B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


 Siklogeksanni tor benzin fraksiyalari (68-85ºC)dan


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
7.1. Siklogeksanni tor benzin fraksiyalari (68-85ºC)dan 
ajratib olish
Rossiyada qazib chiqariladigan Suraxan va Emben neftlari naften
uglevodorodlarga boy (benzin fraksiyasida 7,4% siklogeksan, 4–6%
gacha metilsiklopentan bor). Аluminiy xlorid katalizatorida 80ºC da
benzin fraksiyasidagi metilsiklopentanni izomerizatsiyalab siklogek-
sanga aylantiriladi:
Benzol, n–geksan, metilsiklopentan va siklogeksan o‘zaro aze-
otrop aralashma hosil qilishi bois rektifikatsiya usuli bilan benzin
fraksiyasidan toza siklogeksanni ajratib olish imkoniyati yo‘q. Shu
sababli siklogeksanni metanol bilan azeotrop haydash orqali (siklo-
geksanning tozaligi–91%) yoki suvsiz fenol bilan ekstrfaol haydash
yo‘li bilan ajratib olinadi.
Ushbu usullar yuqori darajali toza siklogeksanni olishga imkon
bermaydi.
80°C
alCl
3
Ch
3


58
7.2. Benzolni gidrirlab siklogeksan ishlab chiqarish
Benzolni gidrirlash quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
Jarayon ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Jara-
yonni sharoitlari tanlash ilk xomashyo benzolning sifatiga bog‘liq.
Koksokimyo benzoli ishlatilganda, tarkibida bir qancha oltingu-
gurtli birikmali qo‘shimchalari bois jarayon nikel, molibden, kobalt
sulfidlarida olib boriladi. Ushbu katalizatorlar oltingugurtli birikma-
lar bilan zaharlanmaydi, ammo ular kam faollikka egaliklari sababli
jarayon yuqori temperatura (350–370ºC) va bosim (300 atmosfera)
da olib boriladi. Ushbu sharoitlarda gidrirlash bilan birga gidrotoza-
lash ham ketadi.
Jarayon nikelli va platinali katalizatorlar ishtirokida 150–200ºC
haroratda hamda 50 atmosfera gacha bosim ostida olib boriladi, bi-
roq xomashyoda katalizatorni zaharlovchi oltingugurtli birikmalar
bo‘lmasligi shart. Gidrirlashda ishlatiladigan vodorod ham oltingu-
gurtli birikmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Nikel va platinali katalizatorlarda gidrirlab ajratib olingan siklo-
geksanni rektifikatsiya qilinish zarurati yo‘q; u 99% tozalikka ega.
Bu juda ahamiyatli, chunki tola ishlab chiqarishda siklogeksandagi
qo‘shimchalar miqdori 0,1% dan ortmasligi kerak.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling