya qilishning kamchiliklari: ekstragent sar-
fining kattaligi, regeneratsiya qilishga yuqori energetik sarflar, uni
yetarli bo‘lmagan yuqori selektivligi.
Хorijda ekstragent sifatida trietilenglikol, sulfolan, monometilfor-
mamid, N–metilpirrolidonni suvdagi eritmasi ishlatiladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling