41
Reaksiya yuqori temperaturada (620–650ºC)
va quyi parsial bo-
sim (70–100 mm sim.ust.da) olib boriladi. Uglevodorodlarni parsial
bosimini suv bug‘lari bilan suyultirish (bug‘:butilenlar=10¸20:1 mol-
yar nisbatda) hisobiga pasaytirishga erishiladi.
Katalizator sifatida K–16 (temir, magniy, xrom,
rux va kaliy ok-
sidlari) yoki KNF (kalsiynikelfosfatli), ya’ni suv bug‘ini sezmaydi-
gan katalizatorlar ishlatiladi. Jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar
bilan
xarakterlanadi:
Ko‘rsatkichlar
k–6
knF
n-butilenlar konversiyasi (% da)
Butadienni umumiy salmog‘i(%da)
21,3
80
39
85
Gazlar aralashmasidan butadien xemosorbsiya usuli bilan ajratib
olinadi. Ushbu usul bo‘yicha misning bir
valentli eritmasi quyi tem-
peratura (0–100)da butadien bilan kompleks birikma hosil qilishga
asoslangan.
Hosil bo‘lgan kompleks birikma 60–80ºC
gacha isitilsa, parcha-
lanadi.
n–butilenlarni degidrirlash statsionar (qo‘zg‘almas)
katalizator-
larda adiabatik (shar) tipdagi reaktorlarda suv bug‘i ishtiroki bilan
amalga oshiriladi. Suv bug‘i uch vazifani bajaradi:
uglevodorodlar-
ning parsial bosimlarini pasaytirish;
issiqlik tashuvchi vazifasi; kata-
lizator kokslanishini pasaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: