B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
VI. Аromatik uglevodorodlar
Neftkimyo ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosidan
aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, etilbenzol, izopropilbenzol,
stirol, metilstirol, naftalinlar olish katta ahamiyatga ega.
Neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlardan keng foydalani-
ladi.
Хorij ma’lumotlariga ko‘ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab
chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20% i fenol olishga, 10% i 
sintetik tola ishlab chiqarishga va qolgan 30% i yuvish vositalari ish-
lab chiqarish, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo‘ladi.
Ch
Ch
Benzol
Toluol
Orto-
Meta-
Para-
ksilollar
Ch
C-
C-
Ch
Ch
Ch
Ch
Ch
Ch
C
Ch
Ch
Ch
C-
Ch
hC
hC
hC
hC
hC
hC
hC
hC
hC
hC
Ch
3
Ch
3
Ch
3
C
C
C
Ch
3
Ch
3
Ch
3
Ch
3


48
Neftkimyoda (50–55%) toluol plastmassalar, portlovchi modda-
lar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti
holida ishlatiladi.
Ksilollarning asosiy (35% qismi) erituvchi sifatida, yana shun-
chasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Оrto-ksilol ftal angidridi ishlab chiqarishda foydalaniladi, nafta-
lin o‘rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va
plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo‘lmish tereftal kislota-
si olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab, izoftal
kislotasi olinadi. Undan esa plastifikatorlar ishlab chiqarishda foyda-
laniladi, izomerlab paraksilol olinadi; yuqori oktan sonli benzinlar
uchun ham komponent hisoblanadi.
Uzoq yillar mobaynida aromatik uglevodorodlar olishning aso-
siy manbai bo‘lib koksokimyo sanoati hisoblangan, bunda 1 tonna
toshko‘mirdan 10 kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning go-
mologlarini toshko‘mir smolasidagi miqdori foizning o‘ndan biriga
to‘g‘ri kelsa-da, aromatik uglevodorod resurslaridan bo‘lgan ushbu
manbani e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, chunki ko‘mirni
kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling