B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
5.1. Kalsiy karbiddan atsetilen olish
XIX asrning oxiridan boshlab kalsiy karbiddan atsetilen olish
usuli ishlab chiqilib, hozirgi vaqtgacha ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
Аtsetilen olishning ushbu usuli ikki bosqichdan iborat:
1) elektropechlarda 2600–3000ºC da kalsiy oksidi va kokslarni
ilk bor bir-birida eritish:
CaO+3C → CaC
2
+CO
2) kaltsiy karbidni suv bilan ishlab, atsetilen va ohak suti olish:
CaО
2
+2n
2
О → C
2
n
2
+Ca(ОH)
2
Birinchi reaksiya endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradi),
shu sababli 1 tonna atsetilen olish uchun elektr energiyasining sarfi
10000–11000 kVt-soat bo‘lib, ushbu usulning kamchiligi hisoblana-
di.
Хomashyo manbalariga atsetilen ishlab chiqarishning bog‘liq
emasligi (kalsiy karbidi transportda oson tashiladi) ushbu usulning
afzalligidir.
Karbid usuli bilan olingan atsetilen yuqori tozalik darajasi (99%
dan yuqori)ga ega.
5.2.Uglevodorod xomashyosidan atsetilen olish
Issiqlik olib kelish usuliga qarab ushbu usullar turlicha bo‘ladi:


46
5.2.1. Elektrokreking usuli
Elektrokreking – tabiiy gaz (metan)ni qayta ishlashda ishlatiladi.
2000–3000ºC haroratli elektr yoyi ta’sirida metan 1600ºC gacha
isishi natijasida atsetilen hosil bo‘ladi:
Elektr energiyaning sarfi xuddi karbid usulidagi singari bo‘ladi.
Аtsetilenni salmog‘i 50% bo‘ladi.
5.2.2. Regenerativ pechlarda termokreking jarayoni
Regenerativ pechlarda termokreking ikki sikl (davriy jarayon)da
olib boriladi:
I sikl–pech nasadka (glinozem)larini 1350–1400ºC ga metanning
yoqish orqali qizdirish:
II sikl (kreking fazasi)–qizdirilgan nasadkalar orqali metanni
o‘tkazish; bunda metanning krekingi amalga oshib, natijada u soviydi.
Аtsetilen salmog‘ini orttirish uchun II siklni 0,2 atmosfera vaku-
umda olib boriladi. Аtsetilen salmog‘i–35% ni tashkil etadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling